O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti «Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari»
Download 2 Mb.
|
skanerlangan malumotlarni finere (10)
Klip uchun stsenariy yaratish.
Ushbu bo`lim boshida aytib o`tilganidek, klip ham tugma kabi u yoki bu hodisalarga «javob qaytarishi» mumkin. Shuning uchun ko`p hollarda klip uchun stsenariy asosini klipning u yoki bu hodisalarga ta`sirini ifodalovchi qayta ishlovchilar to`plami tashkil qiladi. Klipga stsenariyni bog’lash uchun quyidagilarni bajarish lozim: Siz harakat biriktirmoqchi bo`lgan klipni sichqoncha o`ng tugmasi bilan bosing (Shuni nazarda tutingki, klip tasvirini sichqoncha chap tugmasi bilan ikki marta bosish simvolni tahrirlash muhitiga o`tishni ta`minlaydi). Kontekst menyudan Actions buyrug’ini tanlang. Actions bo`limidan talab qilingan harakatni tanlang va uni stsenariy oynasiga o`tkazing. Parametrlar maydoniga talab qilingan qiymatlarni kiriting (agar ular ushbu harakat uchun mo`ljallangan bo`lsa). Stsenariy oynasida onClipEvent qayta ishlovchi satrini bosing bunda parametrlar maydonida harakatni faollashtiruvchi hodisalar tiplari to`plami paydo bo`ladi (9-rasm). Ro`y berishi bilan kiritilgan ma`lumotlar serverga uzatiladigan hodisa tipini tanlang; tugmadan farqli ravishda klip uchun faqat bitta hodisalar tipi tanlanishi mumkinligiga e`tibor bering; shuningdek hodisalar tipi tarkibi ham tugmalar uchun mo`ljallangan hodisalar tiplaridan farq qiladi: load - klip nusxasi ishchi stolda paydo bo`lishi bilan harakat faollashtiriladi; unload - klip tugagandan so`ng birinchi kadrga o`tish vaqtida harakat faollashtiriladi; enterFrame - har bir keyingi kadrga o`tish vaqtida harakat faollashtiriladi; mouseMove - sichqoncha ko`rsatkichini harakatlantirgan vaqtda harakat faollashtiriladi; mouseDown - sichqoncha chap tugmasini bosganda harakat faollashtiriladi; mouseUp - sichqoncha chap tugmasini quyib yuborganda harakat faollashtiriladi; keyDown - berilgan klavishni klaviaturada bosganda harakat faollashtiriladi; keyUp - berilgan klavisha qo`yib yuborilganda harakat faollashtiriladi; data - ma`lumotlarni serverdan yuklash tugaganda harakat faollashtiriladi. 9-Rasm. Klip uchun ruxsat etilgan xolat ruyxat Klip bilan bog’liq bo`lgan stsenariyga misol sifatida klip ko`rinishida amalga oshirilgan niqobni yaratish jarayonini ko`rib chiqamiz. Bunday niqob «mul’tfil’m» ichida «mul’tfil’m» bo`lganligi uchun juda ham qiziq qo`shimcha vizual effektlar olish imkonini beradi. Faraz qilaylik, yaratiladigan niqob nafaqat niqoblangan qatlam bo`ylab harakatlanadi, balki o`z o`qi atrofida ham aylanadi. Ishni stsenariy yordamida erishilishi kerak bo`lgan oxirgi natijani tushuntirishdan boshlaymiz: «propeller» ko`rinishidagi niqob niqoblangan qatlam bo`ylab harakatlanishi va shu bilan birga, «propeller» 10-rasmda ko`rsatilgandek, aylanishi kerak. 10-Rasm. Sifatda klip qo`llanilishiga misol 11-Rasm. Actions paneli formati setMask xususiyati belgilangandan sung Shunday qilib, berilgan topshiriqni bajarish uchun quyidagi amallarni bajaring: Niqob sifatida ishlatilishi kerak bo`lgan klipni yarating (ko`rib chiqilayotgan misol shartlariga muvofiq, «propeller» markaziy nuqta atrofida aylanishi kerak). Klip nusxasini ishchi stolga, fil’mning birinchi qatlamiga, joylashtiring. Xususiyatlar inspektori yordamida klip nusxasiga nom bering (masalan, mask). Niqob uchun harakat animatsiyasini yarating («propeller» ishchi stol bo`ylab harakatlansin). Fil’mga fon sifatida ishlatilishi kerak bo`lgan qatlamni qo`shing (ya`ni, bulg’usi niqoblangan qatlam). Fonli qatlamga tasvirni joylashtiring va Insert menyusidan Convert to Symbol buyrug’ini tanlab, uni simvol-klipga aylantiring. Xususiyatlar inspektori yordamida klip nusxasiga nom bering (masalan, Fon). mask klipli qatlamni kontekst menyudan Mask buyrug’ini tanlab qatlam-niqobga aylantiring. Qatlam-niqobning birinchi kadrini sichqoncha o`ng tugmasi bilan bosing va kontekst menyudan Action panelini ochish uchun Action buyrug’ini tanlang. Action Toolbox ro`yxatidan Objects bo`limini, undan esa ketma-ketlikda Movie -> MovieClip -> Methods qism-bo`limlarini oching. Methods qism-bo`limidan setMask usulini toping va stsenariy oynasiga nusxalash uchun uni sichqoncha tugmasi bilan ikki marta bosing; usulni o`rnatgandan keyin Action paneli taxminan 11-rasmda ko`rsatilgan ko`rinishga ega bo`ladi. Parametrlarni o`rnatish maydoniga kliplar nusxalari nomlarini kiriting: Object maydoniga-fonli klip nomi (Fon), Parameters maydoniga esa — klip-niqob nomi (mask). Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling