O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Ishlatilgan elementlar va qurilmalar
Download 2.38 Mb. Pdf ko'rish
|
arduino uno mikrokontrolleri yordamida mexanik harakatni avtomatlashtirish
Ishlatilgan elementlar va qurilmalar
Ta’sir kuchi jihatidan ojiz bo’lgan boshqarish (kirish) signalini bir necha o’n va yuz marta kuchaytirish uchun xizmat qiluvchi element signal kuchaytirgich deb ataladi. Signal kuchaytirgichga kiruvchi va undan chiquvchi signallarning fizik tabiati o’zgarmaydi. Bunday element vositasida kirish signali quvvatini kuchaytirish tashqi energiya manbai hisobiga bo’ladi. Signal kuchaytirgichlarni avtomatik sistemalarda qo’llashning asosiy sababi sezgichlardan olinadigan signallarning juda O’z. Varaq Hujjat № Imzo Sana Varaq 1.20 N.XQM 00.00.000 HYo zaifligidadir (10 -4 -10 -5 Vt). Sezgichlardan chiqadigan bunday signal avtomatik sistemalardagi ijrochi elementlarni ishga tushira olmaydi. Signal kuchaytirgichlar tashqi energiya manbaining turiga qarab elektrik, pnevmatik, gidravlik va boshqa turlarga bo’linadi. Bunday kuchaytirgichlar statik holat tavsifi vа kuchaytirish koeffisientlari bilan bir-biridan farq qiladi. Kuchaytirish koeffisienti vа tashqi energiya manbaining quvvati kuchaytirgichlarni tavsiflovchi asosiy parametrlar hisoblanadi. Kuchaytirish koeffisienti quyidagicha ifodalanadi: k = X ч / Х k (1) bunda X ч -kuchaytirgichning chiqishidagi signal, X k - kuchaytirgichning kirishidagi signal. Elektrik signal kuchaytirgichlarning kuchaytirish koeffisienti signalning quvvati Р, toki 1 yoki kuchlanishi U orqali ifodalanishi mumkin, ular mos ravishda quvvat bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti, tok bo’yicha kuchaytirish koeffisienti va kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffisienti deb ataladi. Barqaror ish holatdagi chiqish signali X ч bilan kirish signali Х k orasidagi bog’lanish X ч =f(X k ) signal kuchaytirgichlarning statik tavsif grafigi deb ataladi. Statik tavsif grafiklariga ko’ra kuchaytirgichlar - uzluksiz va uzlukli (1-a,б rasm) signal kuchaytirgich turlariga bo’linadi. Uzluksiz tavsifli kuchaytirgichlar sifatida elektron, magnit, gidravlik, pnevmatik signal kuchaytirgichlarni ko’rsatish mumkin. Uzlukli tavsifli kuchaytirgichlarga esa rele turidagi kuchaytirgichlar kiradi. 1- rasm. Signal kuchaytirgichlarning statik tavsif grafiklari: a - uzluksiz statik tavsif grafigi; б - uzlukli – rele tavsif grafik. O’z. Varaq Hujjat № Imzo Sana Varaq 1.20 N.XQM 00.00.000 HYo Signal kuchaytirgich elementlariga quyidagi talablar qo’yiladi: 1) kuchaytirgichning chiquvchi signali (quvvati) ijrochi elementni ishga tushirish uchun etarli, 2) sezgirligi yuqori, 3) inersionligi kam va 4) tavsif grafigi to’g’ri chiziqqa yaqin bo’lishi kerak. Kuchaytirgichlarning tezkorligiga ham katta ahamiyat beriladi. Bu ularning dinamik tavsif grafigi X ч (t) asosida yoki vaqt doimiysi T bo’yicha aniqlanadi. Elektron va yarimo’tkazgichli kuchaytirgichlar eng yuqori tezkorlikka ega. Elektron kuchaytirgichlarning vaqt doimiysi T=10 5 -10 -10 c, pnevmatik kuchaytirgichniki esa T=1-10 c ga teng. Signal kuchaytirgichlarning kirish va chiqish qarshiliklari turlicha bo’ladi. Elektron signal kuchaytirgichning kirish va chiqish qarshiliklari boshqa kuchaytirgichlarnikidan katta 10 6 –10 -12 Om. Yarimo’tkazgichli signal kuchaytirgichniki esa I0 2 -10 5 Om bo’lishi mumkin. Kirish qarshiligi kam kuchaytirgichlarga chiqish qarshiligi katta bo’lgani (sig’imli fotodatchik ва boshqa) sezgich-signal uzatkichni ulash maqsadga muvofiq emas, chunki bunda signal uzatkichning chiqish qarshiligi bilan kuchaytirgichning kirish qarshiligi orasida moslik vujudga kelmaydi, natijada kuchaytirgichga kiruvchi quvvat kamayib ketadi. Download 2.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling