Ts 00203068-30:2015 Код ТН ВЭД 2833 21 0000
Texnikaviy magniy sulfat - tarkibida 9% gacha magniy bo’lgan o’g’itdir. Suvda eriydi, yopishib qolmaydi, yaxshi sochiladi. Magniy o’simliklarni tuproqdan fosforni olishini va o’simliklar tomonidan uning o’zlashtirilishini yaxshilaydi. Tuproqda magniyning yetishmasligi, barglarni marmar tusga kirishini va o’simliklarda xlorozni keltirib chiqaradi. Bunday hollarda magniy o’g’itini qo’llash zarur.
Fosfomochevina
Ts 00203068-28:2015 Код ТН ВЭД 3105 59 0000
Fosfomochevina - azotli o’g’it karbamid va fosforli o’g’it - ammofosni mexanik aralashtirish yo’li bilan hosil bo’ladigan aralashtirilgan o’g’itdir. Nordon va nordon bo’lmagan tuproqlar uchun karbamidni fosforli o’g’itlar bilan birga qo’shilgan holda qo’llash ayniqsa samarali hisoblanadi.
Sulfomochevina
Ts 00203068-37:2015 Код ТН ВЭД 3102 29 0000
Sulfomochevina qishloq xo’jaligi uchun o’g’it sifatida mo’ljallangan, karbamid va ammoniy sulfat - mineral o’g’itlarning ikki turini birga qo’shish bilan olinadigan mahsulotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |