II. Asosiy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Suzish va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Suzish sportining rivojlanish tarixi.
Suzish va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari vazifalarini tushuntirish, boshqa fanlar bilan aloqadorligi va fanning umumiy mazmuni haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish.
2-mavzu. Suzish sportining rivojlanish tarixi.
Qadimgi Yunonistonda, Qadimgi Rimda suzishni rivojlanishi, Qadimgi markazlashgan Rusda suzishni paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqida nazariy bilimlar.
3-mavzu. O‘zbekistonda suzishni rivojlanishi ( 1918-1941) yillar misolida
Turkistonda ommaviy suzishning dastlabki qadamlari, ikkinchi jahon urishi yillarida O‘zbekistonda suzishning taraqqiy etishi.
4-mavzu. Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya tizimida suzish sportining o‘rni vazifalari
Mustaqillikdang so‘ng suzish bo‘yicha chiqarilgan farmon va qarorlar, halqaro arenalarda suzuvchilarni ishtiroki, suv sportini rivojlantirish chora-tadbirlari haqida
5- mavzu. Suzishning ilmiy-nazariy asoslari. Suvning fizik xossalari.
Suvning qovushqoqligi, solishtirma og‘irligi, suvning zichligi.
Dinamik va statik suzish. Gidrodinamika, gidrostatika haqida umumiy tushunchalar.
6-mavzu. Suzish usullarini rivojlanish tarixiga umumiy tavsifi.
Ko‘krakda kroll, brass, chalqancha kroll, batterflyay usullari xaqida umumiy tushunchalar
7-mavzu. Suzish usullar texnikasini o‘rgatish.
Ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usullari texnikasini o‘rgatish. Suzishda mashq qilish va o‘rgatish asoslari haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish.
Suzishning usullari texnikasini o‘rgatish va o‘zlashtirish bo‘yicha tayyorlov mashqlari haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish. Quriqlikda mashq bajarishni, suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish. Suzishni tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi
Suzish mashg‘ulotini tashkil qilish va o‘tkazish, suzish bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |