Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа'lim vаzirligi fаrgʼonа dаvlаt universiteti tаbiiy fаnlаr fаkulteti biologiyа yoʼnаlishi
-ВОВ. BIOLOGIK FAOL MADDALARNING Са
Download 1.5 Mb.
|
kurs ishi MINGBOYEV FARHODJON 19.58-guruh
3-ВОВ. BIOLOGIK FAOL MADDALARNING Са2+-TRANSPORT SISTEMALARIGA TA'SIRI
Adabiyot manbalaridagi ko'pgina dalillarda ta'kidlanishicha, ko'pgina biologik faol moddalar va pestitsidlar mitoxondriya strukturasi va funksiyasiga u yoki bu darajada ta'sir ko'rsatishi mumkin. Buning natijasida ularning nafas zanjiriga, oksidlanishli fosforlanish sistemalariga, ichki membrananing o'tkazuvchanligiga va ion transport mexanizmlari hamda boshqa jarayonlarga ta'siri o'rganildi. Manbalarda keltirilishicha, ko'p miqdordagi pestitsidlar o'zining biologik yoki zaharli ta'sir ko'rsatishiga qarab, hujayra ichki kalsiy taqsimotini ijobiy yoki salbiy tomonga o'zgartiradi. Sitozolda kalsiy ionlari miqdorining ortishi o'z navbatida hujayradagi fermentlar faolligi oshadi, xususan, fosforilaza, proteaza, fosfolipaza, endonukleaza va boshqalar. Bundan tashqari, kaskad jarayonlarini kuchaytiradi hamda hujayradagi jarayonlaming tezlashuvi ichki stimullarning yanada faollashuvini ta'minlaydi. Bu o'zgarishlar tegishli ravishda hujayraning genetik apparatiga, mikrotrubkachalarning yig'ilishi va tarqalishiga, sekretsiya jarayonlariga va hujayraning boshqa jiddiy buzilishlariga ta'sir ko'rsatadi. Ko'pgina pestitsidlar to'g'ridan-to'g'ri membranalarning kalsiy ionlari uchun o'tkazuvchanligini kuchaytiradi. Etafos pestitsidi ta'sirida mitoxondriyalarga kalsiy transport qilinishlning buzilishi natijasida, mitoxondriyada energizatsiya jarayoni pasayib ketadi hamda elektronlarning ko'chirilishi tormozlanadi. O’rinboyevaning ma'lumotlarida ta'kidlanishicha, protozoy bo'lmagan ximkoksid preparati kalsiy va magniy ionlari bilan gidrofob komplekslar hosil qiladi, ikki valentli kationlarning mitoxondriya membranasi hamda sarkoplazmatik retikulumdan tashllishini kuchaytiradi shu bilan birgalikda turli xildagi ATF aza transporti (nasoslar faoliyatini) faolligini to'xtatadi, xususan, mitoxondrial H+- АТФ azani. Shunga bog'liq holda yana bir protozoy bo'lmagan klassik preparat membranologiya ionofor sifatida keng qo'llaniladi. Ushbu preparat X-537 (latsaloid A) deb nomlanib, ikki valentli kationlar uchun ionofor xususiyatiga ega. Fungitsid avenatsiolidning mitoxondriyaga ta'siri natijasida Ca2+ va Mg2+ ionlarining ma'lum bir qismi mitoxondriyadan chiqarib yuboriladi. Tropik o'simlik mahsuloti bo'lgan rotenoidlar hasharotlar va baliqlarga qarshi zahar sifatida keng foydalaniladi. Rotenon va uning analoglari Burgos va redfirnlarning biologik ta'sir xususiyatlari o'rganilganda, ularning mitoxondriyalardagi elektron tashilishini susaytiruvchi ta'sirga egaligi ma'lum bo'ldi. Piritsidin A insektitsidi ham membranologiyada NAD ga bog'liq substratlarning oksidlanishini rotenon singari ingibirlovchi sifatida qo'llaniladi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling