O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti asrayev Z. R., Sariyev R. B. «Ehm ning tashqi qurilmalari»


Download 1.04 Mb.
bet74/91
Sana12.08.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1666560
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91
Bog'liq
Asrayev Z. R., Sariyev R. B-fayllar.org

Modemlarning turlari

Ko’pgina modemlar ma’lumotlarni uzatish jarayonini ta’minlashdan tashqari,

telekommunikaciya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi, jumladan:

94
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com



  • faksimil axborotlarni qabul qilish va uzatish;


  • chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);


    • avtojavob beruvchi va еlektron kotib


vazifalari va b.


Shuning uchun zamonaviy modem modulyaciya va demodulyaciya qurilmalaridan tashqari (ba’zida еsa ular bilan birga) modem ishini boshqaruvchi maxsuslashgan mikroprocessor, tezkor va doimiy xotira, modemning ishlash rejimlari va ishlatilayotgan aloqa kanalining tavsiflari to’g’risidagi tovushli va yorug’likli xabarlash еlementlariga еgadir. Doimiy xotira ta’minot (tok manbai) uzilganda modem konfiguraciyasini saqlash uchun ishlatiladi va ko’pincha qayta dasturlanishi mumkin.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan modemlar quyidagicha farqlanadi:
  • konstrukciyasi bilan — avtonom va apparatura ichiga qurilgan;


  • aloqa kanalli interfeys bilan — kontakgli va kontaktsiz (audio);


  • vazifasi bilan - turli xil aloqa kanallari va tizimlari uchun, masalan, faqat ma’lumotlarni uzatish tizimi uchun — modemlar, ma’lumotlarni va fakslarni uzatish tizimi uchun - faks-modemlar ( haqiqatan ham, butunda ko’plab firmalar faks-modemlarni ishlab chiqarmoqda, faksli vazifasi bo’lmagan «toza» modemlar, amalda ishlab chiqarilmayapti);


  • uzatish tezligi bilan — telefon aloqa kanallari uchun TTXMK bayonnomalari standartiga mos keluvchi ma’lumotlarni uzatish tezliklari standarti (shkalasi) mavjuddir; u quyidagi tezliklarni o’z ichiga oladi (bits da): 300, 600, 1200, 2400, 4800, 9600, 12000, 14400,16800,19200, 28800, 33600 , 56000.


Oldin modemlarning har biri alohida tezlikda ishlash uchun ishlab chiqarilgan; zamonaviy modemlar universaldir: ularning ba’zilari ( masalan, MT1932, MT 2834 va b. ): ham kommutaciya qilinadigan, ham kommutaciya kilinmaydigan aloqa kanallari bilan ishlashi mumkin; aytilgan tezliklar shkalasining deyarli hammasini o’z ichiga oladi; modem va faks-modem rejimlariga еga.


Modemlarni konstruktiv turlari, ya’ni avtonom va apparatura ichiga qurilgan turlariga birmuncha batafsilroq to’xtalaniz. Avtonom modemlarni ko’pincha Tashqi, apparatura ichiga mos qurilgamini еsa ichki modem deb ataladi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling