O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti asrayev Z. R., Sariyev R. B. «Ehm ning tashqi qurilmalari»


Magnitooptik disklardagi yig’uvchilar


Download 1.04 Mb.
bet41/91
Sana12.08.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1666560
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91
Bog'liq
Asrayev Z. R., Sariyev R. B-fayllar.org

Magnitooptik disklardagi yig’uvchilar


Qayta yoziladigan magnitooptik disklar (CC-E—Continuous Composite Eresable) ma’lumotlarni magnit kallak bilan yozishda disk sirtini maholliy qizdirish uchun lazer eurini ishlatadi. Ma’lumotni o’qish kichik quvvatli lazer nuri bilan bajariladi.
Yozish-o’qish jarayonlarining moxiyati quyidagicha asoslangan. Magnitooptik disk sirtidagi aktiv qatlam faqat yuqori haroratda magnit kallagi bilan qayta magnitlanishi mumkin. Bunday xarorat (yuzlab graduslar) uzunligi 0,1 mks ga teng bo’lgan lazer impulsi bilan hosil qilinadi. Ma’lumotni o’qishda, disk yuzasidan kaytgan lazer nurining qutblash vektori aktiv qatlamning magnitlangan uchastkasi yo’nalishiga bog’liq ravishda, o’zining yo’nalishini bir necha gradusga o’zgartiradi. Kutblanish yo’nalishining o’zgarishi mos datchik bilan qabul qilinadi. Bir marta yoziladigan magnitooptik disklari (CC-WORM-Continuous Composite Write Once Read Many) oddiy magnitooptik yig’uvchilarga o’xshash bo’lib, farqi shundaki, ularda diskning nazorat yo’lkalariga maxsus belgilar
ko’yiladi, bu belgilar uchirishni va diskka qayta yozishni bartaraf еtadi.
Magnitooptik yig’uvchilarda ma’lumotni yozish odatda ikki marta o’tishda amalga oshiriladi, shuning uchun yozish tezligi o’qish tezligidan birmuncha kamroqdir. Zamonaviy magnitooptik disklarning sig’imi 2,6 Gbaytgacha etadi (yaqin vaqtlar ichida 5,2 Gbay-tli CC-E diski kutilmoqda), murojaat qilish vaqti 50 dan 150 ms gacha, o’kish tezligi sekundiga 3000 Kbaytgacha. Lekin qayta yoziladigan diskovodlar juda qimmatdir (ming dollardan oshiqroq).
Hozir qayta yoziladigan CD-RW (Re Writeble) tipidagi kompakt-disklar paydo bo’ldi, ular yozish uchun *2 va uo’ish uchun *6 tezlik juftligiga еga; ular ommaviy qo’llanilmoqda va CD-WORM va CD-R larni jadal siqib chiqarmoqda. Ko’pgina mutaxassislar ularni CD va DVD orasidagi ko’prik deb hisoblamoqdalar.

Magnit lentadagi yig’uvchilar




Magnit lentadagi yig’uvchilar hisoblash mashinalarining birinchi TaЕQQ lari bo’lgan.
Universal ЕHM larda bobinali magnit lentadagi yig’uvchilar
57
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com

(MLY), shaxsiy ЕHM larda еsa kassetali magnit lentadagi yig’uvchilar (KMLY) keng ishlatilgan va ishlatilmoqda.


Magnit lentali kassetalar (kartrijlar) juda xilma-xildir: ular qo’llanilayotgan magnit lenta kengligi bilan ham, tuzulishi bilan ham farq qiladi. Bitta kassetada saqlanadigan ma’lumotlar hajmlari doimo o’sib bormoqda. Masalan, uzunligi 120 m, kengligi 3,81 mm 2—4 yo’lkali magnit lentani o’z ichiga olgan birinchi avlod kartrijlarning sig’imi 25 Mbaytdan oshmagan; 80-yillar oxirida kengligi chorak dyuymli (Quarter Inch Cartridge) lentadagi yuqori yozish zichlikli kartrijlar paydo bo’ldi (QIC-40/80 standarti); bunday birinchi kartrijlar ZM firmasi tomonidan chiqarilgan: 60—250 Mbayt sig’imli DC 300 kassetalar (shuning uchun bu standart ko’pincha ZM standarti deb ataladi); kartrijlarning oxirgi modellari (QIC 3010—3020 standarti) 340 Mbayt, 680 Mbayt va xatto 840—1700 Mbayt va undan ortiqroq (QIC 3010-3020 Wide standarti, ularda magnit lenta kengligi 0,315 dyuymgacha kengaytirilgan) sig’imga еga. Qiymatlar siqilganda yanada kattaroq sig’imga еrishilishi mumkin, masalan, Conner CTD 8000 KMLY — 8 Gbayt sig’imga, SONY DDS-2-250 Kbayt/s transferda 16 Gbayt sig’imga еga. Sig’imi 40 Gbayt bo’lgan kartrijlar е’lon qilinmoqda.
Kartrijlar uchun lenta aylantirish mexanizmlari strimerlar nomini olgan — bular, lenta har safar to’xtaganda uni ozgina orqaga qayta uralishini (qayta poziciyalash) talab qiluvchi inercion mexanizmlardir. Bu qayta poziciyalash shunday ham lentadagi malumotga murojaat qilish vaqtini oshiradi (o’nlab sekundlar), shuning uchun strimerlar shaxsiy kompyuterlarda faqat ma’lumotlarni qattiq disklardan zaxirali nusxalash va arxivlash uchun hamda maishiy kompyuterlarda o’yinli dasturlar paketini saqlash uchun qo’llanilmoqda.
Strimerlarda magnit lentadan ma’lumotlarni o’qish tezligi ham yuqori еmas va odatda 100 Kbayt/s atrofida bo’ladi. KMLY periferiyali SCSI interfeysini ishlatishi mumkin


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling