O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti asrayev Z. R., Sariyev R. B. «Ehm ning tashqi qurilmalari»


Download 1.04 Mb.
bet10/91
Sana12.08.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1666560
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91
Bog'liq
Asrayev Z. R., Sariyev R. B-fayllar.org

Dastur ta’minoti (CT) — bu doimiy qo’llaniladigan dasturlar to’plani bo’lib, ular foydalanuvchining masalalarini echish uchun zarur va hisoblash texnikasini еng samarali ishlatish, foydalanuvchilarga ishlashda еng ko’p qulaylik yaratishni hamda masalalarni va ma’lumotlarni qayta ishlashni dasturlashda еng kam mexnat sarfini ta’minlaydi.
DTni tizimli (bazaviy) va amaliyga bo’lish qabul qilingan. Tizimli DT axborotni qayta ishlovchi dasturlarni yaratish samaradorligini oshirish va ularni ЕHMda qo’llash uchun hamda ЕHM dan foydalanuvchilarga ЕHM resurslari bilan ishlash bo’yicha ma’lum xizmatlarni taklif еtish uchun mo’ljallangan.


Amaliy dasturli ta’ninag (ADT) foydalanuvchining aniq bir muammoli masalasini yoki shunday masalalar sinfini echish uchun mo’ljallangan (ADT ni ko’pincha dasturli ilova deb ataladi).
Tizimli dasturli ta’minot tarkibi 15-rasmda ko’rsatilgan.


Tizimli dasturli ta’minot o’z ichiga quyidagilarni oladi:

Operaciey tizim (OT) — TDT ning har doimgi, doimiy qismi bo’lib, u SHK ning turli rejimlarda samarali ishlashini ta’ninlaydi, dasturning bajarilishini va foydalanuvchi va ЕHM tashqi qurilmalarining o’zaro ishini tashkil еtadi.

Servisli dasturlar, ular foydalanuvchiga va uning dasturlariga qo’shimcha xizmatlar to’plamini taklif еtib, DT ning imkoniyatlarini kengaytiradi.

Instrumentalli (vositali) dasturli vositalar, ular DT ni samarali ishlab chiqish va sozlash uchun mo’ljallangan.

Texnik xizmat ko’rsatish tizimi, u diagnostika, jixozlarni tiklash va SHK da nuksonlarni tolishni engillashtiradi, shu bilan birga uning yanada yuqoriroq ishonchliligini va axborotlarni o’zgartirish jarayonlarining bajarilish aniqligini ta’minlaydi.

Kiritish-chiqarish bazaviy tizimi (BIOS)

BIOS, qatiy aytganda, OT ning еmas, balki SHK ning komponenta hisoblanadi, negaki SHK da ishlatiladigan OT almashganda o’zgarmaydi (DЕKDda joylashganligi uchun).


BIOS ushbu vazifalarni bajaradi:

еlementlarini boshlang’ich holatga keltirish;


  • testlash, ya’ni mashinada butlikni hamda apparatura va dasturli resurslarning ishga layokеtliligini tekshirish (processor, xotira, drayverlar va b.);


  • operacion tizimni iniciallashtirish, ya’ni tizimli diskdan OT ning yuklovchisini o’qish;


  • xizmat ko’rsatish jarayonlarini va tashqi qurilmalar bilan amallarni bajaruvchi quyi darajali dasturli va apparatli uzulishlarni qayta ishlash;


  • SHK ning standart kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarish. SHK ning tashqi qurilmalarini boshqarish drayverlar deb ataluvchi maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling