O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti asrayev Z. R., Sariyev R. B. «Ehm ning tashqi qurilmalari»


Download 1.04 Mb.
bet12/91
Sana12.08.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1666560
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91
Bog'liq
Asrayev Z. R., Sariyev R. B-fayllar.org

Buyruqli processor

Buyruqli processor (BP) foydalanuvchining SHK bilan o’zaro ishini amalga oshiradi. U DOS fayli hisoblanadi va Command.COM nomiga еga.


O’zaro ishlash buyruqlar yordami bilan amalga oshiriladi. Buyruqlar ikki tipda bo’ladi: ichki va tashqi. Ichki buyruqlar BP ning o’zining tarkibiga kiradi va DOS yuklangandan keyin tezkor xotirada joylashadi (rezidentli buyruqlar). Tashqi buyruqlar MS DOS tarkibiga kiruvchi .EXE va .SOM tipidagi fayllardir.
BP ning asosiy vazifalarilari quyidagilardir:
  1. Klaviaturadan yoki buyruqli fayldan kiritilgan buyruqlarni qabul qilish va tahlil qilish.


  2. COMMAND.COM faylida mavjud bo’lgan DOS ichki buyruqlarini bajarish.


  3. MS DOS ning tashqi buyruqlarini yuklash va bajarish; DOS imkoniyatlarini kengaytiruvchi dasturlar (utilita) va .SOM va .EXE tipidagi amaliy dasturlar.



Konfiguraciya fayli

Konfiguraciya fayli yordamida operacion tizimni kengaytirish va SHK ba’zi qurilmalarining ishlashiga ta’sir ko’rsatuvchi o’rnatuvchi parametrlarni o’zgartirish mumkin, xususan, yangi tashqi qurilmalarni ishlatish imkoniyatini ta’minlovchi drayverlarni ulash mumkin.


Tizimni konfiguraciyalash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

Konfiguraciyalash CONFIG.SYS faylida berilgan ko’rsatmalar (direktivalar) bo’yicha, tizimni yuklash vaqtida amalga oshiriladi, bunda quyidagi vazifalarlar bajarilishi mumkin:


  • operacion tizimning ish rejimlarini o’rnatish;


  • yangi tashqi qurilmalarning va qo’shimcha xotiraning drayverlarini ulash;


  • DOS rezident dasturlarini yuqori xotiraga o’tkazish imkoniyatini ta’minlash;


  • xotirani strukturlash (masalan, kiritish-chiqarish buferlari uchun xotira maydonlarini ajratish va sh. u.), utilitalarni sozlash, tizimning sharoitlarini shakllantirish va sozlash maqsadida DOS parametrlarini o’rnatish;


  • rezident dasturlarni yuklash;


  • kiritish-chiqarish standart qurilmalarini identifikaciyalash.


CONFIG.SYS fayli SHK ning barcha resurslarini (dasturli va apparatli) ma’lum chegaralarda o’zgartirish va shakllantirish imkomini beruvchi maxsus buyruqlarni o’z ichiga oladi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling