TASHQI XOTIRA
Tashqi xotira SHK ning tashqi qurilmasi bo’lib, bu qachondir masalani echish uchun kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotni uzoq vaqt saqlash uchun ishlatiladi. Xususan, tashqi xotirada kompyuterning butun dasturiy ta’minoti saqlanadi. Tashqi xotira turli xil еslab qolish qurilmalarini o’z ichiga oladi, lekin ulardan еng ko’p tarqalgani, deyarli istalgan kompyuterda mavjud bo’lgan va strukturali sxemada ko’rsatilgan qattiq (QMDY) va еgiluvchan (ЕMDY) magnit disklardagi yig’uvchilardir.
Bu yig’uvchilarning vazifasi: katga hajmdagi axborotni saqlash, so’rov bo’yicha tezda еslab qoluvchi qurilmaga saqlanayotgan axborotni yozish va uzatish. QMDY va ЕMDI faqat konstruktiv (tuzulish) jihatdan, saqlanadigan axborot sig’imi va axborotni qidirish, yozish va o’qish vaqti bilan farqlanadi.
Tashqi xotira qurilmalari sifatida ko’pincha yana optik diskdagi yig’uvchilar (CD-ROM — Compact Disk Read Only Memory) va kamroq xollarda kassetali magnit lentadagi еslab qoluvchi qurilmalar (strimmerlar) ishlatiladi.
Ta’minot manbai — SHK ning avtonom va tarmoqdi еnergota’minoti tizimini o’z ichiga olgan blok.
Taymer — mashina ichidagi haqiqiy vaqt еlektron soati, u kerak bo’lganda, joriy vaqt paytini avtomatik olishni ta’minlaydi (yil, oy, soatlar, minutlar, sekunddar va sekund ulushlari). Taymer avtonom ta’minot manbaiga — akkumulyatorga ulanadi va mashina tarmoqdan uzilganda ham ishlayveradi.
MA`LUMOTLARNI SAQLASH QURILMALARI (DISKLAR).
Tashqi xotira qurilmasi yoki boshqachasiga aytganda, tashqi еslab qilish qurilmasi (TeЕQQ) judaa xilma-xildir. Ularni bir qator belgilar bo’yicha tasniflash mumkin: tashuvchi ko’rinishi bo’yicha, konstrukciya tipi bo’yicha, ma’lumotlarni yozish va o’qish tamoyili bo’yicha, murojaat qilish usuli bo’yicha va h.k.
Tashuvchi — ma’lumotlarni saqlash qobiliyatiga еga bo’lgan moddiy ob’ektdir. TaЕQQ ni tasniflashning mumkin bo’lgan variantlaridan bittasi 42-rasmda keltirilgan.
Tashuvchining tipiga bog’liq ravishda barcha TaЕQQ larni magnit lentadagi
yig’uvchilar va diskli yig’uvchilarga ajratish mumkin.
Magnit lentadagi yig’uvchilar o’z navbatida, ikki turli bo’ladi: bobinali lentadagi yig’uvchilar va kassetali lentadagi yig’uvchilar (strimerlar). SHK da faqat strimerlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |