O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/29
Sana16.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#579
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29

Taraqqiyotning  o’zbek  modeli  –  jamiyatning  tadrijiy  rivojlanish  kontseptsiyasi  sifatida.  Ijtimoiy 
rivojlanishning  o’zbek  modeli  insoniyatning  rivojlanish  borasidagi  ilg’or  tajribasiga,  milliy  davlatchilik 
tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi.  
Ijtimoiy  rivojlanish  borasida  xalqlar  odatda  ikki  yo’ldan  —  inqilobiy  va  tadrijiy  yo’ldan  borgan.  Insoniyat 
tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o’zgarishlar yo’li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning 
tadrijiy  (evalyutsion)  taraqqiyoti  barqaror  —  tabiiy  rivojlanish  yo’li  ekanini  ko’rsatdi.  O’zbekiston  Prezidenti 

Islom  Karimov  ijtimoiy  taraqqiyotning  tadrijiy  yo’li  mohiyatini  shunday  izohlaydi:  «Soxta  inqilobiy 
sakrashlarsiz,  evalyutsion  yo’l  bilan  normal,  madaniyatli  taraqqiyotga  o’tish  tanlab  olingan  yo’lning  asosiy 
mazmuni  va  mohiyatidir.  Bozor  iqtisodi  sari  buyuk  sakrashlar,  inqilobiy  o’zgarishlar  yo’li  bilan  emas,  balki 
sobitqadamlik va izchilik bilan  — bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom 
etishi  hal  qilishi  lozim  bo’lgan  muammolar  doirasiga,  tashqi  omillar  qanchalik  qulay  bo’lishiga,  aholining 
mehnat faoliyatiga bog’liqdir»
18
.  
O’zbek modelning asosiy tamoyillari quydagilardir:  
- iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;  
- davlatning bosh islohotchi ekanligi;  
- qonun ustuvorligi;  
- kuchli ijtimoiy himoyalash;  
- bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan o’tish.  
O’zbek  modelining  o’ziga  xos  xususiyatlari  davlatchilik  asoslarining,  milliy  qadriyatlarning  qayta  tiklanishi, 
o’zlikni  anglash,  umuminsoniy  qadriyatlarning  ustuvorligi,  milliy  mentalitetimizga  xos  xususiyatlarining 
tiklanishi  va  rivojlanishi,  demokratik  qadriyatlarning  rivojlantirilishi  va  inson  huquqlarining  kafolatlanishi  va 
boshqalarda o’z ifodasini topmoqda.  
O’zbek  modelining  hayotiyligi  jahon  jamoatchiligi  tamonidan  e’tirof  qilindi.  O’zbekiston  tajribasi  qator 
mamlakatlar  uchun  namuna  bo’lib  xizmat  qilmoqda  va  uni  o’rganishga  bo’lgan  qiziqish  ortib  bormoqda. 
O’zbekona  taraqqiyot  yo’li  ma’naviy  hayot  va  iqtisodiy  rivojlanishi  bir-biri  bilan  uzviy  bog’liqlikda  amalga 
oshirishda,  ma’naviyat,  ma’rifat,  madaniyatga  bo’lgan  e’tiborning  kuchayishida  yaqqol  ko’zga  tashlanadi. 
Ma’naviy  salohiyatning  kuchayishi,  inson  intelektual  va  axloqiy  qobiliyatlarining  rivojlanishi  iqtisodiy 
rivojlanish  uchun  puxta  zamin  yaratadi.  Kishilarda  yangicha  iqtisodiy  tafakkur,  tadbirkorlik  qobiliyatlarini 
rivojlantirishda zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya asoslarini egallash muhim ahamiyat kasb etadi.  
Jamiyat va oila. Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog’liq. Oilada jamiyatning tub mohiyati o’z 
aksini topadi. Shu ma’noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a’zosi oila bag’rida  voyaga 
etadi,  ijtimoiy  munosabatlarni  o’zlashtiradi  va  insoniy  fazilatlarni  namoyon  etadi.  Barkamol  insonni 
shakllantirish,  uni  hayotga,  mehnatga  tayyorlash  oilaning  muqaddas  vazifasidir.  Oilani  mustahkamlash  jamiyat 
barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi.  
Jamiyatdagi  ma’naviy-axloqiy  muhitning  sog’lomligi  ko’p  jihatdan  oilaviy  madaniyatga  bog’liq.  Oila  qanday 
bo’lsa, jamiyat ham shunday bo’ladi. Oilada er va xotining mavqei, oilaviy munosabatlar xarakteri turli xalqlarda 
turlichadir.  Mamlakatimizda  milliy  mustaqillik  yillarida  ma’naviyat  sohasida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar, 
avvalo, oila qadriyatlarini,  eng ilg’or an’analarni tiklashga  qaratilgandir. Ona  va  ayol  muqaddasligi o’zbekona 
qadriyatdir.  Hadisi  sharifda  ona  va  ayolning  muqaddasligi  to’g’risidagi  g’oyalar  oilaviy  munosabatlarni 
takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.  
Ulug’  mutafakkirlar  jamiyatning  madaniy  darajasi  ayolning  jamiyat  va  oiladagi  ahvoli,  mavqei  bilan 
belgilanishini  alohida  ta’kidlaganlar.  Sog’lom,  barkamol  avlod  tarbiyasi  ko’p  jihatdan  ayolning  ma’naviy 
salohiyati,  bilimi,  uddaburonligi  va  erkinligiga  bog’liqdir.  Mamlakatimizda  keyingi  yillarda  amalga 
oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi mavqei va rolini kuchaytirishga qaratilgandir.  
Oila  muammolarini ilmiy asosda o’rganilganligi va  ularni  oqilona hal etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan 
respublika  «Oila»  ilmiy-amaliy  markazining  tashkil  etilganligi  ham  davlatimizning  oilaviy  munosabatlarini 
takomillashtirishga alohida e’tibor berayotganidan dalolat beradi.  
Mustaqillik  yillarida  o’zbek  tiliga  davlat  tili  maqomining  berilishi,  tilimiz  xususiyatlariga  mos  bo’lgan  yangi 
alifboga  o’tish  uning  mavqeini  oshirish  va  yanada  rivojlantirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Bu  esa,  o’z 
navbatida, ijtimoiy rivojlanishga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.  
Davlatning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati. Davlat – jamiyatni boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy 
barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma’naviy 
taraqqiyotining muhim yutug’idir.  

Jamiyat  ma’naviy  salohiyatining  yuksalib  borishi  bilan  siyosiy  boshqarish  shakllari  va  usullari  ham 
takomillashib  boradi.O’zgargan  tarixiy  sharoitda  davlatning  mohiyati,  mazmuni  va  vazifalariga  yangicha 
yondashish  zarurati  vujudga  keladi.  Mustaqillik  yillarida  milliy  davlatchilik  an’analarining  tiklanishi  bilan 
davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi.  
Prezident  I.A.  Karimov  tomonidan  ishlab  chiqilgan  taraqqiyotning  o’zbek  modeli  kontseptsiyasining  amalga 
oshirilishida davlat hal qiluvchi o’rin tutadi. Mamlakatimizning siyosiy, huquqiy hayotida amalga oshirilayotgan 
tub  islohotlar  siyosiy  boshqaruvni  yanada  takomillashtirishga,  yurtimizda  huquqiy  demokratik  jamiyat  barpo 
etishga, kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o’tishga qaratilgandir.  
Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko’rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat 
va  nodavlat  tashkilotlariga  ajratish  mumkin.  Ularga  siyosiy  partiyalar,  siyosiy  harakatlar,  kasaba  uyushmalari, 
yoshlar  uyushmalari,  turli  jamg’armalar,  xotin-qizlar  tashkilotlari,  faxriylar  uyushmasi,  mahalla  qo’mitalari  va 
boshqalar  kiradi.  Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  barcha  islohotlar  inson  salohiyatini  yanada 
yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgandir.  
Fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish  —  O’zbekiston  taraqqiyotining  bosh  maqsadi.  Fuqarolik  jamiyati 
kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik jamiyat taraqqiyotining 
yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin  uyushmalarning  ko’pqirrali aloqasi bo’lib, davlat qonunlarini  hurmat 
qilib  bajaruvchi  jamiyat  tarkibiga  kiruvchi  elementlarning  nisbiy  mustaqilligiga  asoslanuvchi,  turli  ziddiyat  va 
ixtiloflarni  qonun  doirasida  o’zaro  kelishuv,  sabr-toqat  va  muzokaralar  orqali  hal  etishga  asoslanuvchi 
jamiyatdir.  
Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o’ziga xos turmush tarzi va hayot 
falsafasi negizida qaror topadi. O’zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yurtimizda  fuqarolik 
jamiyati asoslarini barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.  
Fuqarolik  jamiyatida  davlatning  qator  vazifalari  fuqarolarning  o’z-o’zini  boshqarish  organlari  qo’liga  o’ta 
boshlaydi,  mahalliy  hokimiyat  organlarining  vakolati  kengayadi.  Fuqarolik  jamiyati  asoslarini  barpo  etish 
kishilarning  yuksak  siyosiy  va  huquqiy  madaniyati,  ijtimoiy-siyosiy  faolligiga  tayanadi.  Mamlakatimizda 
mahalla  hokimiyat  organlarining  tashkil  etilishi,  ular  vakolatining  kuchaytirilishi  xalqimizning  o’z-o’zini 
boshqarish,  idora  etish  madaniyatini  shakllantirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Mahalla  kishilarda  yaxshi 
insoniy  fazilatlarini  kamol  toptirish,  o’z-o’zini  boshqarish,  demokratik  qadriyatlarni  ro’yobga  chiqarish 
maktabidir.  
Yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab etadi. O’z navbatida, 
ma’naviy  etuk  avlod  jamiyat  taraqqiyotiga  salmoqli  hissa  qo’shadi.  Shunday  etuk  kishilarni  tarbiyalashda 
jamiyat to’g’risidagi falsafiy bilim va qarashlarni o’zlashtirish va hayotga tatbiq etish alohida ahamiyatga egadir.  
Tayanch tushunchalar  
Jamiyat,  ijtimoiy  munosabat,  ijtimoiy  uyushma,  davlat,  tsivilizatsiya,  taraqqiyot,  milliy  davlatchilik, 
taraqqiyotning o’zbek modeli, jamiyat tarkibi, fuqarolik jamiyati, oila.  
Takrorlash uchun savollar  
1. Jamiyat deganda nimani tushunasiz?  
2. Jamiyatga xos belgilarni sanang.  
3. Jamiyatning kelib chiqishi to’g’risidagi qanday nazariyalarni bilasiz?  
4. Fuqarolik jamiyati nima?  
5. Jamiyatning rivojlanishida ma’naviyat qanday o’rin tutadi?  
7. Jamiyatning tadrijiy rivojlanishi deganda nimani tushunasiz?  
ADABIYoTLAR  
1. Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T., «O’zbekiston», 1992.  
2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda T., «O’zbekiston», 1999.  

3. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning  mustahkam irodasiga ishonaman.  –  «Fidokor»  gazetasi, 2000 yil, 8 
iyun.  
4. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O’zbekiston, 2000  
5. Falsafa kursining ayrim masalalari (T. Sharipov tahriri ostida). — «Farg’ona», 1994.  
6. Falsafa. — T., «Sharq», 1999.  

19 
Эркаев А. Маънавият – миллат нишони. - Т.: Маънавият, 1999. 12-бет.  
20 
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т. «Ўзбекистон», 1-том, 1996. 80-бет. 
 
3-mavzu. Ma’naviyat falsafasi. Jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti  
Reja:  
1. Ma’naviyat-ijtimoiy hodisa.  
2. Ma’naviyatda milliylik va umuminsoniylik.  
3. Ma’naviyatda axloq va e’tiqod birligi.  
4. Ma’naviyat va ijtimoiy taraqqiyot.  
Ma’naviyat  tushunchasi.  Ma’naviyat  o’zbek  tilida  ko’p  ishlatiladigan,  shu  bilan  birga,  eng  kam  o’rganilgan 
tushunchalardan  biridir.  Xuddi  shunday  fikrni  boshqa  olimlar  ham  bayon  qiladi:  «Ma’naviyat  atamasi  rasmiy 
hujjatlarda,  ilmiy  adabiyotlarda,  matbuotda  ko’p  qo’llanilishiga  qaramasdan,  ilmiy  tushuncha  sifatida  alohida 
tahlil etilmagan va ta’riflanmagan»
19
. Kundalik turmushda ko’p qo’llanadigan bu tushunchaning ilmiy jihatdan 
deyarli  o’rganilmagani  g’alati  tuyuladi.  Lekin  bunday  holatning  ildizlari  turli  davrlarda  unga  bo’lgan 
munosabatda ko’rinadi. Bu munosabat esa, sobiq Ittifoq davrida, asosan, uni inkor qilish va unga past nazar bilan 
qarashda edi.  
Fanda,  xususan,  falsafada  bu  tushunchaning  kam  o’rganilgani,  avvalo,  shunda  namoyon  bo’ladiki,  juda  ko’p 
falsafiy  tizimlarda  unga  mutlaqo  e’tibor  berilmagan,  ularning  asosiy  tushunchalari  —  kategoriyalar  silsilasida 
unga o’rin ajratilmagan. Bunday holning sababi esa ijtimoiy taraqqiyotda ma’naviyatning o’rnini ilg’ay bilmaslik 
yoki uni inkor qilishda edi. Marksizm falsafasi bu tushunchaning ijtimoiy taraqqiyotdagi o’rniga e’tibor bermas 
edi. Shuning uchun Marks falsafasidagi kategoriyalar tizimida unga o’rin ajratilmagan. Sho’rolar davrida falsafa 
bo’yicha  bosilib  chiqqan  risola  va  maqolalarda,  darslik  va  o’quv  qo’llanmalarida,  hattoki  falsafiy  atamalar 
lug’atlarida ham bu tushuncha tilga olinmagan.  
O’zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  mamlakatning  taraqqiyot  rejalari  tuzilar  ekan,  rivojlanishning  faqat 
iqtisodiy jihatlariga emas, ma’naviyat masalasiga ham alohida e’tibor berildi. Bu e’tibor faqat nazariya sohasida 
emas,  amaliyotda  ham  namoyon  bo’ldi.  «Xalqning  ma’naviy  ruhini  mustahkamlash  va  rivojlantirish,  —  deb 
yozgan  edi  Prezident  Islom  Karimov,  —  O’zbekistonda  davlat  va  jamiyatning  eng  muhim  vazifasidir»
20

Mamlakatimizda ma’naviyat masalalari bo’yicha o’quv rejalari va dasturlar tuzildi, o’rta va oliy o’quv yurtlarida 
ma’naviyat  fani  kiritildi.  Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat  markazi  tuzilib,  barcha  viloyat,  shahar  va 
tumanlarda uning bo’limlari ochildi. 1999 yilda Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi tuzildi.  
Bu  sohada  respublikamizda  qator  tadbirlar  amalga  oshirilgani  va  oshirilayotganini  qayd  etish  bilan  birga,  bu 
tushunchani  falsafiy  tahlil  qilish  bo’yicha  harakatlar  juda  sekin  amalga  oshayotganini  ta’kidlash  joiz.  Mavzu 
bo’yicha e’lon qilingan bir necha maqola, risola va uch-to’rtta kitoblar hisobga olinmasa, tadqiqotlar olib borish 
endi  boshlanayapti.  Bunday  vaziyatning  sabablarini  esa,  bizning  nazarimizda,  totalitar  tuzum  qoliplaridan, 
asoratlaridan  hanuzgacha  qutula  olmayotganimizdan  izlash  kerak.  Biz  ham  o’zimizda  shakllanib  qolgan 
munosabatni keskin o’zgartira olmayapmiz.  
Boshqa fanlarda bo’lgani kabi, falsafada ham hodisalarni o’rganish, ko’pincha ularni ifodalaydigan so’zlarning 
kelib  chiqishini  aniqlashdan  boshlanadi.  «Ma’naviyat»  so’zining  negizida  arabcha  «ma’ni»  so’zi  yotadi. 
«Ma’naviy» so’zi ma’niga aloqadorlikni bildirsa, «ma’naviyat» «ma’naviy» so’zining ko’plikdagi shaklidir.  
«Ma’naviyat»  atamasining  negizida  ma’no  so’zi  yotar  ekan,  uning  mazmuni,  ko’lami,  tarkibini  aniqlab  olish 
ma’naviyat  atamasini  to’laroq  anglashga  yordam  beradi.  Ma’no  mohiyatning  ifodalanish  shaklidir.  Shu  bilan 
birga,  ma’noning  ham  o’z  ifodalanish  shakli  bor.  Bu  shakl  so’z  va  ibora,  tildir.  Ma’no,  bir  tomondan, 
mohiyatning shakli bo’lsa, ikkinchi tomondan, uning o’zi so’z va jumla uchun mazmundir. «Chun g’araz so’zdin 
erur ma’ni anga», deb yozganida Navoiy xuddi shuni nazarda tutgan edi.  
Ayni  bir  mohiyatga  turlicha  ma’no  berilishi  faqat  fan  emas,  adabiyot  va  san’at  uchun  ham  xosdir.  Ko’pgina 
adabiyot  va  san’at  asarlari  odamlar,  tanqidchilar,  mutaxassislar  tomonidan  turlicha  talqin  qilinadi.  Agar  fanda 
mutaxassislar  mohiyatning  ko’p  ma’noliligidan  bir  ma’nolilikka  qarab  harakat  qilsalar,  san’atda  bir  shakl 
yordamida ko’pgina ma’nolarni berish san’atkorning mahoratidan dalolat beradi.  
«Ma’naviyat» atamasining kelib chiqishiga, uning mohiyati bilan munosabatlariga biroz aniqlik kiritib oldik, deb 
hisoblasak,  navbatdagi  vazifa  unga  yaqin  bo’lgan  yana  bir  qator  tushuncha  va  hodisalar  bilan  umumiy 
xususiyatlari va tafovutlarini aniqlashdir.  
21 
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т. «Ўзбекистон», 1-том, 1996. 72-бет. 
 
«Ma’naviyat» so’zi qanchalik purma’no ekani, uning ko’p qirraliligi to’g’risida Islom Karimov shunday yozadi: 
«Er,  oila,  ota-ona,  bolalar,  qarindosh-urug’lar,  qo’ni-qo’shnilar,  xalq,  vijdon,  mustaqil  davlatimizga  sadoqat, 
insonlarga hurmat, ishonch, xotira, erkinlik – ma’naviyatning ana shunday ma’nosi keng»
21
.  
Falsafiy tizimlar va adabiyotlarda keng qo’llaniladigan tushunchalar ichida «ma’naviyat»ga eng yaqin turadigani 
«ong» tushunchasidir. Ular o’rtasidagi munosabatlar shunday yaqinki, ma’naviyatsiz ong yoki ongsiz ma’naviyat 
bo’lishi  to’g’risida  gap  ham  yuritib  bo’lmaydi.  Lekin,  bundan  «ma’naviyat»  va  «ong»  aynan  bir  tushuncha, 
degan xulosa chiqmaydi.  
Ma’naviyat  va  ong  o’rtasidagi  munosabatlarni  o’rganish  ong  tarkibiga  kiruvchi  bir  qator  hodisalar  bilan 
ma’naviyat  munosabatini  alohida-alohida  tahlil  qilishga  zarurat  qoldirmaydi.  Shuning  uchun  ong 
tushunchasining ko’lamini va mazmunini aniqlab olish zarur.  
Ijtimoiy  ongning  turli  shakllari,  nomidan  ham  ko’rinib  turganidek,  shakl  vazifasini  bajarsa,  ularning  mazmuni 
ma’naviyatni tashkil qiladi. Bizningcha, ba’zi izohlar bilan, ong shakl va  ma’naviyatning mazmuni, deb qabul 

qilish mumkin. Shu bilan birga, ma’naviyat ham o’z tarkibidagi hodisalarga  nisbatan shakl vazifasini bajarishi 
mumkin.  
Ong bilan  ma’naviyat  o’rtasidagi  munosabatlarni shakl va  mazmunga  qiyosan aniqlash  ma’naviyat  mohiyatini 
o’rganishdagi  dastlabki  qadam,  xolos.  Navbatdagi  vazifa  esa,  mazmunga  qiyoslanayotgan  ma’naviyatning 
tarkibini aniqlashdir. Bu masalaning muhimligi shundaki, ma’naviyatning ijtimoiy hayotdagi o’rni va ahamiyati 
ko’p jihatdan uning tarkibiga bog’liq. Shunisi ham borki, ma’naviyat tarkibi, shu tarkibdagi hodisalar salmog’i 
turli xalqlar, turli millatlar ma’naviyatida turlicha bo’lishi mumkin.  
Xuddi  shuning  uchun  ham  turli  xalq  va  millatlar  o’z  milliy  ma’naviyatiga  ega  ekani,  aytiladi.  Milliy 
xususiyatlarni o’rganishni milliy ma’naviyatning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishdan boshlashning sabablari 
ham, bizningcha, xuddi shundadir. Keltirilgan jumlada ma’naviyatning funktsiyalaridan tashqari uning tarkibiga 
kiruvchi  unsurlardan  asosiylari  ham  sanab  o’tilgan.  Ular  iymon-iroda  va  vijdon  kabilardir.  Iymon  to’g’risida 
shuni aytish lozimki, u musulmon Sharqi falsafasiga xos tushuncha bo’lib, uning boshqa tillardagi ekvivalentini 
topish  ancha  mushkul.  Bu  so’z  keng  ma’noli  bo’lib,  u  o’z  ichiga  e’tiqod,  ishonch,  poklik  singari  axloqiy 
jihatlardan tashqari, iroda va sadoqat singari ruhiy sifatlarni ham qamrab oladi.  
Ma’naviyat  tarkibi  rang-barang  va  juda  boy.  Bu  tarkibiy  qismlarning  barchasini  tahlil  qilish  uchun  juda 
ko’p  vaqt  va  kuch  talab  qilinadi.  Bundan  tashqari,  ma’naviyat  tarkibiga  kiruvchi  ong,  tafakkur,  san’at,  axloq, 
adabiyot,  din,  e’tiqod  kabi  ko’plab  tushunchalar  falsafa,  ruhshunoslik,  etika,  san’atshunoslik,  estetika, 
adabiyotshunoslik kabi fanlarda tahlil qilingan.  
Shu bilan birga ma’naviyatning tarkibiy qismlarini alohida-alohida tahlil qilish bu murakkab hodisa to’g’risida 
to’la tasavvur bera olmaydi. Chunki har qanday butunlik alohida-alohida qismlarning mexanik jamlanmasi emas, 
balki u ularning o’zaro ta’sirga kirishi natijasida vujudga keladi. Ma’naviyat ham o’z tarkibiga kiruvchi ko’plab 
unsurlarning o’zaro ta’sirga kirishi oqibatida shakllanadi.  
Ma’naviyat tarkibidagi muhim bir qatlam bilimlardir. Ma’naviyat bilimlar negizida shakllanadi. Ma’no so’zning 
mag’zi  bo’lgani  kabi  ilmning  mag’zi  bilimdir.  Insonda  yoki  jamiyatda  bilim  qancha  ko’p  bo’lsa,  ma’naviy 
yuksalish uchun shunchalik mustahkam poydevor yaratilgan bo’ladi. Ammo poydevor o’rnatish uyning bitganini 
bildirmaganday, bilimlar  miqdori ham o’z-o’zidan  yuksak ma’naviyatni bildirmaydi.  Bilim  —  ma’naviyatning 
asosi, xolos.  
Bilimlarning  ma’naviyatga  ta’siri  shundaki,  ular  ma’naviyatni  yuksaltirishga  xizmat  qilish  bilan  birga, 
ma’naviyatga qarshi qaratilishi, ma’naviyatga putur etkazishi ham mumkin. Masalan, insoniyatga juda katta ofat 
keltirgan  fashistlar  orasida  ham  juda  bilimli,  fanlarni  yaxshi  egallaganlari  talaygina  edi.  Lekin  ular  o’z 
bilimlaridan  insonlar  va  ularning  ma’naviyatini,  hayotini  yuksaklikka  ko’tarish  uchun  emas,  ularni  erga  urib 
chilparchin  qilish  yo’lida  foydalandilar.  Ularni  bilimdon  odam,  deyish  mumkin,  lekin  ma’naviyatli  insonlar 
deyish  mumkin  emas.  Aytish  mumkinki,  ilm  va  bilim  insoniy  qadriyatlar  va  insoniy  axloq  bilan 
uyg’unlashgandagina, yuksak ma’naviyatga asos bo’ladi.  
Yoshlarga  bilim  berganda,  ta’lim  jarayonini  tarbiya  bilan  uyg’un  olib  borish  yuksak  ma’naviyatni 
shakllantirishdagi  bosh  yo’nalishdir.  Ma’naviyat  tarkibidagi  muhim  tarkibiy  qismlardan  biri  axloqdir.  U  tom 
ma’noda inson bilimlarini, aql-zakovatini, kuch-quvvatini, butun faoliyatini yo’naltiruvchi kuchdir. Aslida axloq 
faqat  xulqni  emas,  tafakkurni,  aqlni  va  faoliyatni  tartibga  solibgina  qolmay,  muayyan  tomonga,  maqsadga 
yo’naltirib  ham  turadi.  Kishining  xulqi,  faoliyati  ma’lum  axloqiy  me’yorlardan  chetga  chiqsa  yoki  ulardan 
quyiroq bo’lsa, bunday shaxs ma’naviyatsiz shaxs hisoblanadi.  
Kishi  xulqini  faqat  axloq  emas,  urf-odatlar,  rasm-rusumlar,  an’analar  kabi  hodisalar  ham  boshqaradi.  Ular  esa 
axloq  tarkibiga  kirmaydilar.  Bu  hodisalar  axloq  tarkibiga  kirmasa  ham,  ma’naviyat  tarkibida  sezilarli  o’rin 
tutadi.  
Urf-odat,  rasm-rusm,  an’ana  va  marosimlarning  ma’naviyat  bilan  o’zaro  ta’siri  shundaki,  oqilona 
jamiyatning taraqqiyot darajasiga mos keladigan an’ana va marosimlar ma’naviyatni boyitishga, rivojlantirishga 
xizmat qiladi.  

Masalan, ilm-fanga, hunar o’rganishga intilish, kattalarga hurmat  singari  ko’plab an’analar ma’naviyat rivojiga 
xizmat  qiladi.  Ayni  paytda,  ortiqcha  isrofgarchiliklar,  dabdaba  bilan  o’tkaziladigan  marosimlar  millat 
ma’naviyatiga putur etkazish bilan birga iqtisodga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.  
Bir  paytlar  xalqning  iqtisodiy  va  ma’naviy  darajasiga  mos  bo’lgan  marosimlarning  ba’zilari  vaqt  o’tishi, 
iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyot tufayli shu xalq rivojiga to’siq bo’lib qolishi mumkin.  
Ma’naviyat tarkibidagi muhim hodisalardan biri e’tiqoddir. E’tiqod muayyan g’oyaga, ta’limotga bo’lgan qat’iy 
ishonchni anglatadi. Demak, e’tiqod bo’lishi uchun avvalo, o’sha g’oya, ta’limotning o’zi bo’lishi lozim. G’oya 
va  ta’limotlarda  odamlarning,  ijtimoiy  guruhlarning  manfaatlari  aks  etadi.  Lekin  g’oya  va  ta’limotlarning 
vujudga kelishi uchun manfaatlarning mavjudligi kifoya emas.  
Milliy  yoki  ijtimoiy  g’oya  vujudga  kelishi  uchun  odamlar  o’sha  mavjud  manfaatlarni  anglashlari  ham  kerak. 
Manfaatlarni  anglash  darajasi  ham  turlicha  bo’lishi  mumkin.  Odamlar  va  ijtimoiy  guruhlar  o’z  manfaatlarini 
chuqur  anglab  etgach,  bu  manfaatlarni  ro’yobga  chiqarish  yo’llari  to’g’risida  ham  puxta  tasavvur  hosil 
qilganlaridan keyingina, milliy yoki ijtimoiy g’oyani yaratish imkoni tug’iladi.  
Ijtimoiy  guruhlar  mavjud  manfaatlarni to’la  anglamagan va  ularni ro’yobga  chiqarish  yo’llari to’g’risida  etarli 
bilimga  ega  bo’lmagan  sharoitda  ijtimoiy  g’oya  yaratilsa,  u  ko’pchilikning  ongiga  chuqur  kirib  bormaydi. 
Manfaatlarni anglash, ularni ro’yobga chiqarish yo’llari va usullari haqida etarli bilimlar asosida vujudga kelgan 
ijtimoiy  g’oya  shu  ijtimoiy  guruhning  har  bir  a’zosi  ongiga  qanchalik  chuqur  singib  borsa,  shunchalik 
mustahkam e’tiqod paydo bo’ladi.  E’tiqodga  tayanmagan  va  e’tiqodga  aylanmagan  g’oya  quruq safsata  bo’lib 
qoladi.  
E’tiqod  alohida  bir  fikr  yoki  xulosaga  nisbatan  emas,  balki  odatda,  fikrlar  va  xulosalar  tizimi  negizida  paydo 
bo’lgan  g’oya  yoki  ta’limotga  nisbatan  shakllanadi.  Siyosiy,  diniy,  axloqiy  e’tiqodlar  xuddi  shu  yo’sinda 
maydonga keladi. E’tiqod ma’naviyat ustunlaridan biridir. E’tiqodsiz ma’naviyat yuksaklikka ko’tarila olmaydi. 
Uni yuksaklikka qat’iy ishonch, mustahkam e’tiqodgina eltishi mumkin.  
E’tiqod  muayyan  g’oya  va  mafkuraga  oddiy,  jo’n  ishonish  emas,  balki  u  qat’iy,  kuchli  ishonch  natijasida 
shakllanadi.  Kuchli  ishonch  kuchli  his-tuyg’ular  ta’sirida  voyaga  etadi.  Insondagi  eng  kuchli  va  yuksak 
tuyg’ulardan biri esa muhabbatdir. Elga, diyorga, xalqqa muhabbat shuning uchun ham e’tiqod tarkibidagi eng 
muhim qismlardan hisoblanadi.  
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling