O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/78
Sana20.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1787586
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78
Bog'liq
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.Bolalarning nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirishga doir ishlar 
mazmunini aniq misollar yordamida tavsiflab bering. 
2.Artikulyatsiya apparati harakatchanligini qanday qilib rivojlantirish mumkin? 
3.Nutqiy nafas olishni rivojlantirish borasidagi ishlar nutq uchun qanday 
ahamiyatga ega? Nima uchun shunday deb o‗ylaysiz? 
4.Ovoz ustidagi ishlarni qanday amalga oshirish lozim? 
5.Ona tilining barcha tovushlarini to‗g‗ri talaffuz qilish qanday ahamiyatga ega? 
O‗z javobingizni aniq misollar yordamida asoslang. 
6.Diksiya ustidagi ishlarni qanday qilib amalga oshirish lozim? 
7.Orfoepiya ustidagi ishlar nimani anglatadi? 
8.Bolalar bilan nutq sur‘atiga doir ishlarni amalga oshirish shartmi? Qaysi maqsadda va 
qanday qilib? 
 
8-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik to„g„riligini 
shakllantirish metodikasi. 
Reja: 
1. Nutqning grammatik qurilishini shakllantirish metodikasi. 
2. Grammatik ko‗nikmalarni shakllantirish usullari va yo‗llari. 
3.Nutqning intonatsion ifodaliligi
4. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash usullari.
5.Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish. 
6.Nutqning tovush madaniyati ko‗nikmalarini amaliyotga tatbiq etish. 
Tayanch tushncha va iboralar: grammatik ko‗nikmalar, nutq shakllari, 
tarbiyachi, maktabgacha ta‘lim tashkilotsi va oila, nutq ko‗nikmalari, tarbiyachi 
vazifasi.
Grammatika ikki qismdan – morfologiya va sintaksisdan iboratdir. 
Morfologiya so‗zlarning tuzilishi va o‗zgarishini tekshiradi. Gap, uning grammatik 


52 
xusisiyatlari , so‗zlarning o‗zaro bog`lanish yo‗llari esa sintaksisda o‗rganiladi. 
Sintaksisning asosiy o‗rganish ob`ekti so‗z birikmasi va gapdir . 
Grammatika deganda , biz nutqiy faoliyat natijalarini tavsiflash va tartibga solish 
uchun lingvistlar tomonidan o‗ylab topilgan qoidalar majmuyi emas , balki fikr 
bildirishni vujudga keltirish va boshqalarning bildirgan fikrlarini tushuish uchun 
zarur bo‗gan bilimlar umumiyligini tushunamiz. So‗nggi paytda grammatika aynan 
shu ma`noda psixologlarning diqqat-e`tiborini jalb qilmoqda. Grammatikani tadqiq 
qilish nafaqat shunchaki qiziqarli , nafaqat lingvistik maqsadlar uchun zarur, balki 
u umuman fikrlash va bilish jarayonlarini keng tadqiq qilish uchun ham zarur 
qismdir.
Grammatikaning eng muhim jihati – so‗z o‗zgartirish va so‗z hosil qilish 
operatsiyalarini o‗zlashtirishni ko‗rib chiqamiz. So‗zni bildirgan fikr tarkibiga 
kiritish uchun u bilan muayyan harakatlarni amalga oshirish zarur , masalan , otni 
tavsiflanayotgan narsalar soniga muvofiq holda muayyan son shakliga qo‗yish , 
fe`l sonini otlar soni bilan moslashtirish , harakat yo‗naltirilgan otni zarur 
kelishikka qo‗yish yoki tegishli old ko‗makchidan foydalanish lozim. Bola so‗z 
yasash toifalarining tashqi , tovushli ifodalarini o‗zlashtirib olishi lozim .Bunda 
bola eng avvalo so‗z yasovchi elementning tashqi –moddiy tomoniga yo‗naladi va 
uni mustaqil mazmun sifatida qabul qiladi , morfemalarning jaranglashini obrazli 
asoslaydi .Boshqacha qilib aytganda , bola dastlab morfema jarangining o‗zida real 
munosabatlar bilan bog`liqlikni topishga harakat qiladi. Agar bola eng avvalo 
morfema so‗zga olib kiradigan tovush o‗zgarishini aniqlasa va uni qiyoslay olsa 
(tovush o‗zgarishlari haqiqatda yuz bergan o‗zgarishlar bilan), u bu munosabatlarni 
topishi mumkin. Ayni paytda bola so‗zga ― butunlay ‖ yo‗naladi , ya`ni umumiy 
tovush xususiyatlariga e`tibor qaratadi. Predmetli olamdagi o‗zgarishlar 
predmetning qandaydir ahamiyatli xususiyatlariga ( bola nuqtai-nazaridan ) 
taaluqli bo‗lmaydi, aks holda predmet belgilash uchun boshqa so‗zni , yangi 
nomini talab qiladi. Nutqni rivojlantirishning uchunchi bosqichida – uning 
materiyasi ( leksika va grammatika ) bolaning muloqot vazifasini o‗zgartirgan 
holda kattalar bilan muloqotga bo‗lgan ehtiyojiga va uning tarkibiga uzviy bog`liq 
bo‗ladi . Bu bolaning nutqning yangi, yanada murakkab va keng qamrovli 
jihatlarini o‗zlashtirishiga olib keladi. Bolaning ruhan shakllanishida nutqning hal 
qiluvchi o‗rinni egallashi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi 
shart-sharoitlar va omillarning ahamiyatini yanada oshiradi. Nutq rivojini 
harakatlantiruvchi kuchlar haqidagi masala ular shiddat bilan va to‗satdan amalga 
oshirishi tufayli ham alohida ahamiyat kasb etadi . Bolalar nutqini rivojlantirishni 
rag`batlantiruvchi yoki uni sekinlashtiruvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonda 
aniq maqsadni ko‗zlagan holda pedagogik sa`y –harakatlarni uyushtirish kalitidir . 


53 
1.Grammatikaga oid mashqlar bir vaqtning o‗zida bolalarning leksika va 
fonetika bo‗yicha o‗zlashtirib olgan materiallarini mustahkamlashga doir mashqlar 
ham hisoblanadi.Bolalarning eng oz miqdordagi so‗zlar va tovushlarni 
artikulyatsiya qilish hamda gap intonatsiyasini modellashtirish qobiliyatini 
oldindan o‗zlashtirib olmaslaridan turib grammatik mashqlarni bajarishlari 
mumkin emas. 
2.Ilk yosh davrida va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar so‗z tuzilishining 
bir qismini o‗zlashtirib olganlaridan so‗ng kattalarning gapiga taqliq qilib gapira 
boshlaydilar va shu yo‗l bilan tilning grammatik tuzilishini o‗zlashtira boradilar . 
3. Uch-to‗rt yoshli bolalarda grammatik ko‗nikmalarni shakllantirish. 
Tarbiyachining asosiy vazifasi shundan iboratki, u bolalarga iborali nutqdan 
amalda foydalanishni o‗rgatishi, ya‘ni nutqda asosiy grammatik kategoriyalarni 
to‗g‗ri qo‗llash, so‗zni soni, kelishigi, shaxsi, zamoniga qarab amalda 
o‗zgartirishni o‗rgatishi lozim. Grammatik qator ustidagi ishlarni otlar bilan 
tanishuvdan boshlagan ma‘qul, chunki, otlar nutqimizning yarmidan ko‗pini 
tashkil qiladi. Bundan tashqari, otlarni o‗zgartirish orqali nutqning boshqa qismlari 
ham, ya‘ni: sifatlar - kelishiklar, turlar va sonlar bo‗yicha; o‗tgan zamondagi 
sifatlar va fe‗llar - turlari va soni bo‗yicha o‗zgaradi. 
4. Uchinchi yilning boshiga kelib, bola muayyan darajada fe‗l leksikasini, 
ya‘ni: noaniq shakldagi ichmoq, bermoq fe‗llarini va bor, ber, olib kel, yuv kabi 
buyruq maylidagi ayrim fe‗llarni o‗zlashtirib oladi. Bolalarga o‗tgan zamon fe‗lini 
tanishtirishni ular otlarning kelishik shakllarini o‗zlashtirib olganlaridan so‗ng 
amalga oshirish zarur. O‗tgan zamon fe‗llari oson o‗zlashtiriladi va u bolalarning 
faol lug‗ati tarkibiga kiradi. O‗tgan zamon fe‗llari materiallari asosida bolalar 
nutqiga fe‗lni o‗zgartirishning tur va son shakllari oson kiritiladi: yuvdi; yuvdik; 
chizdi, chizdik. So‗ngra «bo‗laman» fe‗li bilan bola kelasi zamon shaklini 
o‗zlashtirib oladi. Oddiy kelasi zamon fe‗llari shakllari to‗rt yoshlarga kelib bola 
nutqida paydo bo‗ladi. 
5.Bolalar nutqiga turli xildagi fe‗llarni kiritishni «harakat - nutq» usulidan 
foydalangan holda fe‗l ustki old qo‗shimchalarni kuzatish ishlari bilan birgalikda 
amalga oshirgan ma‘qul. Bundan tashqari, bola muayyan surat yoki harakatga 
yo‗nalgani holda old qo‗shimcha fe‗lga olib kirayotgan (ketdi, kirdi, yaqinlashdi
chiqdi) ma‘no qirrasini anglab olishi mumkin. Bolalar old qo‗shimcha ma‘nosini 
o‗zlashtirib olganlaridan keyin uni old ko‗makchi bilan taqqoslash mumkin (...ga 
kirdi, ....dan kirdi, ...dan chikdi va h.k.). 
6.Bolalarning amaliy mashg‗ulotlarini tashkil etishga doir maxsus 
mashg‗ulotlarda tarbiyachiga o‗yinchoqlar, narsalar, kiyimlar, poyabzal, idish-
tovoqlar, oziq-ovqatlar va boshq, syujetli o‗yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Bolalar o‗ynaganlari holda atrofdagi kattalar faoliyatiga taqlid qiladilar. 


54 
Tuzilayotgan gapni rang-barang qilish uchun o‗yin syujetini o‗zgartirish - yangi 
o‗yin personajlarini kiritish, bolaga yo‗naltiruvchi savollar berish va shu bilan uni 
muayyan iboralar bilan javob berishga o‗rgatish zarur. 
7.Bolalarga old ko‗makchilarni qo‗llashni o‗rgatishga doir mashg`ulotlarda 
predmetlarning kenglikdagi munosabatlarini albatta ko‗rsatish shart. Buning uchun 
kubiklar, piramidalar, kitoblar va boshqa narsalardan foydalanish mumkin. 
Masalan, uycha qurilishini ko‗rsatib beruvchi harakatlarni quyidagi so‗zlarni 
aytgan holda amalga oshirish zarur: «Kubikning ustiga kubik qo‗yamiz, devor 
hosil bo‗ldi. Devor ortida stolcha turibdi» (bu o‗rinda devor ortidagi narsa 
harakatini ko‗rsatish zarur). Stolcha atrofida quyoncha va ayiqcha o‗tirishibdi. Stol 
ustida piyolalar bor, stol tagida esa taburetka turibdi». Stol ustidagi va tagidagi 
narsalar holatini albatta ko‗rsatish zarur, shundagina bola narsalarga oid so‗z 
birikmalarini oson o‗zlashtirib oladi. 

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling