Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа'lim vаzirligi fаrgʼonа dаvlаt universiteti tаbiiy fаnlаr fаkulteti biologiyа yoʼnаlishi
-rasm. Mitoxondriya ichki membranasining K
Download 1.5 Mb.
|
kurs ishi MINGBOYEV FARHODJON 19.58-guruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3-jadval Kalamush jigari mitoxondriyalari membranasining passiv transportiga omavt va mavrikning tasiri
3.4-rasm. Mitoxondriya ichki membranasining K+,H+,Na+, Ca2+ ва Mg2+ ionlari uchun passiv o'tkazuvchanligiga fozalonning turli konsaitratsiyalarming ta'siri.
3.3-jadvalda omayt va mavrik insektitsidlarining nitrat tuzining izoosmotik va saxarozali eritmalarda energiyalanmagan mitoxondriyalarning bo'kish tezligiga ta'siri keltirilgan. Omayt 15 mkM konsentratsiyada mitoxondriya ichki membranasining H+, K+, Na+, Ca2+, Mg2+ kationlari va saxaroza uchun o’tkazuvchanligini oshiradi. Mavrik ham 15 mkM konsentratsiyada mitoxondriya membranasining o'tkazuvchanligiga ta'sir ko'rsatadi. 3.3-jadval Kalamush jigari mitoxondriyalari membranasining passiv transportiga omavt va mavrikning ta'siri
Jadvalda ko'rinib turganidek, omayt va mavrik konsentratsiyaga bog'liq holda mitoxondriyaning turli kationlar uchun o'tkazuvchanligini quyidagi qatordagi kabi oshiradi. Omayt- Mg2+: Na+: К+: H+: Ca2+: saxaroza = 1,0 : 0,26 : 0,21 : 0,08 : 0,03. Mavrik- Mg2+: Na+: К+ : H+ : Ca2+: saxaroza = 1,0: 0,58 : 0,56 : 0,35 : 0,05. In vivo tajribalarida ikki valentli kationlar uchun fozalon oksidlanishli fosforlanishni ajratib yuborgan va mitoxondriyaning ichki membaralari passiv o'tkazuvchanligini induksiyalagan bo'lsa, keyingi tajribalarimizda energiyalashtirilgan mitoxondriyada Ca2+ transportiga ta'siri o'rganilgan. Mitoxondriyada Са2+ transportining xususiyatlarini o'rganish shuni ko'rsatdiki, 7 sutka davomida oshqozonga fozalon kiritilganda, mitoxondriyaning Ca2+ - hajmi taxminan ikki martaga kamayadi. Bunday intoksikatsiyalanishida SsA-sezgir poraning funksional holati buziladi, deb taxmin qilish murnkin (3.5-rasm). Natijalar shundan dalolat beradiki, jigarning mitoxondriya SsA-sezgir porasining holati, hayvonlar fozalon bilan zaharlanganda buzilar ekan, ya'ni рarа bunday sharoitda ochiq holatga o'tadi. Ma'lumki, megakanalning ochiq konfiguratsiya holatiga o'tishi xujayralarning o'lishi nekroz va apoptozning turli ko'rinishlarining rivojlanishida asosiy rolni o'ynaydi. Shu bois, olingan ma'lumotlar asosida mitoxondriya funksiyalariga fozalonning ta'sir mexanizmlaridan biri mitoxondriya membranalarining SsA- sezgir poralari holatining o'zgarishi natijasida sodir bo'ladi deb taxmin qilish mumkin. Shunday qilib, fozalon insektitsidi hayvonlar organizmiga kiritilganida, mitoxondriyaning nafas olish, oksidlanshli fosforlanish, kationlar uchun ichki membranalarning o'tkazuvchanligi va SsA-sezgir роrа holati kabi funksional holatlarga sezilarli ta'sir etar ekan. Bu tajribada laboratoriya hayvonlarini (kalamushlarni) 7 tadan qilib 4 guruhga bo'lindi. Birinchi guruh nazorat sifatida ishlatildi. Ikkinchi guruhga 7 kun davomida og'iz orqali fozalon insektitsidi 1/20LD50 dozada kiritildi. Uchinchi guruh hayvonlariga xlorid kadmiy 3 mg/kg dozada (har kuni 0,425 mg/kg) kiritilgan. Tajriba o'tkazilayotgan to'rtinchi guruhdagi hayvonlar bir vaqtda fozalon (1/20LD50) va xlorid kadmiy (3mg/kg) bilan 7 kun davomida zaharlangan. Bir sutkadan keyin kalamushlar jigaridan Mitoxondriya ajratilib funksional holati o'rganildi. Tajribalar shuni ko'rsatdiki, hayvonlar fozalon bilan zaharlanganda (2 guruh), Mitoxondriya ning funksional holatining buzilishi kuzatildi, rasmda ko'rinib turganidek, 2 guruh (7 sutka davomida fozalon bilan zaharlanganlar) kalamushlar jigaridan ajratib olingan Mitoxondriyaning bo'kish tezligi nazoratdagilarga nisbatan 50% ga ortiq. Nazorat sifatida 1 guruh kalamushlari jigaridan ajratib olingan Mitoxondriyaning bo'kish tezligi olingan. Shunday qilib kalamushlar fozalon insektitsidi bilan zaharlanganda jigarning Mitoxondriya SsA- sezgir porasining funksional holati buziladi. Xudi shunday natijalar 3 guruh (7 sutka davomida 3mg/kg doza kadmiy bilan zaharlash) kalamushlari jigaridan ajratib olingan рога ning holatini o'rganishda olingan. Bunday sharoitda Mitoxondriya ning bo'kish tezligi nazoratdagilarga nisbatan 65% yuqori bo'lgan, ya'ni poraning ochilishi kuzatiladi (3.3-rasm). Ushbu guruh kalamushlari Jigari Mitoxondriyaning boshqa funksional parametrlarini o'rganish NK va ADF/O koeffitsiyentining kamayishini, turli kationlar uchun Mitoxondriya membranalari passiv utkazuvchanligini ortishini ko'rsatadi. 4 guruh kalamushlari (fozalon va kadmiyning aralash ta'siri) Mitoxondriya funksional holati ham 2 va 3 guruh hayvonlariniki kabi nazoratdagilarnikiga nisbatan buzgan. Bu buzilish SsA-sezgir роrа misolida yaqqol namoyish etilgan. 4 guruh kalamushlari jigaridan olingan Mitoxondriyaning bo'kish tezligi nazoratdagi hayvonlarnikidan taxminan 2,5 marta ortiq. Bu fozalon va kadmiy organizmga aralash ta'sir etganda SsA-sezgir poraga sinergetik ta'sir ko'rsatishidan darak beradi. in vitro tajribalarida SsA- sezgir роrа holatiga ikkita ksenobiotiklarning aralash ta'sirini o'rganishda bunday sinergizm kuzatilmagan. Bunda nazoratdagi Mitoxondriyaning bo'kish tezligi 61% ga, fozalon konsentratsiyasi 25mkM bo'lganda bu qiymat 67% ga teng bo'lgan. 25mkM fozalon va lOmkM kadmiy SsA-sezgir роrа faolligiga birga ta'sir etganda, Mitoxondriyaning bo'kish tezligi 70% ga teng bo'lgan, ya'ni fozalon ta'sir etgan darajada qolgan. Adabiyotlarda keltirilgan ma'lumotlar tahlili xlorid kadmiyning 5-50mkM konsentratsiyasi atsetaldegid (5mM) bilan birga V79 xujayralarga sinergetik ta'sir etishini ko'rsatadi. Bunda POL indutsiyalangan, malon dialdegid miqdori ko'paygan, Mitoxondriya ning membranalik salohiyati ortgan va ikkita agenming sinergetik ta'siri glitsirrizin ishtirokida kamaygan. Yana shuni ta'kidlash joizki, glitsirrizin kislotasi Mitoxondriya SsA-sezgir рога faolligini ingibirlaydi va endogen POLni kamaytiradi. Biz olgan natijalar shundan dalolat beradiki, fozalon bilan zaharlangan hayvonlar jigarining Mitoxondriya SsA-sezgir роrа holati buziladi, ya'ni роrа bunday sharoitda ochiqroq holatga o'tadi. Ma'lumki megakanalning ochiq holatiga o'tishi hujayra o'lishining turli ko'rinishlari nekroz va apoptozning rivojlanishida asosiy rol o'ynaydi. Shu munosabat bilan olingan natijalar asosida fozalonning Mitoxondriya funksiyasiga ta'sir etish mexanizmlaridan biri Mitoxondriya membaranalarining SsA-sezgir роrа holatining o'zgarishi, deb taxmin qilish mumkin. Shunday qilib biz tadbiq etgan fozalon insektitsidi hayvon organizmiga kiritilganda nafas olish, OF, kationlar uchun kichik membarnalarning o’tkazuvchanligi va SsA-sezgir рога holatining funksional parametriga samarali ta'sir etadi (3.6-rasm). Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling