O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Yerda o`simliklar dunyosining rivojlanishi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
37. Yerda o`simliklar dunyosining rivojlanishi.
1. Yer yuzining juda ko`p qismi suv tubida bo`lgan ? 3,5 milliard yil oldin. 2. Yer yuzida suv o`tlari yashagan va hukmronlik qilgan ? 570-510 million yillar oldin. 93 3. Suvdan quruqlikkka chiqqan dastlabki o`simliklarga kiradi ? psilofit, riniya, kuksoniyalar. 4. Psilofit ? 1859 yilda Kanadadan topilgan. 5. 1937 yilda Buyuk Britaniyadan topilgan o`simlik ? Kuksoniyalar. 6. Riniya ? 1912 yilda Shotlandiyadan topilgan. 7. Riniya, psilofit, kuksoniyalarga xos xususiyatlar ? Ildiz va barglari bo`lmagan, shoxlangan poya va shoxlar uchida sporangiylari bo`lgan, ularning bo`yi 50-70 sm, poyasining yo`g`onligi esa 5-10 sm, bulardan dastlab poya paydo bo`lgan, ularda million yillar davomida quruqlikda yashashga moslashib borgan va ularda asta-sekin ildiz va barglar paydo bo`lgan. 8. Bundan 400-230 million yillar avvval dastlabki quruqlikka chiqqan o`simliklardan paydo bo`lgan ? Yo`sinlar va qirqquloqsimonlar. 9. 400-230 million yillar avval paydo bo`lgan qirqbo`g`imlar va daraxtsimon qirqquloqlarning bo`yi, yo`g`onligi ? Bo`yi 25-30 m, yo`g`onligi 1-1,5 m. 10. Ochiq urug`li o`simliklar paydo bo`lgan ? 200 million yillar ilgari urug`li qirqquloqlardan. 11.Yopiq urug`li o`simliklar paydo bo`lgan ? 140 million yillar ilgari urug`li qirqquloqlardan. 12. Ochiq urug`li o`simliklarning bizgacha yetib kelgan qarag`ay, qoraqarag`ay, archa kabi vakillari qayerda saqlanib qolgan ? Namlik biroz ko`proq tushadigan shimoldagi o`rmon zonasida va baland tog`larda saqlanib qolgan. 13. Yopiq urug`li o`simliklar nihoyatda tezlik bilan ko`payib yer yuzini egallay boshlagan, qaysi davrda ? Bo`r. 14. Bennettit qaysi bo`limga mansub ? Ochiq urug`li o`simliklarga. 15. Bennettit qayerdan topilgan ? Yevropadan, O`zbekistonning Hisor tog` tizmasidan. 16. O`rta Osiyo, shu jumladan ,O`zbekistonning gulli o`simliklari kelib chiqqan ? Tetis nomli dengizning janubida va shimolida joylashgan floralardan hamda mahalliy floralardan kelib chiqqan. 17. O`simliklarning gul tuzilishiga qarab magnoliya turkumiga kiruvchi turlarga eng sodda gul tuzilishiga ega bo`lgan o`simliklar deb qaraydigan olim ? A.L .Taxtadjyan 18. Hozirgi paytda yer yuzida yuksak o`simliklarning qancha turi tarqalgan ? 300000. 94 19. Yuksak sporali o`simliklarga qaysi o`simliklar kiradi ? Qirqbo`g`imlar, qirqquloqlar, yo`sinlar. 20. Ochiq urug`li o`simliklarning qancha turi bor ? 700 turi. 21. Yopiq urug`li o`simliklarning qancha turi bor ? 250 ming turi 22. Yopiq urug`li o`simliklar bo`limi nechta sinfga bo`linadi ? 2 ta; ikki urug`pallali va bir urug`pallali. 23. Bir urug`pallalilar kelib chiqqan ? Ikki urug`pallalilardan. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling