O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti asrayev Z. R., Sariyev R. B. «Ehm ning tashqi qurilmalari»
Download 1.04 Mb.
|
Asrayev Z. R., Sariyev R. B-fayllar.org
V.22 dan boshlab, uzatish bayonnomalarida ma’lumotlarni kodlashning murakkab usullari ishlatiladi, ularda har bir vaqt oralig’ida ma’lumotlar еlementi, modulyaciya qilinayotgan signal parametrining ikkita еmas, balki katta sondagi qiymatlari bilan tasvirlangan. Bu ma’lumotlarni uzatish tezligini keskin oshirishga imkon berdi, lekin xabarlarning halaqitlardan himoyalanganligini yomonlashtirdi. Garchi demodulyaciyada bajariladigan signalni filtirlashda halaqitlardan himoyalanganlik ortsada, lekin bu aloqa kanalidagi halaqit va shovqinlardan kelib chikuvchi ma’lumotlarni uzatish xatoliklarini samarali to’g’rilash uchun etarli bo’lmadi. SHuning uchun o’tgan asr 80-yillarining o’rtalarida, ko’plab zamonaviy modemlarda ishlatilayotgan yanada ta’sirchanroq MNP turidagi xatoliklardan himoya qilish bayonnomalari taklif еtildi. Bu bayonnomalar xatoliklarni payqaydigan va to’g’rilaydigan korrektlovchi kodlarni ishlatishga asoslangan, shuning uchun modemlar birmuncha murakkablashdi. Shu bayonnomalar bilan, ma’lumotlarni uzatish tezligini sezilarli oshirishga imkon beruvchi ma’lumotlarni siqish funkciyasini tatbiq qilish bilan bog’langan modemlarni mukammallashtirish ko’zda tutilgan. Ma’lumotlarni siqish principi ma’lumotlar oqimini taxlil qilish, uzatilayotgan blokdagi tez-tez uchrab turadigan belgilarni kam uchraydigan belgilarni kodlash uchun ishlatiladigan kodlarga nisbatan kichik uzunlikdagi ikkilik kodlari bilan almashtirish hamda takrorlanayotgan belgilar ketma-ketligini aniqlash va ularning o’rniga qisqa blok- tavsifchilarni uzatishga asoslangan. NMP1—NMP10 tipidagi bayonnomalar keyingi yillarda LAMP (Link Ac-cess Procedure for Modem) V.42, V.42 bis bayonnomalari tomonidan siqib chiqarilmoqda, ular xatoliklarni tug’rilashni va ma’lumotlarni siqishni yanada samaraliroq bajarishni ta’minlaydi. Ma’lumotlarni uzatish standartlari jadvalida keltirilganlaridan еng samaralisi V.34 ( V.34 bis) standartidir, u o’zidan oldingilaridan farqli o’laroq, aloqa kanalini testlashni bajaradi, bu uning uchun modemlarning optimal ishlash rejimini aniqlash imkonini beradi (tashuvchi chastota, o’tkazish polosasi, uzatish tezligi, uzatilayotgan signal darajasi). SHu standartga mos ravishda boshlang’ich ulanish minimal 300 bits tezlikda amalga oshiriladi — bunday aloqa hattoki еng past sifatli liniyalarda ham mumkindir. Keyinchalik, aloqa kanalining ikkala uchida modemlarni identifikaciya qilish amalga oshiriladi, xatoliklarni to’g’rilash va ma’lumotlarni siqish bayonnomalarini ta’minlash imkoniyati, ishlatilayotgan modulyaciya tipi aniqlanadi va ma’lumotlarni uzatishning samarali tezligi tanlanadi. Fayllarni uzatish uchun o’zlarining bayonnomalari o’rnatilgan, ular bunga qo’shimcha ravishda ma’lumotlarni bloklarga ajratish, xatoliklarni avtomatik payqash va to’g’rilaydigan kodlarni ishlatish, noto’g’ri qabul qilingan bloklarni qaytadan jo’natish, uzatishni uzilishdan keyin tiklash va b. jarayonlarni reglamentlaydi. Bu gURO’hning еng keng tarqalgan bayonnomalari, jumladan Xmodem, Ymodem, Kemeit, Zmodem bayonnomalarini misol qilib keltirish mumkin. Zmodem hozir еng keng tarqalgan fayllarni uzatish bayonnomasidir va to’liq asos bilan ishlatish uchun tavsiya еtilishi mumkin. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling