O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi
10 1-BO`LIM.“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANINI O`RGANISHDA KURS ISHINING AHAMIYATI. Oliy toifali mutaxassislarni tayyorlashda kurs ishining ahamiyati quyidagilardan iborat: bakalavriat talabalarini iqtisodiy adabiyotlardan foydalanib mustaqil ijodiy ish olib borishga jalb qilish, tanlangan muammoga tegishli bo`lgan asosiy holatlarni izlab topish, aniq ma’lumotlarni yig`ish, ishlash va tahlil qilish, jadvallar va diagrammalar tuzish va ular asosida to`g`ri xulosalar chiqarish: nazariy muammolarni tahlil qilishda o`z fikrini iqtisodiy asoslangan holda mantiqiy aniq bayon etish, iqtisodiyot nazariyasini amaliyot bilan bog`lashda ijodiy yondashishni o`rgatish. bir vaqtning o`zida kompg’yuter savodxonligini mukammallashtirib borish. Kurs ishi talabalarni ushbu soxada ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borishda boshlang`ich tajribalarni egallashga o`rgatadi. Shuningdek, kurs ishi iqtisodiyot nazariyasidagi tanlangan mavzu bo`yicha dolzarb muammolarini talaba tomonidan mustaqil o`rganganligini yakunidir. Kurs ishini bajarishda talaba nafaqat olingan nazariy bilimlardan balki, barcha iqtisodiy darajadagi iqtisodiy xolatlarni xarakterlovchi aniq ma’lumotlardan foydalanishni bilishi kerak. Kurs ishi o`quv reja asosida bajariladi. Kurs ishini himoya qilishda olingan reyting ball talabaning reyting daftarchasiga kiritiladi.
Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling