O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tarix fakulteti


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana21.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1106508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ahmad donishning ijtimoiy-siyosiy qarashlari

AHMAD DONISH
 
HIKMATLARI
 
 
dam yaratilgandan so’ng uning tuganmas baxti ilm va ma’rifatda bo’ladi. 
Uning ixtiyori o’zida bo’lsa, ilmsizlik va dangasalikka bo’yin egmasin, chunki ilm 
va ma’rifat ruhning istagi bo’lib, rohatparastlik va dangasalik nafsning tilagidir.
***
…Haq yo’ldan adashmaslik uchun hamma odamlar ko’nglida bir turli sezgi 
quvvati yaratilgandir. Mana shu orqali odamlar tuzukni buzuqdan, yaxshini 
yomondan ajrata oladilar.
***
Kimki aqlsiz bo’lsa, u odil ham emas… Aql va davlatni bir-biridan ajratib 
bo’lmaydi, aqlsiz odamlar mamlakatni idora qila olmaydi.
***
Podshoh hukm ustida mumkin qadar yumshoqlik bilan so’zlab, zaruratsiz holda 
qattiq gapirmasin. Har ishning hujjat va dalillarini tekshirib, uni eshitishdan 
zerikmasin. Miskin va faqir kishilar bilan o’tirib suhbatlashmoqdan nomus 
qilmasin…
***
Ma’lumki, davlat va saltanatning qurilishi uchun fuqaro jamiyati va viloyatlar 
tuzilishi kerakdir. Buning uchun mamlakat obodligi hamda yetarli askarning 
bo’lishi lozim; chunki bularsiz hech bir davlatning saqlanishi mumkin emasdir. 
Askarsiz shoh bo’lmaydi, xazinasiz askar yashay olmaydi. Xalq ko’payib, obodlik 
bo’lmasa, xazina boyligi ko’paymaydi. Mamlakat obod bo’lmaguncha fuqaro 
jamiyati bo’lmaydi.
***
Mamlakat kelinga o’xshaydi, har xil hunarmandlar esa uning zebi ziynatlaridir. 
Bular qancha ko’proq bo’lsa, mamlakat ham shunchalik ziynatlanadi.


61 
***
Hukmdor hamisha oqil olimlar suhbatlariga tashna bo’lib, ularning nasihatlarini 
g’animat bilsin.
***
Davlat rahbari kimda-kimning ko’z quvvati, fahm quvvati ko’proq bo’lsa, unday 
odamni elchilikka tayinlasin. Qaysi odam shijoatli va g’ayratli bo’lsa, uni askar 
boshlig’i qilib, dushmanga qarshi urushga va qal’alarni olishga chiqarsin. Agarda 
insofli va diyonatli bo’lsa qozilik, hokimlik mansablarini bersin. Agarda oliy 
himmatli va aqlli bo’lsalar, ularni vazir va amirlikka tayinlasin.
***
Bir mamlakatda tinchlik va mo’lchilik bo’lib, buning ovozasi atrofga tarqalsa, buni 
eshitgan savdogar, hunarmand va olimlar har tomondan kela boshlaydi.
***
Xalqdan ushur va xirojlarni yig’ishga, davlatning butun moliya xizmatlarini bajarib 
turishga adolatli kishilardan zakotchi tayinlasin.
***
Barcha yo’llarni kuzatib, o’g’ri, yo’lto’sar va qaroqchilardan saqlash uchun yo’llar 
noziri saylab qo’yilsin.
***
…Dunyoda har qanday mehnat (chunonchi oddiy mehnatkash bo’lish), go’laxlik 
qilish nomus ish emasdir. Chunki u xizmat haqini oladi. Haqiqatga kelganda, shoh-
gado hammasi ham xizmatchidir.
***
Har kim o’ziga yarasha kasb qilishi lozimdir. Masalan, amirlik talab qilgan kishi 
aqlli, tadbirli va saxovatli bo’lish bilan birga dovyurak, bahodir bo’lishi zarur. 
O’tkir tilli, ochiq so’zli, chuqur fikrli, aqli komil insonlar vazirlikka loyiqdir. 
Qozilik va raislikni talab etuvchilar aqlli-farosatli bo’lish bilan birga fatvo va da’vo 
ilmlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishlari lozimdir.
***


62 
1-ILOVA 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling