Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа'lim vаzirligi fаrgʼonа dаvlаt universiteti tаbiiy fаnlаr fаkulteti biologiyа yoʼnаlishi


-rasm. In vivo tajribalarida kadmiy va fozalonning TsA sezgir роrа xolatiga sinergetik ta'siri


Download 1.5 Mb.
bet17/18
Sana07.10.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1694925
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
kurs ishi MINGBOYEV FARHODJON 19.58-guruh

3.6-rasm. In vivo tajribalarida kadmiy va fozalonning TsA sezgir роrа xolatiga sinergetik ta'siri.
(IM: 105 mM KCl, 20 mM saxaroza, 10 mM tris-HCI, 2,5 mM KH2PO4 1 mM EGTA, 5 mM glutamat, 1 mM malat, pH 7,4. Konsentratsiya Ca2+ 4 mkM).


3.2. Stomp va sanolen pestitsidlarining mitoxondriyaning funksional parametrlariga ta'siri
Fozalon stomp va sanolen pestitsidlarining kalamush jigarining Mitoxondriya porasi xolatiga ta'siri esa qo'yidagicha. Fozalon 25 mkM konsentratsiyada SsA-sezgir poraning ochilishini indutsirlaydi. Xuddi shunday sharoitda stomp va sanolen 25 mkM konsentratsiyada poraning ochilishini ingibirlaydi. Fozalon konsentratsiyasi 50mkM gacha oshirilganda Mitoxondriyaning bo'kish tezligini ortishi, ya'ni poraning ochilishi kuzatildi. Xuddi shu konsentarsiyada stomp va sanolen Mitoxondriya ning bo'kish tezligini ingibirlaydi, ya'ni bunday sharoitda SsA-sezgir рога yopiq holatga o'tadi. Ehtimol aynan stomp va sanolenning SsA-sezgir рога nl ingiblrlash qobiliyati tufayli Mitoxondriya ning holati muvozanatlashadi. Ksenobiotiklar ta'sirida SsA-sezgir рога holatining o'zgarishi, ochiqroq holatga o'tishi, yoki aksincha yopiqroq holatga o'tishi, xujayra metabolizmi uchun salbiy oqibatlarga ega bo'ladi va ular toksik ta'sirining amalgaoshishidamuhim rol o'ynaydi, deb taxmin etish mumkin (3.7-rasm).



3.7-rasm. Energiyalangan mitoxondriya SsA - sezgir рога faolligiga fozalon, stomp va sanolen pestitsidlarini ta'siri
(IM: 125 mM KCI; 2,5 mM KH2P04; ImM EGTA; 5 mM glutamat; 1 mM malat; 10 mM trisHCI, pH 7,45; konsentratsrya Ca2+ 4 mkM; mitoxondriyaning bukish tezligi ∆E540/min x 100 ifodalangan).
3.1. Mitoxondriyadagi Ca2+-transport sistemalariga o'simlik preparatlarining
ta'siri
O'simliklardan ajratib olingan ko'pgina biologik faol birikmalarning ta'sir mexanizmi asosida ularning membranalar bilan o'zaro ta'sirlashuvi hamda ferment sistemalariga ta'siri yotadi. Bugungi kunda membranologiya, bioenergetika va biofizika sohalarida olib borilayotgan tadqiqotlar asosida ko'pgina biologik faol birikmalarning ta'sir mexanizmlari aniqlangan. Xususan, ferutinin terpenoidining kalsiy uchun ionofor xususiyatga ega ekanligi adabiyotlarda e'lon qilingan.
Mengliyev ham xuddi shunday yo'nalishda salsolidinning ionoforlik xususiyatlari o'rgangan.
Hozirda O'zR FA O'slmlik moddalari kimyosi institutining bir qator olimlari tomonldan turli xil o'simliklardan bir qator, di- va triterpenoidlar, alkaloidlar, glikozidlar kabi biologik struturalarga faol ta'sir ko'rsatuvchi moddalar sintezlanmoqda.
3.4-jadvaldan ko'rinib turibdiki, salsolin, palmitinil salsolin, salsolidin, geptanoil salsolidinlar oldin akkumurlangan Ca2+ ning chiqish tezligini oshiradi. Ma'lumki, mitoxondriyadan Ca2+ ning chiqish tezligining ortishi, mitoxondriya membranasi potensialining tushib ketishi yoki elektroneytral 2H+/Ca2+- almashinuvining faollanishi natijasida sodir bo'ladi. Mitoxondriya membransi potensialining tushib ketishi mitoxondriya ichki membranasining H+ va boshqa ionlar uchun passiv transportining ortishi natijasida yuz beradi. Shu munosabat bilan yuqoridagi preparatlarning mitoxondriya ichki membranasining passiv transportiga ta'sir mexanizmlari o'rganilgan.
Salsolin kichik konsentratsiyalarda (50-100 mkM) ichki membrana o'tkazuvchanligiga ta'sir ko'rsatmadi, ammo yuqori konsentratsiyada (200 mkM) H+, K+ va Ca2+ uchun o'tkazuvchanlikni bir muncha oshiradi. Palmitinil salsololin ham quyi konsentratsiyalarda ichki membrana o'tkazuvchanligiga ta'sir ko'rsatmadi, uning konsentratsiyasi 200 mkM ga oshirilganda, K+ va Ca2+ ning transportini taxminan 2 martaga oshirishi aniqlangan. Salsolidin mitoxondriya membranasining kalsiy uchun o'tkazuvchanligini taxminan 4 marta, geptanoil salsolidin esa 3 martaga oshirgan. Buning natijasida mitoxondriya membranasining boshqa ionlar uchun o'tkazuvchanligi o'zgarmagan. Bu ma'lumotlar shundan dalolat berib turibdiki, Salsolidin va geptanoil salsolidinlar kalsiy uchun ionoforlik xususiyatiga ega. Ushbu moddalar ichida eng faol ta'sirga ega bo'lgani bu - salsolidindir. Membranaga faol ta'sir qilishiga ko'ra, ushbu moddalarning qatori tuzilganda, ular quyidagi tartibda Joylashadi: salsolidin, geptanoil salsolidin, palmitinil salsololin, salsolin.
Enant kislotasi ham membranaga faol ta'sir ko'rsatadi, Jumladan, mitoxondriyadan kalsiyning chiqib ketishini chaqiradi va deenergilangan mitoxondriyalar H+, K+ va Ca2+ uchun o'tkazuvchanligini oshiradi (3.4-jadval).


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling