Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Kurs ishining o`rganilganlik darajasi


Download 229.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana18.06.2023
Hajmi229.67 Kb.
#1571804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BOLALARGA IQTISODIY TARBIYA BERISHDA XORIJ MAMLAKATLARI TAJRIBASIDAN

Kurs ishining o`rganilganlik darajasi. 
Sharq uygʻonish davri falsafasi va pedagogikasida taʻlimiy-axloqiy yoʻnalish 
muhim ahamiyat kasb etdi. Axloq masalasi faylasuflarning ham, buyuk 
mutafakkirlarning ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat 
markazida boʻldi.Taʻlimiy-axloqiy risolalar paydo boʻlib, axloqning ham nazariy
ham amaliy masalalari tahlil etildi. «qutadgʻu bilig», «Axloqi Nosiriy», 
«qobusnoma», «Hibbat ul-haqoyiq», «Guliston», «Boʻston», «Axloqi Jaloliy», 
«Axloqi Muhsiniy», «Mahbub ul-qulub» kabi Yusuf Xos Hojib, Nasiriddin Tusiy, 
Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Saʻdiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher 
Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiylarning taʻlimiy-axloqiy asarlari 
yuqorida taʻkidlaganimiz inson shaxsini maʻnaviy-axloqiy shakllantirish 
muammosini hal etish sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim 
ahamiyatga ega. Mazkur taʻlimiy-axloqiy asarlarda insonning maʻnaviy kamolga 
yetishida yuksak axloqga ega boʻlishi ilm-fanni egallashi asosidagina amalga 
oshishi mumkin, degan gʻoya ilgari surildi. 
Kurs ishining metodikasi.
- oʻqitishda yodlatish emas, balki tushunish mantiqiy fikrlash, xulosalar 
chiqarish, yoʻliga amal qilish lozimligi.
- oʻqitishda oʻquvchining qiziqishi, intilishini hisobga olinishi va muallim 
oʻz shogirdlariga xushmuomalali boʻlishi.
- oʻqitishda turli usul, metodlarni qoʻllash yaʻni qarab chiqish, 
oʻqilmagan mavzularni oʻqib olish kerakli joylarini qayta oʻqib olish, 
umuman yana oʻqib chiqish va tushunib olish.



- oʻquv qurollarini, kitoblarni eʻtibor bilan avaylab, asrab tutish, 
bu kitoblar insoniyatning boyligi ekanligi. 
Kurs ishining maqsadi.
Kurs ishi mavzusining maqsadi, o'quvchilarning 
ta'lim sifatini oshirishda yordam berish va o'qituvchilarga o'qitish usullari va 
tarbiyaviy ishlarni o'rganishda yordam berishdir.

Download 229.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling