O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 6.5 Mb.
bet62/83
Sana06.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1752035
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83
Bog'liq
Muqobil majmua 2023 yil

1.1-chizma:Tabiatdagi energiya turlari

O’zbekistonda qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan foydalanish


katta istiqbolga ega va bu borada samarali ishlar amalga oshiriladigan hamda ilmiy
tajribalar to’plangan. Ayniqsa quyosh energiyasidan foydalanish borasida boy tajriba mavjud. Quyosh energiyasining yillik salohiyati neft’ ekvivalentida51 milliard tonnadan oshadi. Bu quyosh energiyasidan elektr ishlab chiqarish, issiq suv va isitish tizimi bilan ta’minlash, meva-poliz mahsulotlarni quritish va saqlash, sho’r va minerallashgan suvlarni chuchitish, yer ostidan suv chiqarish va boshqa ko’plab maqsadlarda keng foydalanish imkonini beradi.
Hozirgi paytda qazib olinadigan yoqilg’ilar organic yoqilg’ilar asosan organik yoqil’gilar hisoblangan–ko’mir, meft’, tabiiy gaz va uran zahirasi dunyo energetikasi balansining asosi hisoblanadi. Energoresurslarning hozirgi darajada iste’mol qilishda dunyodagi neft’ zahirasi - 45–50 yilga, tabiiy gaz - 70–75 yilga, toshko’mir - 165–170 yilga etishi mumkin.Iqtisodiyotning kelajakdagi rivojlanishi, aholi sonining o’sishi va mavjud an’anaviy energiya ta’minoti hisobga olinsa, energiya ta’minoti mos ravishda ortib boradi. Undan tashqari, qazib olingan yoqilg’ilarning ishlatilishi atrof-mihitga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Respublikada energetika sektorining faoliyati tufayli tashlanadigan zaharli moddalard miqdori 80 foizdan ko’proqqa to’g’ri keladi.
Bu tur energiya manbalaridan foydalanishning o’ziga xos qulay va noqulay tomonlari mavjud. Birinchidan -bu turdagi energiya manbalarining yerdagi zahiralari chegaralangan bo’lib, u vaqt o’tishi bilan kamayib boradi. Ikkinchidan –bu turdagi energiya manbalaridan foydalanish natijasida atrof-mihitga turli chiqindilar chiqarib tashlanadi. Bugungi kunda tabiiy yoqilg’I ishlatish miqdori dunyo bo’yicha 12 milliard tonna neft’ ekvivalentiga teng. Demak, dunyo miqyosida har bir kishiga taxminan 2 tonna yoqilg’i to’g’ri keladi. Ma’lumotlarga qaraganda, so’ngi 40 yil davomida butun insoniyat tarixi mobaynida qazib olingan organik yoqil’gidan ham ko’p yoqilg’i iste’mol uchun o’zlashtirilgan. Bu esa ularning zahirasini juda tez kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. 2050 yilga borib aholi soning 9-10 mlrd kishiga etishi energiyaga bo’lgan ehtiyojini 3 barobarga ortishiga olib keladi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, har yili tabiiy yoqilg’ilarning ishlatilishi natijasida atmosferaga 200 mln. tonnaga yaqin qattiq zarrachalar, 200 mln. tonna oltingugurt gazi, 700 mln. tonna uglerod oksidlari, 150 mln. tonna azot oksidlari chiqarib tashlanmoqda. Buning natijasida tabiatda turli xildagi iqlim o’zgarishlari sodir bo’lishiga olib kelmoqda.
Yer yuzida hozirgi vaqtda aholi foydalanib turilgan energetic manbalarni tahlili ko’rsatishicha, toshko’mir, 51,1 foizni, gaz 13,5 foizni, neft mahsulotlari 12,5 foizni, atom elektrostansiyalarda foydalaniladigan uran energiyasi 10,7 foizni, muqobil energiya manbalari (MEM) 13,2 foizni tashkil qilar ekan.
Umuman tabiatda foydalaniladigan energiya manbalarini ikki gurujga ajratish mumkin. Muqobil energiya manbalari qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan energiya manbalariga ajratiladi. Qayta tiklanadigan energiya manbalariga quyosh, shamol, oqar suv manbalaridan foydalanish, okean va dengiz suvlarining ko’tarilish va pasayish energiyasi, geotermal energiya, biogaz va maishiy chiqindilardan gaz olish kabilar kiritiladi (1.1-chizma).
Mamlakatimizda bugungi kunda qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan foydalanish birmuncha tajribalar o’tkazilib, amaliy natijalarga erishilgan. Energiya manbalrining muqobili bo’lgan quyosh energiyasidan foydalanib, elektr energiyasini hosil qiluvchi qurilmalar –fotoeletr qurilmalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Ammo, bu borada iqtisodiy qulay sharoit yaratish bilan sohani rivojlantirish uchun asos bo’ladigan huquqiy bazani takomillashtirish, uni tartibga soladigan yagona qonun loyihasining ishlab chiqishlishi va qabul qilinishi shubhasiz muhim ahamiyatga egadir. Respublikamiz hududidagi qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalarining ulushi 50984,6 mln.t. n.e. deb olinadigan bo’lsa, suv energiyasi 9,2, quyosh energiyasi 50973, shamol energiyasi 2,2 mln.t. n.e.ga teng.



Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling