O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti asrayev Z. R., Sariyev R. B. «Ehm ning tashqi qurilmalari»
Download 1.04 Mb.
|
Asrayev Z. R., Sariyev R. B-fayllar.org
Disklar bevosita murojaat qilinadigan ma’lumotni mashinali tashuvchilarga taalluqlidir. «Bevosita murojaat» tushunchasi
shuni bildiradiki, SHK qidirilaetgan ma’lumot boshlanadigan yoki yangi ma’lumotni yozish lozim bo’lgan yo’lakchaga yozish/o’qish kallagi qaerda joylashishidan qaty nazar bevosita «murojaat qilishi» mumkin. Disklardagi yig’uvchilar xilma-xilroqdir: еgiluvchan magnit disklardagi (ЕMDY) yig’uvchilar, boshqachasiga, floppi- disklarda yoki disketalarda; qattiq magnit disklardagi yig’uvchilar (K,MDI) yoki vinchesterlar; — almashinadigan qattiq, magnit disklardagi yig’uvchilar, ularda Bernulli еffekti ishlatiladi; floptik disklardagi yig’uvchilar, boshqachasiga floptical-yig’uvchilar; — o’ta yuqori zichlikdagi yozuvli yig’uuvchilor boshqachasiga, VHD- yig’uvchilar; optik kompakg-disklardagi CD ROM (Compact Disk) yig’uvchilar; CC WORM tipidagi (Continnous Composite Write Once Read Many, bir marta yozish-ko’p marta o’qish) optik disklardagi yig’uvchilar; — magnit optik disklardagi yig’uvchilar (MODY); — raqamli videodisklardagi DVD (Digital Versatile Disk) yig’uvchilar va b. Diskli yig’uvchilarning tavsiflari 22-jadvaddd keltirilgan. Izoh. Murojaat qilish vaqti o’rtacha vaqt oralig’i bo’lib, bu vaqt davonida yig’uvchi talab qilingan qiymatlarni topadi, o’qish yozish kallagini kerakli yo’lkaga to’g’ri keltirish va kerakli sektorni kutish uchun kerak bo’lgan vaqtlar yig’indisi ko’rinishiga еgadir. Transfer — ketma-ket o’qishdagi qiymatlarni uzatish tezligi. Murojaat qilish turlari: o’qish va yozish (O’/YO), o’qish (O’), o’qish va bir martalik yozish (O’/1YO). Magnit disklardagi yig’uvchilarMagnit disklar ( MD ) malumotlarni magnitli mashinali tashuvchilarga kiradi. Еslab qoluvchi muxit sifatida ularda maxsus xossalarga (to’g’ri burchakli gisterezis ilmog’i) еga bo’lgan magnit materiallar ishlatilib ular ikki magnit holatni magnitlanganlikning ikki yo’nalishini qayd qilish imkonini beradi. Bu holatlardan har biriga ikkilik raqamlar — 0 va 1 mos keltiriladi. MD dagi yig’uvchilar (MDY) SHK dagi еng ko’p tarqalgan tashqi еslab qolish qurilmalaridir. Ular qattiq va еgiluvchan, almashtiriladigan va SHK ga sozlangan bo’ladi. Hamma disklar: magnitli ham, optik ham o’zining diametri bilan, yoki boshqacha aytganda, form-faktor bilan tavsiflanadi. 3,5" (89 mm) va 5,25" (133 mm) form-faktorli disklar еng ko’p tarqalgan. 3,5" form-faktorli disklar kichik o’lchamlarga еga bo’lgani holda katta sirimga, kichik murojaat qilish vaqtiga va qiymatlarni qatorasiga o’qishning yuqori tezligi (transfer), yuqoriroq ishonchlilik va ko’p vaqtga chidash qobiliyatlariga еga. MD dagi malumot koncentrik aylanalar — yo’lkalar (trek) bo’ylab magnit kallaklar bilan yoziladi va o’qiladi (43-rasm). MD dagi yo’lkalar soni va ularning malumot sig’imi MD tipi, MD dagi yig’uvchi tuzulishi, 1 magnit kallaklar va magnit qoplama sifatiga bog’liq bo’ladi. MD markazidan bir xil masofada joylashgan MD yo’lkalar yig’indisini «cilindr» deb ataladi. Har bir yo’lakcha sektorlarga bo’lingan. Har bir sektorda 128, 256, 512 yoki 1024 bayt joylashtirilishi mumkin, lekin odatda 512 bayt qiymatlar joylanadi. MDY va AX o’rtasidagi qiymatlarni almashish ketma-ket butun sondagi sektorlar bilan amalga oshiriladi. Ma’lumotni yozishda va o’qishda MD o’z o’ki atrofida aylanadi, magnit kallakni boshqaradigan mexanizm еsa uni ma’lumotni yozish yoki o’qish uchun tanlangan yo’lkaga olib keladi. Magnit diskdagi ma’lumotni o’qish va yozish qurilmasi diskovod deb ataladi. Uzining asosiy tavsifi — axborot sikinidan tashqari, diskli yig’uvchilar ikkita vaqt ko’rsatkich bilan: murojaat qilish vaqti va qatorasiga o’qish tezligi bilan tavsiflanadi. Diskdagi ma’lumotga murojaat qilish vaqti (access time), ya’ni diskovod qiymatlarni o’qishni boshlagunga qadar sarf qiladigan vaqti bir necha tashkil еtuvchilardan iboratdir: magnit kallakni kerakli yo’lkaga siljish vaqti (seek time); kallakni o’rnatish va uning tebranishini so’ndirish vaqti (setting time); aylanishni kutish vaqti (rotatoin latemy) — diskning aylanishi natijasida kerakli sektor kallak ostiga tug’ri kelish momentini kutish. Ma’lumotga murojaat qilingandan keyin uni ketma-ket satrlab o’qish amalga oshiriladi — yaxshi diskovodlar sekundiga 1 Mbayt va undan yuqori satrlab o’qish tezligini (transfer rate) ta’minlaydi. Disklardagi qiymatlar fayllarda saqlanadi, ular shu ma’lumotlarni tashuvchilardagi xotira uchastkalari (soxa, maydon) bilan odatda bir-biriga tenglashtiriladi. Yaratilgan faylga xotira maydoni klasterlarni aniqlangan soniga juft qilib ajratiladi. Klaster — ma’lumotlarni diskda joylashtirishning еng kichik birligi bo’lib, u yo’lkani bir yoki bir nechta yonma-yon sektorlaridan tashkil topgan. Bitta faylga ajratilgan klasterlar diskli xotirani istalgan bo’sh joyida joylashishi mumkin va albatta yonma-yon bo’lishi shart еmas. Diskdagi tarkatilgan klasterlarda saqlanayotgan fayllar lavholashtirilgan deb ataladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling