Boshqarish qurilmasi (BQ) funkcional jihatdan SHK ning еng murakkab qurilmasidir — u kodli ko’rsatmalar shinasi (KKSH) bo’yicha mashinaning barcha bloklariga keluvchi boshqaruvchi signallarni ishlab chiqaradi.
MPX ning buyruqlar adresining registr-hisoblagichidan dasturning navbatdagi buyrug’i saqlanayotgan TЕQQ, yacheykasining adresini tanlab olish;
TЕQQ yacheykalaridan navbatdagi buyruqlar kodini tanlab olish va o’qilgan buyruqni buyruqlar registriga qabul qilish;
amallar kodini va tanlangan buyruqlar belgilarining nimaligini aytib berish (shifrini ochish);
mos kelgan nimaligi bilingan (shifri ochilgan) amallar kodi bilan mikrodastur DЕQQ yacheykalaridan boshqaruvchi signallarni (impulslarni) o’qish, ular mashinani barcha bloklarida berilgan amalni bajarish jarayonini va bu bloklarga boshqarish signallarini yuborishni aniqlaydi;
buyruqlar registridan va MPX registrlaridan hisoblashlarda qatnashuvchi operandlar adreslarining aloxida tashkil еtuvchilarini (sonlarni) o’qish va operandlarning to’liq adreslarini shakllantirish;
operandlarni tanlab olish (shakllantirilgan adreslar bo’yicha) va bu operandlarning qayta ishlashni berilgan amallarini bajarish;
amallar natijalarini xotiraga yozish;
dasturning keyingi buyruq adresini shakllantirish.