Innovatsion faoliyat - yakunlangan ilmiy tadqiqot va loyihalar natijalari yoki
boshqa
ilmiy-texnik
yutuqlarni
(fan-texnika
yutuqlarini)
yangi
yoki
takomillashtirilgan
mahsulotga;
bozorda
sotiladigan,
amaliy
faoliyatda
foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan
texnologik jarayonga, shuningdek,
shu bilan bog'liq qo'shimcha ilmiy tadqiqot va loyihalarga joriy qilishga
yo'naltirilgan jarayondir
Innovatsion jarayon biron-bir iqtisodiyot sub'ektining
innovatsion
faoliyatini, ya'ni yakunlangan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar yoki boshqa fan-
texnika yutuqlarining natijalarini bozorda sotiladigan yangi yoki takomillashtirilgan
mahsulotga, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan
texnologik
jarayonga, shuningdek, bu bilan bog'liq qo'shimcha tadqiqot va
ishlanmalarga joriy qilishga yo'naltirilgan jarayondir.
Innovatsion faoliyat infratuzilmasi - innovatsion faoliyat sub'ektlariga
innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan xizmatlar ko'rsatuvchi
tashkilotlar
Texnologiyalar transferi markazlari (TTM) ilmiy-texnik natijalarning
tijoratlashuvini tezlatishi, kichik innovatsion korxonalar, jumladan, texnoparklar va
innovatsion-texnologik markazlar tarkibida yaratishni ta'minlashi ko'zda tutilgan
Davlat innovatsion siyosati - ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar, tajriba-
konstruktorlik ishlari yoki fan-texnika yutuqlaridan
foydalangan holda iqtisodiy
aylanmaga kiritiladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon, yangi
yoki takomillashtirilgan mahsulot yaratish tushuniladigan
innovatsion faoliyatni
rivojlantirish va rag'batlantirishga yo'naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning
tarkibiy qismidir.
Innovatsion strategiya bu - jamiyat rivojlanishi yo'nalishiga
muvofiq
texnologiyalarda ham, texnologiyalarni boshqarishda ham yangiliklar kiritishni
tanlash va amalga oshirish tizimlarini o'zgartirish jarayonini belgilab beradigan
qoidalar va me'yorlar to'plamidir.