O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/74
Sana04.11.2021
Hajmi0.92 Mb.
#170690
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

terminlar  ro`yxatida  formulalarda  nisbatan  kup  uchraydigan  xarfli  belgilar, 

simvollar eksplikatsiyasi berilishi (tushuntirilishi) shart. 

Terminlar  va  belgilar  butun  ish  davomida  bir  xilda  bulishi  shart.  Agar 

muallif yangi termin kiritsa, ilk ko`llanishdayok u bo`yicha tushuntirish berishi 

kerak. Kurs ishi davomida xar bir parametrning o`lcham birligi xamma vaqt bir 

xil bo`lishi zarur. 



4 - BO`LIM. KURS ISHINI BAJARISH TARTIBI. 

Kurs ishini bajarish 6 pog`onadan iborat bo`ladi: 


 

 

15 



  mavzuni tanlash; 

  adabiyotlarni to`plash va o`rganish; 

  ishni rejasini tuzish; 

  statistik ma’lumotlarni yig`ish va tahlili qilish; 

  kurs ishini yozish; 

  kurs ishini himoya qilish. 



Kurs  ishining  mavzusini  talaba  kafedra  tomonidan  tavsiya  etilayotgan 

mavzulardan  mustaqil  ravishda  tanlashi  mumkin  (11  -  bo`lim).  Ayrim  holarda 

talaba  kafedra  ro`yxatiga  kiritilmagan  mavzuni  taklif  etish  xuquqiga  xam  ega 

bo`lishi mumkin.  

Talaba  kurs  ishi  mavzusini  tanlaganda  quyidagi  maqsadlarni  o`z  oldiga 

qo`yishi  kerak.  Tahlil  qilinayotgan  mavzusini  katta  qiziqish  bilan  o`rganishi,   

o`zining bilim darajasini kengaytirishi va uni kelajakda mamlakatimiz iqtisodiy 

rivojlanishini  ta’minlashi  uchun  amaliyotga  tadbiq  qila  olish  imkoniga  ega 

bo`lishi  muhim  hisoblanadi.  Ayniqsa,  talaba  mavzusini  o`z  mutaxassisiligi 

yo`nalishiga  qarab  tanlasa,  bu  ishning  muvaffaqiyatli  bajarilishi  va  ijobiy 

baholanishida alohida ahamiyatga ega bo`ladi. 

Talabalar kurs ishi mavzusini tanlagandan so`ng, mavzuga tegishli bo`lgan 



adabiyotlar  ro`yxatini  tuzib  chiqishi,  ilmiy  maqolalarni  va  turli  xil  manbalarni 

qidirib topib o`rganishlari kerak. 

Kurs  ishini  bajarishda  mazkur  qo`llanmada  ko`rsatilgan  adabiyotlar  bilan 

cheklanmasdan  (12-bo`lim),  ayrim  masalalarni  batafsil  bayon  qilish  imkonini 

beradigan  qo`shimcha  adabiyotlardan  ham  faydalansa  maqsadga  muvofiq 

bo`ladi.  Talaba  kurs  ishi  uchun  qo`shimcha  adabiyotlarni  institutimiz  axborot 

resurs markazidan va boshqa axborot resurs markazlaridan olishi mumkin. 

Shuningdek,  talaba  kurs  ishi  mavzusiga  tegishli  bo`lgan  rus  tili  va  boshqa 

xorijiy  tillardagi  adabiyot  hamda  materiallardan    mustaqil  ravishda    keng 

foydalanishlari lozim. 




 

 

16 



 To`plangan  ma’lumotlardan  kelib  chiqqan  holda  talabalar  kurs  ishi 

mavzusini to`liq yoritib berishga qaratilgan kurs ishi rejasini tuzishlari kerak va 

shu reja asosida kurs ishining mohiyatini yoritishlari zarur.  

Kurs  ishi  rejasini  o`qituvchidan  maslahat  olib  tuzish  maqsadga  muvofiq. 

Reja  –  kirish  qismidan,  mavzuning  iqtisodiy  mazmuni  va  mohiyatini  ochib 

beruvchi  2-3  ta  savollardan  va  xulosa  qismidan  iborat  bo`ladi.  Kurs  ishi  rejasi 

tuzilgandan so`ng uni bajarish muddatini aniq belgilash kerak.  

 Shuningdek,  foydalanilgan  adabiyotlarning  va  statistik  ma’lumotlarning 

yangiligi e’tiborga olinishi zarur.  

Ma’lumotlardan foydalanishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: 

  uchragan  hamma  ma’lumotlar  va  raqamlarni  ko`chirib  olmasdan, 

ko`rib  chiqilayotgan  mavzuga  bevosita    tegishli  eng  muhim 

ma’lumot va raqamlardan foydalanish; 

  O`zbekiston o`z mustaqilligiga ega bo`lgan davridan boshlab qanday 

yutuqlarga erishganini aniq ma’lumotlar asosida ko`rsatish; 

  ma’lumotlarga  asoslanib  tuzilgan  jadval,  grafik  va  diogrammalar 

hamda  nazariy  jihatdan  tahlil  etilayotgan  fikrlarning  amaliyotda 

naqadar ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatib berish. 

 


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling