O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farg`ona 2013 3 UDK: 330(07)
«IQTISODIYOT NAZARIYASI» fanidan kurs ishlarini bajarish bo`yicha USLUBIY QO`LLANMA Institutning uslubiy kengashida tasdiqlangan bayon № ___ "____"_______2013 y.
3 UDK: 330(07) Kurpayanidi K.I, Muminova E.A. Oliy ta’limning bakalavriat 5230100 «Iqtisodiyot», 5230200 «Menejment», 5111017 «KT (Iqtisodiyot)» va 5230900 «Buxgalteriya xisobi va audit» yo`nalishidagi talabalari uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan kurs ishlarini bajarish bo`yicha uslubiy qo`llanma. Farg`ona: Texnika, 2013,95 b.
Ushbu qo`llanmada ta’lim standartlari va o`quv rejalariga muvoffiq kurs ishlarini mazmuniga qo’yiladigan asosiy talablar va uni yozish bo’yicha tavsiyalar, kurs ishlarini rasmiylashtirish hamda himoya qilish buyicha ko`rsatmalar keltirilgan. Uslubiy qo`llanma Oliy ta’limning bakalavriat 5230100 «Iqtisodiyot», 5230200 «Menejment» va 5230900 «Buxgalteriya xisobi va audit» yo`nalishidagi talabalari uchun mo`ljallangan.
Tuzuvchilar: i.f.n., dotsent Kurpayanidi K.I. i.f.n. Muminova E.A.
Taqrizchilar: i.f.n., dotsent Usmanov A.A.(FarPI) i.f.n., dotsent Ashurov M.S.(FarPI) i.f.n., dotsent Urinov A. (FarDU)
Uslubiy qo`llanma “Iqtisodiyot” kafedrasida ko`rib chiqilgan. «__» ______ 2013 y. Institutning uslubiy kengashida tasdiqlangan bayon № _____ "____"_______2013 y.
© Farg’ona: Texnika, 2013
4 MUNDARIJA KIRISH
1-BO`LIM.“Iqtisodiyot nazariyasi” fanini o`rganishda kurs ishining ahamiyati. 2 - BO`LIM. Kurs ishining tarkibi 3 - BO`LIM. Kurs ishiga qo`yiladigan asosiy talablar. 4 - BO`LIM. Kurs ishini bajarish tartibi. 5 - BO`LIM. Kurs ishinig tarkibiy qismlari: 5.1 Titul varoq 5.2 Kurs ishiga topshiriq. 5.3 Mundarija 5.4 Kirish 5.5 Asosiy qism 5.6 Xulosa 5.7 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 5.8 Ilovalar 6- BO`LIM. Kurs ishini rasmiylashtirish bo`yicha talablar. 6.1 Kurs ishi tarkibining ketma-ketligi. 6.2 Bo`lim va bo`linmalarni sahifalash 6.3 Illyustratsiya (surat)larni rasmiylashtirish 6.4 Jadvallarni rasmiylashtirish 6.5 Formula va tengliklar 6.6 Xavolalar 6.7 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatini rasmiylashtirish 6.8 Ilovalarni rasmiylashtirish 7- BO`LIM. Kurs ishiga taqriz berish va uni himoyaga tayyorlash 8- BO`LIM. Ma’ruzani tayorlashda ko`rsatmalar 9- BO`LIM. Prezintatsiya materiallarin qo`llash bo`yicha tavsiyalar 10 - BO`LIM. Kurs ishini baholash 11 - BO`LIM. Kurs ishlarining namunaviy mavzulari 12 - BO`LIM. Kurs ishini bajarish uchun hisob-kitob topshiriqlari
5 1. Iqtisodiy samaradorlik. 2. Aktsiyadorlik jamiyati. 3. Ijara. 4. Tarmoqlararo erkin raqobat. 5. Kapital aylanishi. 6. Sanoat, savdo bank daromadi. 7. Yer rentasi. 8. Yer narhi. 9. Inflyatsiya. 10. Fiscal siyosat. 11. Ishsizlik. 12. Yalpi talab va multiplikator harakati. 13. Yalpi talab va yalpi taklif. 14. Milliy schotlar. 15. Byudjet taqchilligi. 16. Soliqqa tortish tizimi. 17. Pul bozori. 18. Talab va talklif elastikligi. 19. Talab va talklif qonunlari. 20. Iqtisodiyotni boshqarishda zamonaviy monopoliyaga qarshi kurash. KURS ISHLARINI BAJARSH UCHUN ADABIYOTLAR RO`YXATI
6 KIRISH Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan oqilona va izchil iqtisodiy siyosat orqali katta muvaffaqiyat va natijalarga erishilmoqda. Jumladan, o’tgan davr mobaynida milliy xo’jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo’lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub o’zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolari ongida milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi shakllantirildi. Jamiyatda ro’y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo’lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo’lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g’oyalarini shakllantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Uslubiy qo`llanma Oliy ta’limning bakalavriat 5230100 «Iqtisodiyot», 5230200 «Menejment», 5111017 «KT (Iqtisodiyot)» va 5230900 «Buxgalteriya xisobi va audit» yo`nalishidagi talabalari uchun mo`ljallangan. Bakalavr tayyorlash darajasiga qo`yiladigan talablardan kelib chiqqan holda iqtisodiyot nazariyasi kursi iqtisodiy bilimlarni quyidagi jixatlarni ko`rib chiqadi: Tovar pul munosabatlari -bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal kilishining asosidir Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal kilishi. Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati Raqobat va monopoliya
7 Narxning mohiyati va shakllanish xususiyati Tadbirkorlik faoliyati Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o`lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari Xalqaro iqtisodiy integratsiya va O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi Iqtisodiy fikrlash Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo`llash, iqtisodiy qonunlarni, ilmiy tushunchalarni (kategoriyalarni), iqtisodiy muammolar bo`yicha yechimlar qabul qilishga ko`maklashish
Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling