O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti s. B. Baqoyev, B. B. Toxirov
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 savol javob polna kitob
28. Tokdoshlar oilasi.
1. Tokdoshlarning umumiy formulasi ? Gk 4-5 Gt 5(5) Ch 5 U (2-6). 2. Tokdoshlarning yer yuzida qancha turi bor ? 11 turkum, 600 dan ortiq tur. 3. Tokdoshlar qanday hayotiy shakldagi o`simliklarni o`z ichiga oladi ? Jingalaklari yordamida boshqa narsalarga ilashib qaddini ko`taradigan buta va daraxtlarni. 4. Tokdoshlarning O`zbekistonda nechta turi o`sadi ? 3 turkumga mansub 4 ta turi 5. Tokdoshlarning nechta yovvoyi, nechta madaniy turi bor ? 3 tasi madaniy, bittasi yovvoyi. 6. Tokdoshlardagi jingalaklar nimadan hosil bo`lgan ? Novda shaklining o`zgarishidan. 7. Qaysi oila vakillarini gultoji yarmigacha yoki uchigacha bir-biri bilan qo`shilgan 5 ta gultojibargdan tashkil topgan turlicha rangda ? Ituzumdoshlar. 8. Qaysi oilaning gul kosachasi ikki qavatli ? Gulxayridoshlar. 9. Qaysi oilaning changchilari 5 ta, ulardan 4 tasi 2 tadan juft bo`lib qo`shilgan, 1 tasi erkin ? Qovoqdoshlar. 10. Qaysi oilani urug`chisi 3 ta ? Qovoqdoshlarning. 11. Gulqo`rg`oni murakkab, gulkosachasi yaxshi taraqqiy etmagan. oila ? Tokdoshlar. 12. Qaysi oilaning urug`chisi asosan 2 ta ? Tokdoshlarning. 13. Tokdoshlarning mevasi ? Rezavor . 14. Tokdoshlarning gullari ? Mayda, to`g`ri, ikki jinsli, bir jinsli , rangsiz ro`vaksimon to`pgulda yig`ilgan . 15. Tokning bo`yi ? 2-4, 6-10 m . 16. Tok qaysi oyda gullaydi ? May-iyun oylarida. 17. Tokni gultojbarglari ? Gultojbarg bir-biriga qo`shilgan bo`lib urug`chi va changchilarni ustidan qalpoqqa o`xshab qoplab turadi, gul ochilishi paytida tushib ketadi. 18. O`zbekistonda tokning qaysi navlari keng tarqalgan ? Kishmish, kattaqo`rg`on, qorago`zal, daroyi, buvaki, hiloliy, qirmizi, husayni, sohibi, rizamat, toyipi, charos, soyaki, chillaki. 19. Uzumchilikning rivojlanishiga hissa qo`shgan olimlar ? Rizamat ota Musamuhammedov. 81 20. Beshyaproqli partenotsissusning bargi ? Panjasimon murakkab. 21. Beshyaproqli partenotsissus qaysi xususiyatlari bilan tokka o`xshaydi ? Gulining va mevasining tuzilishi. 22. Beshyaproqli partenotsissusning vatani ? Shimoliy Amerika. 23. Beshyaproqli partenotsissus qaysi turkumga xos ? Partenotsissus. 24. Beshyaproqli partenotsissusning bo`yi ? 10-15-20 m. 25. Tokdoshlardan ‘’Qizil Kitob’’ga kiritilgani ? Tabiiy tok. 26. Yotib o`suvchi buta ? Terakbargli liftok. 27. Terakbargli liftokning bargi ? Bargi butun yirik tishli. 28. Terakbargli liftokning tokka o`xshashligi ? Guli toknikiga o`xshash , lekin gulkosachasi aniq ko`rinmaydi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling