O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`ona politexnika instituti
Bank tizimi va uning operatsiyalari
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
Zufarova Munisaxon
2. Bank tizimi va uning operatsiyalari.
Agar mamlakatda yetarli darajada bank aoliyatini ko'rsatayotgan banklar, kredit tashkilotlari hamda iqtisodiy tashkilotlar mavjud bo’lsa u holda bank tizimi mavjudligi to'g'risida gap yuritsa bo'ladi. Ushbu sharoitda banklar va kredit tashkilotlari turli shakllarida hamda doimo o'z mijozlari –iqtisodiy subyektlari, Markaziy bank, boshqa organalar, davlat hokimiyatlari va davlat boshqaruv organlari o'zaro yordamchi tashkilotlar bilan muloqotda bo'lib mamlakatning iqtisodiy tizimiga kiradi. Bu shuni bildiradiki, banklarning faoliyati va rivojanishini moddiy va nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, muomala va iste'mol qilish bilan bog'liq holda ko'rib chiqish zarurdir. O'zining amaliy faoliyatida banklar xo'jalik hayotini tartibga soish mexanizmi bilan uzviy ravishda bog'liq. Shu bilan birga banklar soliq tizimi, baho tizimi, baho va daromad siyosati, tashqi faoliyat iqtisodiy faoliyat shartlari bilan uzviy aloqada bo’lishlari shartdir. Bu shundan darak beradiki, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar ko'p hollarda bank tizimi faoliyatiga boshqa ijtimoiy- xo'jalik mexanizmi bilan aloqadorligi dagi harakatiga bog'liqdir. Bank tiizmi- bu mamlakat hududida tarixan shakllangan va qonun bilan mustahkamlangan kredit tashkilotlarining faoliyat ko'rsatish shaklidir. Xuddi pul va moliya tizimi kabi bank tizmi ham o’ziga xos milliy belgilarga egadir. Shu belgilar shu hududning geografik shartlari ob-havo aholi milliy tuzilishi, ularni nima bilan mashg’ulligi, qo'shnilar bilan munosabati, savdo yo'llari va omillar asosida shakllanadi. Bank tizimi yagona ma'noga ega emas. Uning turli tamoyillarini ko'rish, turli holatlariga qaarab guruhlash mumkin. Masalan, ularni tashkiliy tuzilishiga ko'ra indstitutsional chizma ko'rinishida ko'rib chiqish mumkin. Bundan tashqari, bank tizimini bajaradiagn funksiyalari, o'zaro aloqadorliig, mavqei, maxsus yo’nalishi, bajaradigan funksiyalari va ularni tahlil etilishiga qarab guruuhlash mumkin. 19
O'zbekiston respublikasi banklar faoliyati, jumladan ularning qimmatli qog'ozlar bozoridagi faoliyati O'zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan ''Banklar va bank faoliyati to'g'risida''gi hamda 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan ''O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to'g'risida''gi Qonunlariga asosan tashkil etiladi va tartibga solinadi. Amaldagi qonunchilikka ko'ra bank–bu tijorat tashkiloti bo'lib, yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni qabul qilish, olingan mablag'lardan o'z qaltisligi va xatari ostida kreditlash va yoki investitsiyalash, shuningdek to'lovlarni amalga oshirish uchun foydalanadigan yuridik shaxsdir. Dunyoning ko'plab rivojlangan davlatlaridagi kabi, bizning davlatimizda ham ikki pog'onali bank tizimi shakllantirilgan va u faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka asosan, ya'ni 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan '' O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida''gi va 1995-yil 25- aprelda qabul qilingan ''Banklar va bank faoliyati to'g'risida '' gi qonunlariga asosan mamakatimiz hududida tijorat banklari turli mulkchilik shaklida, ya'ni, davlat, aksiyadorlik-tijorat, xususiy hamda xorijiy sarmoya ishtirokida tashkil etilishi mumkin. Tijorat bankining belgilariga qarab quyidagi turlarga bo'lish mumkin. Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga, aksiyador banklarga, kooperativ, xususiy, mintaqaviy, aralash mulkchilikka asoslangan bankka bo’linadi. Aksiyador banklar aksiyador jamiyat kabi ochiq turdagi yoki ypiq turdagi aksiyador banklar bo'lishi mumkin. Aksiyadorlar safiga kirish aksiyalarni sotib olish yo'li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aksiyalarini sotib olishi va aksiyadorlar bo'lishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi tijorat banklari Markaziy bankdan litsenziyani olgandan so'nggina davlat qimmatli qog'ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirilishi mumkin. Ba'zi tijorat banklari paylar ( badallar ) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jismoniy shaxslar bo'lishi mumkin.
20
Xususiy banklar–jismoniy shaxslarning pul mablag'lari hisobidan tashkil qilingan banklar hisoblanadi. Bajaradigan vazifasiga qarab tijorat banklar–universal va maxsus banklarga bo'linadi. Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega bo'ladi. Maxsus banklar ma'lum yo'nalishlarga xizmat ko'rsatib, o'z faoliyatini shu yo'nalishda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga bag'ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko'rsatuvchi banklar, eksprt-import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya bankalri, ipteka-zamin banklari kiritilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi tijorat banklari Markaziy bankdan litsenziyani olgandan so'nggina davlat qimmatli qog'ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Ularga qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar qilish uchun, to'lov xarajatlari funksiyasini bajaruvchi qog'ozlar uchun yoki bu mablag'larini jamg'armalarga va bank raqamlariga jalb qilishlarini tasdiqlovchi qog'ozlar uchun maxsus litsenziya olishlari shart emas. Bozor iqtisodiyoti va jahon xo'jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi ham rivojlana bordi. Hozirgi sharoitda banklar tobora ko'proq faqat sof bank operatsiyalarini bajaradigan emas. Tijorat banklari quyidagi operatsiyalarni bajaradi: -passiv operatsiyalar; -aktiv ssuda operatsiyalari; -bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari; -bankning o'z mablag'lari hisobidn amalga oshiradigan operatsiyalar va boshqalar. Tijorat banklarini boshqa barcha tashkilot va muassasalardan farqi faqatgina o'ziga xos xususiyatiga ega muassasa deb qarash mumkin. Tijorat banki davlatning yuridik shaxslarning hamda aholining vaqtincha bo'sh pul mablag'larini qaytarib berishlilik, to'lovlilik va muddatlilik shartlari asosida jamlab, ularni o'z nomidan
21
daromad olish maqsadida joylashtirish faoliyatini amalga oshiradigan muassasadir. Tijorat banklarinng asosiy faoliyati bu vaaqtincha bo'sh pul mablag'larini kreditorlar va qarzdorlar orasida hamda sotuvchilar va xaridorlar o'rtasida aylanishi vositachilik asosida olib borish hisoblanadi. Shuni ta'kidlash lozimki, iqtisodiyotda pul mablag'larini joylashtirish yuzasidan faoliyatni tijorat banklaridan tashqari bir qator maxsus-ixtisoslashgan moliya-kredit institutlari, ya’ni investitsiya fondlari, kredit uyushmalar, sug'urta kompaniyalari, brokerlik va dilerlik firmalari ham olib boradi. Lekin, tijorat banklarining mamlakat moliya bozorida faqatgina o'ziga xos xususiyatlari mavjud: -birinchidan, tijorat banklari faoliyati uchun qarz majburiyatlari yuzasidan ikki tomonlama tavsif mavjud. Ular birinchi tomondan yuridik va jisoniy shaxslar uchun muomalaga o'zining qarz majburiyatlarini (aksiyalar, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari ) sotib oladilar; - ikkinchidan, tijorat bankalari o'z nomidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlar bo'yicha qat'iy belgilangan foiz bo'yicha daromad to'lanish majburiyatini oladilar. Investitsiya fondlari esa daromad to'lanishi yuzasidan qaltisliklarni investorlar zimmasiga yuklaydilar. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling