Mavzu: ELEKTRON XOTIRA.
Shaxsiy kompyuterlar xotiraning 4 ta ierarxik darajasiga еga:
Ko’rsatilgan xotira tiplarining ikki muhim tavsifi (xotira sig’imi va uning tezkorligi.
Birinchi uchta tipdagi еslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi ularga murojaat qilish vaqti (tmur) bilan o’lchanadi, tashqi еslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi еsa ikkita parametr bilan: murojaat qilish vaqti (tkid) va o’qish tezligi (Vo’qish) bilan o’lchanadi.
Tmur — malumotlarni qidirish, o’qish va yozish vaqtlari yig’indisi; tkid — yig’uvchida (tashuvchi) malumotni qidirish vaqti;
Vo’qish — axborotning yonma-yon baytlarini ketma-ket (transfer) o’qish tezligi. Umumiy qabul qilingan qisqartirishlarni еslatib o’taniz: sekund, ms — millisekund, mks — mikrosekund; 1 sq103 msq106 mksq109 ns.
MIKROPROCESSORLI XOTIRA
Mikroprocessorli xotira (MPX) — unchalik katta bo’lmagan, lekin o’ta tezkor xotiradir (MPX ga murojaat qilish vaqti, ya’ni bu xotiradan ma’lumotlarni o’qish, qidirish yoki yozish vaqti nanosekundlar — mikrosekundning mingdan bir ulushlari bilan o’lchanadi).
U mashina ishlashining yaqin taktlarida hisoblashlarda qatnashadigan ma’lumotlarni qisqa vaqt saqlash, yozish yoki berish uchun mo’ljallangan; MPX mashinaning yuqori
tezkorliligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez harakat qiladigan mikroprocessorni samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotlarni qidirish, o’qish va yozish tezligini har doim ham ta’minlay olmaydi.
Mikroprocessorli xotira razryadliligi mashina so’zidan kam bo’lmagan tez harakat qiladigan registrlardan tashkil topgan. Registrlarni soni va razryadliligi turli mikroprocessorlarda turlicha: 8086 MP da 14 ta ikki baytli registrlardan to Pentium MP dagi turli uzunlikdagi bir nechta o’nlab registrlargachadir.
Mikroprocessor registrlari umumiy vazifali va maxsus registrlarga bo’linadi.
Maxsus registrlar turli adreslarni (xotira segmentlarining adreslari — Asegm, xotira yacheykalarining segmentlar ichida siljish adreslari — Abaza, Aqayd , Asil buyruqlar va b.), amallarni bajarilish natijalari va SHK ning ish rejimlari belgilarini (masalan, bayroqchalar registri) va b. saqlash uchun ishlatiladi.
Umumiy vazifali registrlar universal hisoblanadi va istalgan ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin, lekin ularning ba’zilari bir qator jarayonlarni bajarishda albatga ishlatilgan bo’lishlari shart.
MPX registrlarining tarkibi va vazifalari to’g’risidagi batafsilroq ma’lumotlarni
[4] ishda ko’rib chiqish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |