O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi farg‘ona


Download 41.42 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi41.42 Kb.
#1128065
Bog'liq
Do‘stmamatov Muxriddin fizika


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA
PALITEXNIKA INISTITUTI ENERGETIKA
FAKULTETI ENERGIYA TEJAMKORLIGI VA
ENERGETIKAGOAUDIT YO‘NALISHI FIZIKA
FANIDAN 41-21-GURUH TALABASI
Do‘stmamatov Muxriddinning
MUSTAQIL ISHI
Mavzu;Suyuqlikni xajm kengayish koefitsentini
aniqlash.
Suyuqlikning issiqlikdan hajmiy kengayish koeffitsientini
tajribada aniqlash. Jismlarning issiqlikdan kengayish
koeffissientini o‘lchashga mo‘ljallangan asboblar
dilatometrlar deyiladi . Dilatometriyada ishlatiladigan
eng oddiy metodlardan biri quyidagidan iborat.
O‘rganilayotgan suyuqlikni termometrik naychasi
bo‘lgan idishga shunday satxda solinadiki , bunda
suyuqlik naychaning ham bir qismini to‘ldirsin
suyuqlikning temperaturasini orttirilsa , u
holda suyuqlikning sathi issiqlikdan
kengayish tufayli һ balandlikka ko‘tariladi.
t termometr bilan temperaturaning
o‘zgarishini o‘lchab va suyuqlikning
boshlang’ich hajmi Vo ni bilgan holda
hajmiy kengayish koeffitsientini quyidagi
formulaga muvofiq hisoblash mumkin
bu erda S - naychaning kesim yuzi.
Suyuqlikning boshlang’ich hajmi Vo , uning M
massasi va p zichligi orqali oson aniqlanishi
mumkin:
Naychaning kesim yuzi xam naychaning
uzunlikdagi ma’lum qismini to’ldirib turgan aniq
ma’lum zichlikli suyuqlik massasidan
aniqlanishi mumkin:
Bayon qilingan metod unchalik aniq emas, buning birinchi
sababi shuki, bunda suyuqlik turgan idish hajmining o‘zgarishi
nazarga olinmaydi. Shuning uchun bu metoddan
foydalanganda tegishli tuzatma kiritish kerak. Hajmiy kengayish
koeffissientini aniqlashning benuqson bo‘lgan va birinchi marta Dyu long va Pti tomonidan tavsiya qilingan hamda Reno mukammalashtirgan boshqa - klassik metodi ham bor . Bu
metod tutash idishlarning ikki ustunidagi suyuqliklarning temperaturasi turlicha bo‘lganida bu ustundagi suyuqliklarning
muvozanatidan foydalanishga asoslangan. Bunday holda
ustunlarning balandliklari ulardagi suyuqliklarning zichliklarga teskari proporsional bo’ladi.
O’rganilayotgan suyuqlik rasmda ko‘rsatilgan
shakldagi A naychaga to‘ldiriladi. Sathlarning farqini
hisoblash oson bo’lishi uchun naychalarning ochiq
uchlari yonma - yon qilib ishlangan . Naychaning
ikkala vertikal tirsaklari B1 va B2 termostatlarga
joylashtiriladi, bu termostatlar ichidan berilgan
temperaturali suv haydab turiladigan idishlardan
iborat . Bu suv haydaladigan idish - « ko’ylaklar
yordamida naychaning har ikki tirsagidagi suyuqlik
temperaturasining kerakli farqi hosil qilinadi
Shu temperaturalar farqi tufayli ulardagi
suyuqlarning zichliklari ham turlicha bo‘ladi.
Naychaning uchlarini ham ularni sovuqroq tirsak
temperasida tutib turuvchi B3 termostatga
joylashtiriladi.
Bizning rasmda o‘ng tirsakninng ( B2 ) chap
tirsakdan ko’ra sovuqroq ekani sathlar farqidan
ko‘rinib turibdi. Osonlik uchun har ikki tirsakning
balandliklari birday , ya’ni H1=H2=H deb olamiz
Suyuqlik ustunining bosimi suyuqlik zichligini erkin
tushish tezlanishi g va ustun balandligiga
ko‘paytirilganiga teng ekanini nazarga olib, biz
vertikal tirsaklardagi bosimlar farqi H (p2-p1) q ga
teng deb yozishimiz mumkin , bu yerda p1 va p2 -
o‘ng ( sovuq ) va chap ( issiq ) tirsaklardagi
suyuqliklar zichliklari. Bu bosimlar farqi h1 – h2 ,
sathlar farqi bilan muvozanatlashadi , buning
natijasida (h1 – h2) qp2 bosimlar farqi vujudga
keladi. Binobarin, shunday tenglikni yozish mumkin:
H (p2-p1) = (h1 – h2) p2 ( 95.10 )
Biror t temperaturada suyuqlikning hajmi shu suyuqlikning biror
boshqa t0 temperaturadagi hajmi bilan ma’lum munosabat orqali
bog‘langan:
Vt = V0( 1 + a∆t ) ,
bu yerda ∆t = t - to va a - issiqlikdan kengayish koeffitsienti . Biz
ko‘rayotgan hol uchun bu formula quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
yoki = 1 + a∆t ,
bunda t1 va t2 - chap va o‘ng tirsaklar temperaturalari, ∆t= t1 - t2
Har ikkala tirsaklardagi suyuqliklar zichliklarining nisbati hajmlar
nisbatiga teskari proporsional
Shunday qilib , a ni aniqlash uchun satxlar farqi h1 – h2 ustunlar
balandligi H va temperaturalar farqi t ni mukammal o‘lchash kerak
ekan . O‘lchash vaqtida xar ikkala tirsakning balandligi bir xil bo’lishiga
e’tibor berish kerak. Eksperimental qurilmalarda odatda H1 va H2
balandliklarning qiymatini sozlashga imkon beradigan maxsus qurilma
bo‘ladi. Biroq , nayning vertikal qismlarining balandliklari teng
bo‘lmagan hollarda ham o‘lchashlar olib borish mumkin. Bunday holda
a ning formulasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Suyuqlik ustunining bosimi ustunning balandligi va suyuqlikning
zichligiga bog’liq bo‘lib, uning diametriga bog‘liq bo‘lmagani sababli
naycha materialining issiqlikdan kengayishiga tegishli tuzatmani
kiritmasa ham bo‘ladi.
E'tiboringiz uchun rahmat
Download 41.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling