O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti
Download 320.57 Kb.
|
KIMYO MUSTAQIL ISH
Platina guruhi metallari
Ruteniy (Ru), rodiy (Rh), palladiy (Pd), osmiy (Os), iridiy (Ir) va platina (Pt) metallaridan iborat guruh "Platina metallari" deb yuritiladi. Ularning hammasi, kimyoviy elementlar davriy jadvalining VIII b-guruhchasiga mansub bo‘lib, birinchi uchlik, ya'ni, Ru-Rh-Pd beshinchi davrda, ikkinchi uchlik, ya'ni, Os-Ir-Pt esa oltinchi davrda joylashgan. Tabiatda ushbu metallar asosan sof holda uchraydi. Ba'zan esa, ularni ayrim ruda va minerallar tarkibida qo‘shimcha (yo‘ldosh) holida ham uchratish mumkin. Ushbu metallarning sof holdagi yirik yombilari ham topilgan. Ulardan eng yirik yombining vazni 10 kg atrofida bo‘lgan. Avvalo, ko‘rinishi chiroyliligi sababli, qolaversa, turli kimyoviy va fizik ta'sirlarga chidamliligi tufayli, ushbu metallar oltin va kumush qatorida, asl metallar nomini ham olgan. Chunonchi, bu metallarning barchasida suyuqlanish harorati ancha yuqori bo‘lib, qolaversa, ular turli kimyoviy reagentlarga nisbatan ham chidamlidir. – Pallada sharafida qo‘yilgan. Platina oilasining so‘nggi vakilini 1844-yilda rus kimyogari Klaus kashf qilgan bo‘lib, uning nomi Rossiya mamlakatining lotinchadagi atalishidan olingan. o‘z davrida platina metallari bo‘yicha eng yirik mutaxassis ham aynan Klaus bo‘lgan va u ushbu metallar kimyosini o‘rganish borasida o‘z ilmiy maktabini shakllantirgan olim sanaladi. Platina metallarining xossalarini aniqlashda, ularning jadvaldagi gorizontal va vertikal yo‘nalishdagi qo‘shnilarini o‘zaro solishtirilsa, muhim xulosalar kelib chiqadi. Masalan, gorizontal qo‘shnilarda elementlarning kimyoviy faolligi chapdan o‘ngga ortib boradi. Shunga ko‘ra, palladiy va platina reaksiyaga juda yaxshi kirishadi. Vertikal qo‘shni elementlarning o‘zaro o‘xshashligi esa, ushbu elementlarning gorizontal qo‘shnilari bilan o‘xshashligidan kuchliroq bo‘ladi. Masalan, ruteniy bilan osmiyning o‘zaro o‘xshashligi, rodiy bilan ruteniy, yoki, osmiy bilan iridiyning o‘xshashligidan ko‘ra kuchliroq va yaqqolroq namoyon bo‘ladi. platina metallarining barchasiga xos eng ajoyib xususiyatlardan biri esa, ularning hammasining turli kislotalarga nisbatan o‘ta chidamliligidadir. Ushbu oilaga tegishli metallar ichida faqat palladiygina, qaynab turgan nitrat kislotada asta-sekin eriydi. hosil qiladigan elementlar sanaladi. Platina metallarining kompleks birikmalarini olish va o‘rganish amaliyoti, koordinatsion birikmalar kimyosini barpo qilishda muhim o‘rin tutadi deb qaralmoqda. Agar platina metallari bilan temir uchligi (temir, kobalt va nikel) taqqoslansa, Fe, Co va Ni bir-biridan keskin farq qilishiga qaramay, umumiy jihatlarga ham egaligi ko‘zga tashlanadi. Umuman olganda kimyogarlar, III b-guruhcha elementlarining marganets, texnetsiy, reniy va mis, kumush, oltin guruhchasi elementlari o‘rtasidagi o‘zgaruvchan valentli elementlar deb ham hisoblaydilar. Platina metallari asl metallar bo‘lishiga qaramay, texnikada va sanoatda keng qo‘llaniladi. Masalan, azot kislotasi ishlab chiqarish jarayonida platinadan katalizator sifatida foydalaniladi. Shuningdek, bu oila elementlaridan kimyo laboratoriyalari uchun asboblar va idishlar yasaladi.
Download 320.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling