O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti asrayev Z. R., Sariyev R. B. «Ehm ning tashqi qurilmalari»
Download 1.04 Mb.
|
Asrayev Z. R., Sariyev R. B-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi universal ketma-ket periferiya shinalari
Periferiya shinalariPeriferiya shinalari juda ham xilma-xildir. IDE (Integrated Drive Electronics), EIDE (Enhanced IDE), SCSI (Smale Computer System Interface) lokal shinalari ko’proq faqat tashqi qurilmalarida ishlatiladi. Hozir keng tarqalgan AT Attachment (ASA) interfeysi, 1988 yilda IBM PC AT SHK foydalanuvchilariga taklif еtilib, Integrated Drive Electronics (IDE) nomi ostida keng ma’lum, bitta yig’uvchi sig’imini 504 Mbayt bilan chegaralaydi (bu sig’im «kallak—cilindr—sektor» an’anaviy adreslashning adres kengligi bilan cheklangan: 16 ta kallak x 102 ta cilindr x 63 ta sektor x 512 bayt sektorda q 504 Kbayt q 528482304 bayt) va 5-10 Mbayt/s qiymatlarni uzatish tezligini ta’minlaydi. Kallaklar, cilindrlar va sektorlar bo’yicha ham an’anaviy (lekin kengaytirilgan) adreslashni, ham logik bloklarni (Logic Block Adress LDA) adreslashni ishlatadigan Fast ATA-2 yoki Enhanced IDE (EIDE) interfeysi 840 Mbaytgacha disk sig’imini va 16 Mbayt/s gacha almashish tezligini ta’minlaydi. EIDE ga 4 tagacha yig’uvchilar, shu jumladan CD ROM ham, QMLY ham ulanishi mumkin. BIOS ning еski versiyalarida EIDE ni qo’llash uchun maxsus drayver kerak. ATA va ATA-2 bilan bir qatorda murakkabroq diskli Small Computer System Interface interfeyslarining uchta versiyasi: SCSI-1, SCSI-2 va SCSI-3 keng ishlatilmoqda. Ularning afzalliklari: ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi (Fast Wide SCSI-2 interfeysi va yaqin vaqtda qutilayotgan SCSI-3 interfeysi 40 Mbayt/s gacha tezlikni ta’minlaydi ), ulanadigan yig’uvchilarning ko’p soni (7 donagacha) va maksimal sig’imi; ularning kamchiliklari: narxi balandligi (ATA dan taxminan 5—10 marta qimmatroq), o’rnatish va sozlash murakkabligi. SCSI-1 interfeysi 8 bitli shinaga еga; SCSI-2 va SCSI-3 — 16-bitli va kuchli mashina-serverlarda va ishchi stanciyalarida ishlatishga mo’ljallangan. Yangi universal ketma-ket periferiya shinalari1996 yilda yangi universal ketma-ket shina USB (Universal Serial Bus) paydo bo’ldi, taxminlarga qaraganda u yaqin orada ketma-ket va parallel, klaviatura va sichqoncha portlarini almashtiradi— barcha qurilmalar bitta raz’yomga ulanadi va u ko’p sonli qurilmalarni Plug®Play texnologiyasining engilligi bilan o’rnatish imkonini beradi. Plug@Play texnologiyasi («ula va ishla») «issik» almashtirishni amalga oshirish imkonini beradi, ya’ni qurilmalarni kompyuterni o’zmasdan va qayta yuklamasdan almashtiradi. Fizik biriktirilgandan so’ng qurilmalar to’g’ri anglanadi va avtomatik konfiguraciyalanadi. SHinaning o’tkazish qobiliyati 12 Mbit/s. Ko’p qurilmalarni: vinchesterlar, videokameralar, yuqori o’tkazish kobiliyatli printerlar va b. yaxshisi SCSI tipidagi interfeyslar va yangi standartlar: Fire Wire «olovli sim» nomi bilan ma’lum bo’lgan IEEE-1394 va AGP (Accelerated Graphics Port — tezlashtirilgan grafikli porti ) orqali ulagan ma’quldir. Xususan, o’ta tezkor raqamli ketma-ket shina Fire Wire yuqori ishonchlilik va qiymatlarni uzatishning yuqori sifati bilan tavsiflanadi, 400 Mbit/s o’tkazish qobiliyatiga еga, uning bayonnomasi vaqt bo’yicha kritik ma’lumotlarni kafolatli uzatilishini ta’minlaydi, bunda video va audioxabarlarning haqiqiy vaqt o’lchamlarida sezilarli buzulishlarsiz o’tishi taninlanadi. Fire Wire shinasi yordamida Plug@Play texnologiyasi bo’yicha katta miqdordagi va amalda istalgan konfiguraciyadagi turli xil qurilmalarni bir-biriga ulash mumkin, bu bilan u oddin aytib o’tilgan SCSI tipidagi qiyin konfiguraciyalanadigan periferiya shinalaridan keskin farq kiladi. Kuchliroq kompyuter tizimlari uchun (lokal tarmoqdar, maynfreylar) yaxshi tanilgan, oson murojaat qilinadigan va unchalik qimmat bo’lmagan 10 Base-T Externet shinasini va 1 Gbit/s o’tkazish qobiliyati bilan ishlaydigan Fibre Channel shinasini tavsiya еtish mumkin. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling