O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg`ona davlat universiteti
Stereografik proeksiya. Riman sferasi
Download 334.03 Kb.
|
Ofarinova Z
Stereografik proeksiya. Riman sferasi.
Kompleks sonni sferadagi nuqta bilan ham tasvirlash mumkin. Buning uchun u,h,V Dekart ortogonal koordinatalarga ega bo`lgan E3 Evklid fazosida markazi nuqtada, radiusi ga teng ushbu sferani qaraymiz. Ravshanki, bu sfera Оz o`qni O(0,0,0) hamda P(0,0,1) nuqtalarda kesadi. Ta`rif. Sferaning P(0,0,1) nuqtasini qutb deb ataladi. V= 0 tekislikni z kompleks tekislik sifatida qabul qilamiz, bunda Ou (h = 0, V = 0) hamda Оh (x = 0, V = 0) koordinata o`qlari mos ravishda kompleks tekislikdagi y = 0 haqiqiy hamda x = 0 mavhum o`qlar bilan ustma-ust tushsin. P(0,0,1) nuqtadan S sferani P nuqtadan farqli M (u,h,V) nuqtada kesuvchi nur o`tkazamiz. Bu PM nur kompleks tekislikni biror z = x + iy nuqtada kesib o`tsin. Ta`rif. M nuqta z kompleks sonning P qutbli S sferadagi stereografik tasviri (proeksiyasi) deyiladi. Keltirilgan qoidaga ko`ra kompleks tekislikdagi har bir nuqtaga (kompleks songa) S \ { P} sferada bitta nuqta mos keladi va aksincha. Demak, stereografik proeksiya kompleks tekislikdagi barcha nuqtalar to`plami C bilan S \ { P} sferaning nuqtalari to`plami o`rtasida o`zaro bir qiymatli moslik o`rnatar ekan. Shuni ta`kidlash lozimki, kompleks tekislikdagi z nuqta koordinata boshidan uzoqlashgan sari M (u,h,V) nuqta P qutbga yaqinlasha boradi. Agar kompleks tekislikni shartli ravishda z = ¥ kompleks songa mos keluvchi cheksiz uzoqlashgan nuqta bilan to`ldirsak va unga S sferadagi P nuqtani mos qo`ysak, u holda = С È { z = ¥ } to`plam S sfera nuqtalaridan iborat to`plam bilan o`zaro bir qiymatli moslikda bo`ladi: S ~ Bu moslik kompleks tekislikning stereografik proeksiyasi deyiladi. Ta`rif. C to`plam kengaytirilgan kompleks tekislik , S sirt esa Riman sferasi deyiladi. Riman sferasidagi M (u,h,V) nuqta koordinatalari bilan kompleks tekislikdagi unga mos z nuqta koordinatalari orasidagi bog’lanishni topish uchun quyidagi teoremani isbotlaymiz. Teorema. Stereografik proeksiyada kompleks tekislikning z = x + iy nuqtasiga formula bilan berilgan S sferaning quyidagi koordinatalarga ega bo`lgan M (u,h,V) nuqtasi mos qo`yiladi. Isboti. Ravshanki, P(0,0,1), M (u,h,V) va z(x, y,0) nuqtalar orqali o`tuvchi to`g’ri chiziq tenglamasi quyidagicha bo`ladi. Bundan Endi formula va sferaning tenglamasidan foydalanib V ni topamiz: Oxirgi tenglikni ga qo`ysak, larni hosil qilamiz. va lardan quyidagi stereografik proeksiya formulalariga ega bo`lamiz: Demak, sferadagi M nuqtaning koordinatalari lar ma`lum bo`lganda tekislikdagi z nuqtaning koordinatalari x va y lar formulalar yordamida topiladi. Endi, kompleks tekislikda z1 = x1 + iy1, z2 = x2 + iy2 nuqtalarni olaylik. Bu nuqtalarga mos keluvchi sferadagi nuqtalar, ya`ni stereografik proeksiyalari M1 (u1 ,h1 ,V1 ), M 2 (u2 ,h2 ,V2 ) bo`lsin. Ta`rif. Ushbu miqdor z1 va z2 nuqtalar orasidagi masofa (Evklid masofasi) deyiladi. Ta`rif. M1 (u1 ,h1 ,V1 ) va M 2 (u2 ,h2 ,V2 ) nuqtalar orasidagi masofa z1 va z2 nuqtalar orasidagi sferik masofa deb ataladi va u r(z1 ,z2 ) kabi belgilanadi. Xossa. Stereografik proeksiya natijasida tekislikdagi har qanday aylananing aksi sferaga aylana bo`lib tushadi va aksincha. Download 334.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling