O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti asrayev Z. R., Sariyev R. B. «Ehm ning tashqi qurilmalari»


Download 1.04 Mb.
bet11/91
Sana12.08.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1666560
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91
Bog'liq
Asrayev Z. R., Sariyev R. B-fayllar.org

Drayverlar

Drayverlar DOS dasturlarini va foydalanuvchi dasturlarini, kiritish-chiqarish amallarini batafsil va to’la dasturlashdan xalos qiladi.


Drayver quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • tashqi qurilmalarga murojaat qilish so’rovlarini qabul qiladi;


  • so’rovlarni tashqi qurilmani boshqarish buyruqlariga, bu kurilmaning hamma ish xususiyatlarini va tuzulish detallarini hisobga olgan xolda, o’zgartiradi;


  • xizmat ko’rsatilayotgan tashqi qurilmadagi uzulishlarni qayta ishlaydi.



Operacion tizimning yuklovchisi

Operaciey tizimni yuklovchi — bu Boot Record va Sistem Bootstrap dasturli modulidir.


Odatda oddiygina yuklovchi deb ataladigan bu modul tezkor xotiraga DOS ning ushbu ikkita faylini O’qish uchun mo’ljallangan: BIOS kengaytirmaning IBMBIO.COM moduli (yoki EM BIOS) va uzulishlarni qayta ishlash moduli. YUklovchi har bir formatlangan diskda 0-yo’lakning 0-tomonida 1-sektorda joylashadi. YUklovchining hajmi 512 bayt, ya’ni bu uncha katta bo’lmagan dastur. YUklovchi boshlanishida BIOS to’g’risida (firma-tayyorlovchi nomi va tizimning sana - versiyasi) va diskdagi yozuvlarning strukturasi to’g’risida (disk formata, diskdagi va klasterdagi sektorlar soni, fayllarni joylashtirish jadvallari soni va b.) xizmat ma’lumoti joylashtiriladi, keyin еsa dastur-yuklovchining o’zi joylashadi.

DOS bazaviy bloki

Bu DOS ning markaziy bloki bo’lib, u operacion tizimning asosiy vazifalarini


— SHK resurslarini va bajariladigan dasturlarni boshqarishni amalga oshiradi.
Bu blokda resurslarni (jumladan, Tashqi qurilmalarni) boshqarish drayverlar vositasi bilan boshqarishga nisbatan yuqog’iroq, darajada, ya’ni drayverlarga murojaat qilishni tashkil еtish asosida amalga oshiriladi. Ana shu tashkil еtishning boshida fayl tizimi yotadi.
DOS bazaviy blokining asosini (IBMDOS.COM fayli) yuqori darajadagi uzulishlarni qayta ishlovchilar Tashkil еgadi; shuning uchun bu blok ko’pincha uzulishlarni qayta ishlash bloki yoki moduli deb ataladi.
Uzilishlarni qayta ishlash moduli IBMDOS.COM (yoki MSDOS.SYS) nomiga еga va tizimli diskda joylashgan. IBMDOS.COM SHK ning hamma resurslarini mantiqiy darajada (BIOS ni boshqarish darajasiga nisbatan yuqog’iroq) boshqarish (va taqsimlash) dasturlarini o’z ichiga oladi; xususan, IBMDOS.COM da TK, bilan ishlaganda BIOS drayverlarini qims dasturlar kabi ishlatuvchi, yuqori darajadagi uzulishlarni qayta ishlovchi dasturlar joylashadi.
IBM DOS.COM ning muhim dasturlari — bu faylli tizimni boshqarish, disklar bilan qiymatlarni blokli almashtirish, asosiy xotirani taqsimlash dasturlaridir.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling