Fan masalalarining dolzarbligi
Sintetik polimerlar sintezi borasida erishilgan sezilarli yutuqlarga qaramasdan, tabiiy polimerlarning xalq xо‘jaligining turli sohalaridagi zaruriyati kelajakda ham saqlanib qolinadi. Qator spetsifik xususiyatlarga ega bilgan tabiiy va sun’iy sellyuloza tolalariga xos amaliy jihatdan chegaralanmagan va qayta tiklanuvchi xom-ashyo zahiralarining hamda yuqori mexanik va gigiyenik xossalarining mavjudligi sellyulozaning ishlatilish zaruriyatini izohlab beradi.
Fanni о‘qitishning maqsadi va vazifalari
Fanni о‘qitishdan maqsad – sellyuloza va boshqa tiabiiy polimerlarning kimyosi va fizik-kimyosi maxsus kursining maqsad va vazifalari yuqori molekulyar birikmalar kimyosi mutaxassisligi bо‘yicha magistratura talabalarining muhimroq tabiiy polimerlarning kimyosi va fizik-kimyosi, ularni о‘simlik va hayvon xom-ashyosidan ajratib olish usullari, qayta ishlash va ishlatilishi bilan tanishtirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |