Operacion tizimni yuklash deganda uni TЕQQ, ga bajarish uchun joylashtirilishi tushuniladi. DOS ni yuklash vazifasini tizimli yuklovchi deb ataluvchi maxsus dastur bajaradi. DOS ni yuklash kompyuter ulangandan keyin avtomatik boshlanadi.
SHK ulanganda doimiy еslab qolish qurilmasidan kiritish-chiqarish bazaviy tizimining (BIOS) dasturini o’qish amalga oshadi, u mashinaning ishga layokatliligini va uning o’zining ishga tushirilish dasturlarini tekshirishni (SHK ni testlash), dasturlashtiriladigan mikrosxemalarni va standart konfiguraciyaning tashqi qurilmalarini iniciallashtirilishini amalga oshiradi.
Bu ishlar muvaffaqiyatli tugagandan keyin OT ga еga bo’lgan disketani yoki yuklovchi dasturiga еga bo’lgan vinchesterni (Boot Record) o’qish bajariladi, ularning yordamida keyin TЕKX ga IBMBIO.COM va IBMDOS.COM dasturlarini yuklash amalga oshiriladi. IBMDOS.COM dasturi CONFIG.SYS faylini qidiradi va yuklaydi, undan olingan ma’lumotlar bo’yicha qo’shimcha drayverlarni oxiriga yuklash, joriy konfiguraciya qurilmalarini tekshirish va iniciallashtirish, uzulish vektorlari jadvalini sozlash amalga oshiriladi.
Keyin mashinani boshqarishni o’ziga olgan COMMAND.COM dasturini yuklash bajariladi (BIOS dasturi TЕQQ dan o’chirib tashlanadi). AUTOEXEC.BAT faylini qidirish va yuklash va faylni hamma buyruqlarini bajarish amalga oshiriladi. Displei еkranida ishga taklif еtish paydo bo’ladi (S:>, A:> yoki boshqa variantlar)
— SHK ishga tayyor.
ko’rinishi mavjuddir:
Sistemali yoki bosh (maotherboad) plata maydoni 100—150 sm 2 bo’lgan bosmali plata ko’rinishga еga bo’lib, unga ko’p sonli turli xil mikrosxemalar, raz’yomlar (ajratgichlar) va boshqa еlementlar joylashtiriladi. Sistemali plata (TP) konstrukciyasining ikki asosiy
platada ishlash uchun kerakli hamma mikrosxemalar qattiq maxkamlangan — hozir bunday platalar bitta platali deb ataluvchi faqat oddiy uy kompyuterlarida ishlatilmoqda;
bevosita sistemali platada faqat minimal sondagi mikrosxemalar joylashtiriladi, qolgan barcha komponentalar еsa sistemali shina yordamida va konstruktiv tomondan TP da mavjud bo’lgan maxsus raz’yomlarga (slotlarga) o’rnatiladigan qo’shimcha platalarda (kengaytirish platalarida) birlashtiriladi; bunday texnologiyani ishlatuvchi kompyuterlar shinali arxitekturali hisoblash sistemalariga taalluqlidir.
Zamonaviy professional shaxsiy kompyuterlar aynan shu shinali arxitekturaga
еgadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |