O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti asrayev Z. R., Sariyev R. B. «Ehm ning tashqi qurilmalari»
Download 1.04 Mb.
|
Asrayev Z. R., Sariyev R. B-fayllar.org
Kengaytirish shinalariMultibus 1 shinasi 2 ta modifikaciyaga еga: PC/XT bus va PC/ AT bus. PC/XT bus shinasi — 4,77 MGc taktli chastotaga mo’ljallangan 8-razryadli qiymatlar shinasi va 20-razryadli adreslar shinasidir; apparatli uzulishlar uchun 4 ta liniyaga va xotiraga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish uchun 4 ta kanalga еga ( DMA — Direct Memory Access kanallari). Adreslar shinasi mikroprocessorning adres kengligini 1 Mbayt kattalik bilan chegaralaydi. 8086, 8088 MP bilan ishlatiladi. PC/AT bus shinasi — 8 MGc gacha ishchi taktli chastotada ishlovchi 16- razryadli qiymatlar shinasi va 24-razryadli adreslar shinasidir, lekin 16 MGc taktli chastotali MP ishlatilishi mumkin, chunki shina nazoratchisi chastotani teng ikkiga bo’lishi mumkin; apparatli uzulishlar uchun 7 ta liniyaga va 4 ta DMA kanaliga еga. 80286 MP bilan ishlatiladi. ISA (Industry Standard Architecture) shinasi — 8 MGc ishchi taktli chastotali, 16-razryadli qiymatlar shinasi va 24-razryadli adreslar shinasidir, lekin 50 MGc taktli chastotali MP ishlatilishi mumkin (bo’lish koеfficienti ko’paytirilgan); PC/XT va PC/AT shinalariga nisbatan apparatli uzulishlar liniyalarining soni 7 tadan 15 tagacha va DMA xotirasiga bevosita murojaat qilish kanallarining soni 7 tadan 11 tagacha ko’paytirilgan. 24-razryadli adreslar shinasi hisobiga adres kengligi 1 Mbaytdan 16 Mbaytgacha ko’paydi. Qiymatlar shinasining nazariy o’tkazish qobiliyati 16 Mbayt/s ga tent, lekin haqiqatda u pastroq, uning bir qator ishlatish xossalariga bog’liq ravishda 4—5 Mbayt/s atrofida. 32-razryadli yuqori tezlikli MP lar paydo bo’lishi bilan ISA shinasi SHK tezkorligini oshirishda jiddiy to’siq bo’lib qoldi. EISA ( Extended ISA ) shinasi — 32-razryadli qiymatlar shinasi va 32-razryadli adreslar shinasidir, 1989-yilda yaratilgan. Shinaning adres kengligi 4 Gbayt, o’tkazish qobiliyati 33 Mbayt/s, shu bilan birga MP-kеsh-TX kanali bo’yicha almashish tezligi xotira mikrosxemasining parametrlari bilan aniqlanadi, kengaytirish raz’yomlari soni ko’paytirilgan: nazorat jihatdan 15 tagacha qurilma ulanishi mumkin (amalda 10 tagacha). Uzilishlar tizimi yaxshilangan, tizimni avtomatik konfiguraciyani va DMA ni boshqarishni taninlaydi; ISA shinasi bilan to’liq mos keladi (ISA ni ulash uchun raz’yom bor), shina hisoblash tizimlarining ko’p processorli arxitekturasini qo’llab-quvvatlaydi. EISA shinasi juda qimmatdir va tezkor SHK larda, tarmoqli serverlarda va ishchi-stanciyalarda qo’llaniladi. MSA ( Micro Channel Architecture ) shinasi — 32-razryadli shina, 1987 yilda IBM firmasi tomonidan PS/2 mashinalari uchun yaratilgan, o’tkazish qobiliyati 76 Mbayt/s, ishchi chastotasi 10—20 MGc. O’zining tavsiflari bo’yicha EISA shinasiga yaqinroq, lekin ISA bilan ham, EISA bilan ham mos kelmaydi. PS/2 ЕHM birinchi navbatda yaxshi ishlab chiqilgan amaliy dasturlarning yo’kligi tufayli keng tarqalmaganligi sababli, MSA shinasi ham keng ishlatilmaydi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling