O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti asrayev Z. R., Sariyev R. B. «Ehm ning tashqi qurilmalari»


Download 1.04 Mb.
bet13/91
Sana12.08.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1666560
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   91
Bog'liq
Asrayev Z. R., Sariyev R. B-fayllar.org

Jarayonlarni avtoyuklash fayli

SHK da ishlaganda ba’zi bir doimiy jarayonlarning bajarilishini ta’minlovchi bir xil buyruqlarni tez-tez bajarishga tuo’ri keladi. Operacion tizim bu tez-tez takrorlanadigan buyruqlarni maxsus faylga birlashtirish imkonini beradi, bu fayl buyruqli fayl deyiladi (VAT kengaytmasi bilan, shuning uchun uni ko’pincha batch-fayl deyiladi; batch—paketli degan ma’nomi anglatadi). Buyruqli faylga kiritilgan hamma buyruqlar bu faylni bajarish ishga tushirilganda avtomatik ravishda bajariladi.


Еng muhim buyruqli fayllardan biri jarayonlarni avtoyuklash AUTOEXEC.BAT faylidir, uning bajarilishi bilan odatda DOS ni konfiguraciyalash yakunlanadi. AUTOEXEC.BAT, tizim ishga tushgandan keyin foydalanuvchi har doim berishi kerak bo’lgan DOS buyruqlarini o’z ichiga oladi, foydalanuvchini trivial (oddiy) amallarni bajarishdan ozod еgadi.
AUTOEXEC.BAT fayliga kiritilgan buyruqlar bo’yicha quyidagi jarayonlar bajarilishi mumkin:
  • operacion sharoitni va DOS ning ish rejimlarini shakllantirishni yakunlash;


  • bajariladigan fayllarni va qiymatli fayllarni qidirishning alternativ yo’llarini o’rnatish;


  • tez-tez ishlatiladigan marshrutlar uchun yo’llar nomini belgilash;


  • rezident dasturlarni yuklash;


  • biror dasturli qobiqni, masalan, Norton Commander ni ishga tushirish;


  • ishchi katalogni o’rnatish;


  • kiritish-chiqarish standart qurilmasini qayta belgilash;


  • foydalanuvchi tomonidan ma’lumot kiritishga DOS taklifining ko’rinishini shakllantirish;


  • sananing va vaqtning joriy qiymatlarini o’rnatish.




DOS ning Tashqi buyruqlari va utilitalari

DOS ning tashqi buyruqlari (yoki, aniqrogi, makrobuyruqlar) DOS ning ichki buyruqlaridan farqli ularoq rezident еmas (ya’ni DOS yuklangandan keyin ular tezkor xotirada doimiy joylashmaydi, balki ular u erga bajarilishi kerak


bo’lgandagina chiqariladi) va bevosita buyruqli fayllarda ishlatila olmaydi. Ular buyruqli processor tarkibiga kirmasdan, balki alohida dasturlar bilan amalga oshiriladi.
Tashqi buyruqlarga misollar: vaskur, undelete, format, exe2bin, sort, diskcomp, find va boshqa ko’p narsalar.
DOS utilitalari ko’p jihatdan tashqi buyruqlarga o’xshashdir, lekin, odatda, murakkabroq dasturlar bilan amalga oshiriladi va DOS ning servisli vazifalarining bajarilishini ta’minlaydi (tizimli resurslar bilan ishlashni engillashtiradi).


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling