5.1.Talabalarning mustaqil ishini nazorat qilib
borish har bir kafedrada
tuziladigan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadigan maslahatlar jadvali
asosida amalga oshiriladi.
5.2. Talabalarning mustaqil ishi bo‘yicha maslahat soatlari mustaqil ta’lim
uchun yo‘lga qo‘yilgan jurnallarda qayd etib boriladi.
5.3. Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish bevosita fan bo‘yicha o‘quv
mashg‘ulotlarini olib boruvchi professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
5.4. Talabalarning mustaqil ishi reyting ballari bilan (fanga ajratilgan mustaqil
ta’lim soatiga nisbatan) baholanadi va natijasi fan bo‘yicha
talabaning umumiy
reytingiga kiritiladi.
VI. Mustaqil ta’limni amalga oshirish bo‘yicha fan o‘qituvchisining vazifalari
Mustaqil ish dasturiga muvofiq talabaga mustaqil ta’limga tegishli materiallarni
to‘plash jumladan:
6.1. Talaba tomonidan mustaqil ta’limni belgilangan reja asosida bajarilishi
ustidan nazorat olib borish;
6.2.
Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy risolalar,
ilmiy maqolalar bilan
tanishib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berish;
6.3. Asosiy adabiyotlar, ma’lumotlar va arxiv
materiallarini hamda mavzu
bo‘yicha boshqa manbalarni tavsiya etish;
6.4. Mustaqil ishiga o‘zi rahbarlik qilayotgan talabalar
bilan jadval asosida
maslahatlar o‘tkazish;
6.5. Mustaqil ta’limning bajarilish jarayoni natijalari to‘g‘risida kafedra
yig‘ilishlarida
muntazam axborot berib borish;
6.6. Mustaqil ish natijalarini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: