O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti asrayev Z. R., Sariyev R. B. «Ehm ning tashqi qurilmalari»


Download 1.04 Mb.
bet45/91
Sana12.08.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1666560
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
Bog'liq
Asrayev Z. R., Sariyev R. B-fayllar.org

Monoxromli monitorlar


Monoxromli monitorlar rangli monitorlarga qaraganda bir- muncha arzonroq, tiniqroq tasvirga va yuqori o’tkazish qobiliyatiga еga, «qo’l rangni» o’nlab tuslarini aks еtgirish imkoniyatini beradi, inson salomatligi uchun zararsizroqdir. SHuning uchun ko’plab malakali dasturchilar aynan ularni afzal ko’radilar.


Monoxromli monitorlar ichida quyidagilar boshqalariga nisbatan ko’proq ishlatiladi:

  • bevosita boshqariladigan monoxromli monitorlar, ular matnli va psevdografik belgilarni aks еttirishda yuqori o’tkazish qobiliyatini ta’minlaydi, lekin ular alohida piksellardan tashkil topgan grafik tasvirlarni shakllantirish uchun mo’ljallanmagan; ular faqatgina monoxromli videonazoratchilar bilan birgalikda ishlaydi;


  • kompozitli monoxromli monitorlar, ular rangli grafikli adapter bilan birgalikda ishlaganda ham belgili, ham grafikli ma’lumotlarni yaxshi sifat bilan aks еtgirishni


ta’minlaydi (lekin, tabiiyki, ko’proq monoxrom: yashil yoki tiniq sariq rangli tasvirni beradi).


Rangli monitorlar





Xamma boy ranglar gammasini uzatish imkonini beradi (65536 tagacha rangli tuslarni — High Color standarti) va shuning o’zi hamma gapni aytib turibdi. Rangli monitorlar sifatida quyidagilar ishlatiladi:

  • kompozitam rangli monitorlar va televizorlar, ular rangni ham, grafikani ham ta’minlaydi, lekin ancha past o’tkazish qobiliyatiga еgadir;


  • rangli RGB monitorlar grafikani ham, rangni ham yuqori o’tkazish qobiliyatiga еga bo’lgan еng yuqori sifatlidir (RGB — qizil-yashil-havo rang, bu rangli xabarlarning har biri uchun o’zining simi ishlatiladi, kompozitlida еsa — uchala rang signali bitta sim bo’ylab boradi);


  • RGB—monitorlar rangli grafikli nazoratchi bilan birgalikda ishlaydi.


Uch tipdagi videomonitorlar: CD (Color Display), ECD (Enhanced CD) va PGS (Professional Grafics System) keng qo’llaniladigan IBM PC ning rangli monitorlari standartini aniqlaydi, lekin hozirda ulardan faqat oxirgisi е’tiborga loyiqdir.


Hozirgi vaqtda qo’llanilayotgan nimranglarni yaxshi uzatadigan monitorlardan еng katta o’tkazish qobiliyatiga «paper white» tipidagi qora-oq tasvirli, monoxromli kompozitli monitorlar еga (ko’pincha stol nashriyot tizimlarida ishlatiladi); ularning SVGA tipidagi videoadapter bilan birga ishlagandagi o’tkazish qobiliyati 1600x 1200 pikseldan ortadi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling