O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti “iqtisodiyot” kafedrasi
Download 65.32 Kb.
|
Индустриал ва инновацион иқтисодиёт курс иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- ( “Iqtisodiyot” yo’nalishining 3-kurs kunduzgi va sirtqi bo’lim talabalari uchun) Farg’ona – 2020
- Taqrizchilar
- Kurs ishini bajarish tartiblari va unga q o’yiladigan asosiy talablar.
- Kurs ishi mavzusini tanlash, uning rejasini tuzish, adabiyotlar to’plash va ulardan foydalanish.
- Kurs ishi tuzilmasi va mazmuni
- Kurs ishini rasmiylashtirish va himoya qilish tartibi.
- Kurs ishlarini taqriz qilish tartibi
- Kurs ishini baholash tartibi
- Belgilangan ba ll Ba holash mezonlari
- Kurs ishi uchun mavzular
- 2 - ilova Kurs ishi mavzusi rejasini tuzish bo’yicha na’muna. Mavzu: Sanoat korxonalarida mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanish y o
- Mavzu: Iqtisodiyotda innovatsion klasterlarni shakllantirish.
- 3-ilova Quyida kirish yozish bo’yicha namunalar havola etiladi. KIRISH
- Mavzuning o’rganilganlik darajasi. M
- Kurs ishi tarkibi
- Ishning asosiy maqsadini
- Kurs ish i tarkibi
- Mavzu: _____________________________________________ _____________________________________________________ Bajardi: _____________________
- NAMUNAVIY REJA Kirish
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilova
- 5-ilova T a
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Farg’ona politexnika instituti “IQTISODIYOT” KAFEDRASI “INDUSTRIAL VA INNOVATSION IQTISODIYOT” fanidan kurs ishini bajarish bo’yicha U S L U B I Y KO’R S A T M A ( “Iqtisodiyot” yo’nalishining 3-kurs kunduzgi va sirtqi bo’lim talabalari uchun) Farg’ona – 2020 Oliy ta’limning bakalavr 5230100 ”Iqtisodiyot” yo’nalishi talabalari uchun “Industrial va innovatsion iqtisodiyot” fanidan kurs ishini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma “Iqtisodiyot” kafedrasining uslubiy seminarida ko’rib chiqilgan. 2020 yil “___”_____________ № sonli bayon. “Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakultetining uslubiy kengashi yig’ilishida muhokama qilingan va ma’qullangan. 2020 yil “____”___________ bayon №___ Taqrizchilar: I.N.Ismanov, FarPI, “BX va A” kafedrasi mudiri, professor,i.f.d. M.M.Abduraxmonova, FardU, ”Ijtimoiy ish” kafedrasi mudiri, dotsent
G.M.Davlyatova, FarPI, “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, i.f.n. M.X.Axunova, FarPI., “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o’qituvchisi
Sanoat mamlakatning barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida sanoatning tarixiy roli beqiyosdir. SHu sababli uning rivoji va samaradorligi qanchalik yuqori bo’lsa, davlatning mavqei shunchalik kuchli bo’ladi va aholi turmush darajasi yanada yaxshilanib boradi. Sanoat rivojlanishida namoyon bo’ladigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilinishiga ongli munosabatda bo’lishda, mamlakatni demokratlashtirish hamda iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantirishda “Industrial va innovatsion iqtisodiyot ” fanining o’rni beqiyosdir. Ayniqsa,bu fandan rejalashtirilgan kurs ishini bajarish davomida talabalar sanoat tuzilmasini belgilovchi omillardan samarali foydalanish,sanoatni rivojlantirish, sanoatda innovatsiyalardan foydalanishga qaratilgan xulosa va takliflarini berish bilan sanoatga taalluqli iqtisodiy masalalar bo’yicha to’g’ri yechimni shakllantirish ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Kurs ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma ham sanoat iqtisodiyotiga tegishli dolzarb masalalarga nazariy va amaliy jihatdan yondashish asosida talabalarda ijodiy fikrlashni shakllantirishga mo’ljallangan. Ishlab chiqilgan ishlanmada kurs ishining mazmuniga qo’yiladigan talablar,uning tarkibi va rasmiylashtirish talablari berilgan bo’lib,bu jihatlar uning sifatli bajarilishini ta’minlaydi. SHuningdek,ishlanmada kurs ishining mavzulari,reja tuzish bo’yicha namunalar,adabiyotlar bilan ishlash bo’yicha yo’riqlar, himoya qilish tartibi,ishni baholash mezonlari ham yoritilgan. Mazkur ishlanma 5230100 -Iqtisodiyot ta’lim yo’nalishining Malaka talablariga muvofiq holda ishlab chiqilgan. Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qo’yiladigan asosiy talablar. Kurs ishi talabalarning dastlabki ilmiy ishi hisoblanadi. Kurs ishi talabalar mustaqil ishlarining bir shakli bo’lib, uni muvaffaqiyatli bajarish uchun fan to’g’risida aniq tasavvurlarga ega bo’lishlari kerak. Talabalar kurs ishining ilmiy, nazariy, g’oyaviy darajasiga, shuningdek, uning yozilishi va rasmiylashtirish tartibiga e’tibor berishlari lozim. Talabalar kurs ishlarini bajarish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev asarlaridan, mahalliy va chet el yetakchi iqtisodchi olimlarning asarlaridan, ularning iqtisodiy g’oyalaridan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirliklarning me’yoriy hujjatlari, Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlaridan, fanga tegishli bo’lgan darslik va o’quv qo’llanmalardan, internet ma’lumotlaridan keng foydalanishi hamda ularni mustaqil tahlil etishi va o’zlarining fikrlarini bayon etishi kurs ishining mazmunini yanada boyitadi. Kurs ishlarining mavzusi fan o’qituvchilari tomonidan butun kursni qamrab oluvchi mavzular bo’yicha tuziladi. Bunda guruhdagi har talabaga kamida 2-3 ta mavzu to’g’ri kelishiga e’tibor qaratiladi, chunki talaba kurs ishi mavzularini tanlay olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Shunga asoslanib, talaba mustaqil ravishda kurs ishi uchun mavzu tanlaydi. Talaba kurs ishi uchun mavzu tanlab bo‘lgach, uni bajarishga ruhsat berishni so‘rab, kafedra mudiri nomiga ariza yozadi (1-ilova). Talabalar kurs ishi mavzusini tanlagandan so’ng, mavzuga tegishli bo’lgan adabiyotlarni, ilmiy maqolalarni va turli xil manbalarni qidirib topib o’rganishlari kerak. Shuningdek, talaba kurs ishi mavzusiga tegishli bo’lgan rus tili va boshqa xorijiy tillardagi adabiyot hamda materiallardan mustaqil ravishda keng foydalanishlari lozim. To’plangan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda talabalar kurs ishi mavzusini to’liq yoritib berishga qaratilgan kurs ishi rejasini tuzishlari kerak va shu reja asosida kurs ishining mohiyatini yoritishlari zarur. Kurs ishi rejasi na’muna sifatida ilova qilinadi (2-ilova). Kurs ishini yozish bo’yicha tavsiya etilgan yo’rliqlarga rioya qilish mavzu mazmunini to’g’ri yoritib berish va uning mohiyatidan chetga chiqmaslik imkonini beradi. Talabalarga kurs ishlari mavzularini o’quv semestri boshida e’lon qilish maqsadga muvofiqdir, chunki kafedra o’qituvchilari kurs ishi ustida har bir talaba bilan mustaqil ishlashlari kerak, qisqa davrda berilgan mavzularni esa kurs ishi sifatida bajarish mazmun jihatidan talabga javob bermaydi. Bunday holatda tegishli adabiyotlardan, oldingi yillardagi ijobiy baholangan kurs ishlaridan ko’chirib kelishlik holatlari yuzaga kelishi mumkin. Kurs ishi titulini rasmiylashtirish тартиби 3-ilovada keltirilgan. Kurs ishining birinchi betiga kurs ishi rejasiga tegishli savollarning sahifalari qo’yiladi. Undan keyingi varaqlarda kurs ishining matni bayon qilinadi va mavzudagi har bir savolning nomi hamda unga tegishli betlari alohida beriladi. Kurs ishi faqat varaqning bir tomoniga yoziladi va sahifalar tartib raqami bilan belgilanadi. Bajarilgan kurs ishiga ijobiy taqriz yozilgandagina u himoyaga qo’yiladi. Keyin talabalar kurs ishi himoyasiga tayyorlanishlari kerak. Agar kurs ishi bo’yicha тақризчи professor-o’qituvchi kamchiliklar ko’rsatgan bo’lsa,u holda talaba ushbu kamchiliklarni to’g’rilab, qayta taqrizga topshirishi lozim.
“Industrial va innovatsion iqtisodiyot” fanidan kurs ishi mavzusini tanlab olish va uning rejasini tuzish talabaning mustaqil ravishda bajaradigan ilmiy ishining dastlabki bosqichidir. Ishning darajasi va sifati ko’p jihatdan mavzuni to’g’ri tanlashga bog’liqdir. Binobarin bu ishga jiddiy, mas’uliyatni sezgan holda yondoshish zarur. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda dastlab shu fan bo’yicha professor-o’qituvchining ma’ruzalarini diqqat bilan tinglab, hozirgi zamon iqtisodiyotiga oid adabiyotlarni chuqur o’rganib chiqishi lozimdir. Talaba kurs ishi mavzusini tanlaganda quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yishi kerak,ya’ni tahlil qilinayotgan mavzusini katta qiziqish bilan o’rganish va ahamiyatini,dolzarbligini tushunib yetish, o’zining bilim darajasini kengaytirishi va uni kelajakda mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashi uchun amaliyotga tadbiq qila olish imkoniga ega bo’lishi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, talaba mavzusini o’z mutaxassisiligi yo’nalishiga qarab tanlasa, bu ishning muvaffaqiyatli bajarilishi va ijobiy baholanishida alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Kurs ishi rejasini o’qituvchidan maslahat olib tuzish maqsadga muvofiq. Reja – kirish qismidan, mavzuning iqtisodiy mazmuni va mohiyatini ochib beruvchi 4-5 ta masaladan va xulosa qismidan iborat bo’ladi. Rejadagi savollar mantiqan bir-birlari bilan bog’langan bo’lishi, har bir keyingi savol o’zidan oldingi savolning mantiqan davomi bo’lib, bir butunni tashkil etishi kerak. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va uning iqtisodiy ahamiyati to’g’risida so’z yuritilsa, xulosa qismida esa tahlil qilingan masalalarni hal etish bo’yicha muallifning tavsiyalari berilishi kerak. Kurs ishining asosiy qismida mavzuning mohiyatini aks ettiruvchi nazariy fikrlar,yondashuvlar,uning mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni va sanoatni rivojlantirishdagi ahamiyati haqidagi tasavvurlarini yoritib bergan holda qisman tahliliy baholashni amalga oshirib,masalani rivojlantirish istiqbollari haqidagi mustaqil fikrlarini izohlab berishi belgilanadi.SHuningdek,bu qismni yoritishda foydalaniladigan adabiyotlardan va statistik ma’lumotlarga murojaatlarni havola qilinishi ta’kidlanadi.Har bir kurs ishigi ana shunday talablar qo’yiladi. Kurs ishi rejasi tuzilgandan so’ng uni bajarish muddati rahbar tomonidan belgilanadi. Belgilangan muddatga qarab ishni bajarish holati rahbar tomonidan nazorat qilinadi.Kurs ishini bajarish bo’yicha konsulьtatsiya kunlari shakllantiriladi. SHuningdek,har bir rejani bajarish holatiga alohida yondashiladi. Kurs ishining kirish qismini bajarish bo’yicha namunalar ham havola etiladi. Kurs ishini bajarishda mazkur ko’rsatmada taqdim etilayotgan adabiyotlar bilan cheklanmasdan, ayrim masalalarni batafsil bayon qilish imkonini beradigan qo’shimcha adabiyotlardan ham foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi. Talaba kurs ishi uchun qo’shimcha adabiyotlarni ARMdan va boshqa kutubxonalardan,internet saytlaridan olishi mumkin. Kutubxonada bibliografik, ya’ni sistemali, predmetli alfavit kataloglari asosida adabiyotlar tanlanadi. Masalan, sistemali katalogdan sohalariga qarab joylashtirilgan bo’ladi. Mabodo, qiyinchilik yuzaga kelsa, kutubxonada mutaxassis maslahatidan foydalanish mumkin. Adabiyotlar va ma’lumotlardan foydalanishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: talaba o’rganib chiqayotgan va tanlagan mavzuga taalluqli adabiyotlarni to’liq yozmasdan, o’z so’zi bilan qisqacha va ijodiy bayon qilib berishi; zarur hollarda foydalanilayotgan jumlalarni o’zgartirilmay aynan berilish tariqasida ko’chirishi; umumiy daftar tutib, rejadagi har bir savolga taalluqli fikrlarni alohida yozib qo’yish va kerak bo’lganda ulardan foydalanish: mavzuga taalluqli fikrlarni ayrim varaqlarga va maxsus kartochkalarga yozib qo’yish. Kartochka tizimi afzalligi shundaki, u kerak bo’lgan fikrlarni tezroq qidirib topish imkonini beradi; uchragan hamma ma’lumotlar va raqamlarni ko’chirib olmasdan, ko’rib chiqilayotgan mavzuga bevosita tegishli eng muhim ma’lumot va raqamlardan foydalanish; O’zbekiston o’z mustaqilligiga ega bo’lgan davridan boshlab masala doirasida qanday yutuqlarga erishganini aniq ma’lumotlar asosida ko’rsatish; ma’lumotlarga asoslanib tuzilgan jadval, grafik va diagrammalar hamda nazariy jihatdan tahlil etilayotgan fikrlarning amaliyotda naqadar ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib berish. Talaba barcha adabiyotlarni batafsil o’rganib, zaruriy ma’lumotlarni to’plaganidan keyin kurs ishini yozishga kirishishi mumkin. Kurs ishi tuzilmasi va mazmuni Kurs ishi tarkibiy jihatdan reja, kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘ladi. Rejada kurs ishida yoritiladigan bo‘lim va paragraflar nomlari hamda raqamlari keltiriladi. Kirish qismida iqtisodiyotdagi islohotlar, erishilgan natijalar, tanlangan mavzudan kelib chiqqan holda mavjud muammolar, mavzuning dolzarbligi, maqsadi,vazifalari, ob’yekti, kurs ishi tarkibi yoritiladi. Asosiy qismda mavzu mohiyati tuzilgan reja asosida nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Yuqorida izohlanganidek,sanoatga taalluqli masalalar nazariy jihatdan yoritilib,masalaning asosiy jihatlari,xususiyatlar,asoslari va unga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar aniqlashtirilgan holda bayon etiladi.SHuningdek,masalaga tegishli qisman baholash jarayoni ham amalga oshiriladi.Bu bilan talaba har qanday masala yoki muammo yuzasidan analitik ishlarni amalga oshirish va ular bo’yicha mustaqil xulosaga kelish ko’nikmasiga ega bo’ladi.Xulosa qismida esa bajarilgan ish bo’yicha umumiy xulosalar keltiriladi. Adabiyotlar ro‘yxatiga kurs ishini bajarish davomida foydalanilgan axborot manbalari kiritiladi. Adabiyotlar bibliografiya talablari bo‘yicha alfavit tartibida rasmiylashtiriladi. (alfavit tartibida muallif ismi sharifi, asarning to‘liq nomi nashriyot va chiqarilgan yil). SHuningdek,foydalanilgan internet manzillarini aniq ko’rsatilishi ham zarurdir. Ilovada fikrlar xulosa va takliflarning asoslanganligini ifodalovchi yordamchi ma’lumotlar keltiriladi. Ilova alohida varoqda, yuqori o‘ng burchakda “Ilova” so‘zi ko‘rsatilgan holda beriladi va arab raqamida raqamlanadi.
Kurs ishini umumiy talablarga mos ravishda rasmiylashtiriladi va tegishlijadvallar, grafiklarni o‘z ichiga olgan tushuntirish xati tarzida topshiriladi. Tushuntirish xati A – 4 (203*288) formatli standart oq qog`ozning bir tomonida chop etiladi.Kurs ishi yozma yoki kompyuter variantida tayyorlanishi mumkin. Kurs ishida qoida tariqasida, standart varaqda 1,5 qator oralig`ida yozilishi lozim, har bir bet xoshiyasi: yuqoridan, pastdan 2 sm va o`ngdan 1sm, chapdan 3 sm bo`lishi lozim. Kurs ishi matnini kompyuterda bosib chiqarishda “Times New Roman” 14 o`lchamli shriftini qo`llagan holda hamlda matn oralig’i 1,5 interval bo’lishini e’tiborga olib Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi. Kurs ishi qo‘lyozma variantida (25-30 bet) va kompyuter variantida (30-35 bet) tayyorlanishi mumkin. Kurs ishiga sahifa raqamlari pastki qismga o’rtaga qo’yiladi.Ish hatosiz, so‘zlarni qisqartirmasdan yozilishi kerak. Ish nihoyasida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kiritiladi. Kurs ishida adabiy manbalardan olingan muallif fikrlari ko‘chirma gap sifatida keltirilgan bo‘lsa, o‘sha varaq oxirida manba to‘g’risida ma’lumot ko‘rsatilishi kerak. Ishning barcha varaqlari va jadvallarda ularning tartib raqami qo‘yilishi shart. Kurs ishi himoyasi muddati o‘quv jadvali bilan belgilanadi. Bajarilgan kurs ishi dastlab tekshirish uchun rahbarga topshiriladi. Kafedradan belgilangan o‘qituvchi ishga taqriz yozganidan keyin himoyaga ruxsat beriladi. Kurs ishi kafedra a’zolaridan tuzilgan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Tugallangan kurs ishi himoyaga qo’yilishdan oldin taqriz qilinishi kerak. Bunda birinchi navbatda tayyorlangan ishning ijobiy tomonlarini, keyin esa kamchiliklarini ko’rsatib, ularni bartaraf etish yo’llari ko’rsatilishi kerak. Taqrizdan oldin kurs ishi albatta diqqat bilan o’qib chiqilishi kerak, aks holda nomigagina yozilgan taqrizlar tufayli sifat jihatidan talabga javob bermaydigan kurs ishlari ham ijobiy baholanib ketilishiga yo’l qo’yilishi mumkin. Kurs ishlarini taqriz qiluvchi professor-o’qituvchilar oldiga quyidagi talablar qo’yiladi:
kurs ishini dastlab taqrizga olgan vaqtda ushbu kurs ishi mavzusining dolzarbligini yoritganligiga va qo’yilgan rejaning asoslanish darajasiga baho berish hamda kamchiliklarni izohlashi; kurs ishining mazmuniga umumiy baho berish va unda yo’l qo’yilgan xatolarni ko’rsatish, shuningdek, talabaga kamchiliklarni tuzatish yo’llari bo’yicha maslahat berish hamda shunga tegishli muloxazalarni taqriz varag’iga yozib qo’yish; taqrizda kurs ishining birinchi navbatda, ijobiy tomonlarini ko’rsatish bilan birga, barcha salbiy tomonlarini ham chuqur tahlil qilib, mohiyati yoritilmagan savollarni talabaga tushuntirib berish; kurs ishida har bir betning chetiga va taqrizning o’zida yoziladigan mulohazalarda mustaqil bajarilgan ishda qaysi muammolarga, ya’ni qaysi savollar mohiyatini yoritishga ilmiy-ijodiy yondoshganligini, qaysi birlarini to’ldirish zarur ekanligini ko’rsatish; nazariyaning amaliyot bilan uzviy ravishda bog’lab olib borilish darajasini ko’rsatish; erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida o’rganilayotgan muammolarning O’zbekiston misolida hal qilishning yo’l-yo’riqlarini nazariy jihatdan asoslanishga baho berish; talabalar tanlangan kurs ishini bajarish orqali sanoatnig mohiyatini chuqur, atroflicha o’rganib,uning hozirgi zamon bozor iqtisodiyotidagi xususiyatlarini ko’rsatib berilganlik darajasini baholash. Professor-o’qituvchilar taqriz yozish jarayonida avvalo kurs ishining ijobiy tomonlarini, keyin esa talaba yo’l qo’ygan kamchiliklarini ko’rsatib, uni baratraf qilish yo’llarini bayon qilish zarur. Kurs ishidagi kamchiliklar bartaraf etilgan so’ng uni himoya qilishga ruxsat beriladi.Kurs ishi himoyasi kafedra tomonidan tashkil etilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Kurs ishini baholash tartibi Kurs ishini baholash mezoni talabalarda ilmiy izlanishga qiziqish uyg’otish, ularga to’g’ri ta’lim-tarbiya berishga xizmat qilishi zarur. Shu boisdan har bir o’qituvchi kurs ishiga taqriz yozish masalasiga, obyektiv nuqtai-nazardan yondoshib, bajarilgan ish talabining javob berish darajasini ham hisobga olib baholasa maqsadga muvofiq bo’ladi. Kurs ishlari sifat darjasiga qarab tabaqalangan holda baholangani maqsadga muvofiqdir.
O’qituvchi taqrizda bu ishning ijobiy tomonlari hamda kamchiliklarini va ularni bartaraf qilish yo’llarini ko’rsatgan taqdirda ham ular himoyaga qadar bartaraf qilinmasa baho bir muncha pasaytiriladi. Kurs ishini to’g’ri rasmiylashtirishga jiddiy e’tibor berish ham muhim hisoblanadi. Chunki kurs ishini mazmunli va yetuk saviyada yozish bilan birga uni did bilan rasmiylashtirishga e’tibor berilsa, bu taqrizda alohida ko’rsatiladi. Shunday qilib, kurs ishining ham ijobiy ham salbiy tomonlarini tahlil qilish, talabalarga tanlangan muammo bo’yicha chuqur, nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishga ko’maklashadi hamda ularni kelajakda yetuk iqtisodchi mutaxassislar bo’lib yetishishiga yordam beradi. Talabaning yozgan kurs ishini hech qanday asossiz, qoniqarsiz baholashga yo’l qo’yish mumkin emas. Kurs ishi mavzusi mohiyati qanday darajada yoritilganligini har tomonlama obyektiv tahlil qilib, qo’yilgan bahoni dalillar bilan asoslash lozim.
1. Sanoatni rivojlantirishning zaruriyati va uning istiqbollari. 2. Sanoat tarmoqlarining hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari. 3. Energetika soxasining hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari. 4. Kimyo sanoatining hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari. 5. Metallurgiyaning hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari. 6. Hissadorlik korxonalarining tashkiliy-iqtisodiy asoslari va ularni takomillashtirish. 7. Sanoat korxonalari faoliyatini boshqarishni axborotlar bilan ta’minlashda moliyaviy hisobotlardan foydalanish. 8. To‘qimachilik korxonalarining holati va ularni rivojlanish yo‘nalishlari. 9. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini pasaytirish omillari 10. Sanoat mahsulotlari tannarxi va uni pasaytirish yo‘llari 11. Maxsulot xarajatlarini pasaytirish yo‘llari. 12. Material sig‘imini pasaytirish yo‘llari 13. Oziq ovqat mahsulotlari tannarxini pasaytirish yo‘llari 14. Sanoat mahsulotlariga narx belgilash yo‘nalishlari va baho siyosatini boshqarish 15. Ishlab chiqarish sohasida baho va baholarni shakllantirish 16. Sanoat korxonalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari va ulardan oqilona foydalanish. 17. Sanoat korxonalari faoliyatini moliyalashtirishga tijorat banklarining kreditlarini jalb etish. 18. Sanoat xo‘jaliklarini tijorat banklari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar orqali imtiyozli kreditlash tizimi. 19. Davlat ehtiyojlari uchun xarid etiladigan paxta va g‘allani davlat byudjetidan imtiyozli kreditlash va undan maqsadga muvofiq foydalanish. 20. Sanoat korxonalari faoliyatida asosiy fondlardan samarali foydalanishni oshirish yo‘llari. 21. Sanoat korxonalari faoliyatida tavakkalchilikni (risklarni) boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish. 22. Sanoat korxonalari faoliyatini rejalashtirish tizimini takomillashtirish 23. Sanoat korxonalarining biznes-rejasini ishlab chiqish va asoslash 24. Sanoat korxonalarida istiqbol (strategik) rejalar va ularning ahamiyati 25. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishga kreditlar jalb etish uchun biznes reja tuzish. 26. Investitsion loyihalarni tahlil etish va samaradorligini aniqlash 27. Sanoatga investitsiyalarni jalb etish va ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi 28. Sanoatda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish. 29. Kapital sarflar va ularning samaradorligi . 30. Sanoatning texnik bazasini rivojlantirish istiqbollari. 31. Sanoat korxonalari yer territoriyasini rejalashtirish va tashkil etish. 32. Resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari 33. Sanoat korxonalarining asosiy fondlari va undan samarali foydalanish yo‘nalishlari 34. Sanoatda iqtisodiy munosabatlarini takomillashtirish yo‘llari 35. Modernizatsiya tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi 36. Sanoatda ishlab chiqarishni boshqarish usullari va ularni iqtisodiy samaradorligi. 37. Sanoat korxonalarining uzoq muddatli aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llari 38. Sanoat korxonalarining joriy aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llari 39. Sanoat korxonalarining qarz kapitalini samarali boshqarish mexanizmi 40. Sanoat korxonalarining tovar-moddiy zahiralarini boshqarish tizimini takomillashtirish. 41. Sanoat korxonalarining debitorlik qarzlarini boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llari 42. Sanoat korxonalarining kreditorlik qarzlarini boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llari 43. Sanoat korxonalarining xususiy kapitalini boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llari 44. Sanoat korxonalarining pul oqimlarini rejalashtirish va tartibga solish yo‘llari 45. Sanoat korxonalarida shartnomaviy munosabatlarni tashkil etish. 46. Sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish tizimini takomillashtirish. 47. Kichik korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish tizimini takomillashtirish. 48. Sanoat korxonalarining moddiy-texnika resurslariga bo‘lgan talabini aniqlash va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari 49. Sanoat mahsulotlarini sotishning samarali tizimini tashkil etish. 50. Korxonada mahsulotlar sifatini samarali boshqarish tizimi 51. Sanoat korxonalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash tizimi. 52. Sanoatda ko‘chmas mulk, uni baholash va samarali foydalanish yo‘llari 53. Sanoatda asosiy fondlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari 54. Sanoat korxonalarini oqilona ixtisoslashtirish va tarmoq tarkibini belgilash tamoyillari 55. Sanoat tarmoqlarida samaradorligini oshirish yo‘llari. 56. Sanoatda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. 57. Ishlab chiqarish samaradorligini va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishda bahoning ahamiyati. 58. Ishlab chiqarish kooperatsiyasining rivojlanishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. 59. Sanoat mahsulotlari bozorini davlat tomonidan va bozor mexanizmlari orqali tartibga solish yo‘llari. 60. Sanoat moddiy-texnika resurslari bozorining rivojlanishi. 61. Sanoatda bozor infrastrukturasini rivojlantirish va samaradorligini oshirish yo‘nalishlari 62. Sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish yo‘nalishlari 63. Sanoat mahsulotlarining sifatini oshirish va yo‘qotishlarning oldini olish samaradorligi 64. Sanoat korxonalarida mehnatga haq to‘lash. 65. Sanoat mahsulotlari bozorining tashkiliy-iqtisodiy asoslari va rivojlanishi omillari . 66. Sanoat korxonalarida mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanish yo‘llari 67. Sanoat korxonalarida mehnat resurslaridan foydalanish, ishlarni tariflashtirish va mehnatga haq to‘lash. 68. Sanoatda moddiy rag‘batlantirish tizimi va mehnatga haq to‘lashni takomillashtirish 69. Sanoatda kadrlar malakasini oshirish yo‘llari 70. Sanoatda mehnat resurslaridan foydalanishning mavsumiyligini pasaytirish yo‘llari 71. Metallurgiya sohasida mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari 72. Sanoatda mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari 73. Sanoat korxonalarida marketing xizmatlaridan foydalanish asoslari. 74. Sanoat mahsulotlariga iqtisodiy baho berish yo‘nalishlarini belgilash 75. Sanoat tarmoqlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari (tarmoqlar misolida) 76. Korxona foydasini shakllanishi va undan samarali foydalanish yo‘nalishlarini takomillashtirish 77. Sanoat korxonalarining davlat bilan iqtisodiy munosabatlarini tartibga solish masalalari. 78. Sanoat korxonalarining tashqi iqtisodiy aloqalari va ularni takomillashtirish 79. Agrosanoat korxonalarining samaradorligi 80. Sanoatda qo‘shma korxonalarni tashkil etish va uning samaradorligi 81. Sanoat mahsulotlari bozori konyunkturasi va uning korxona samaradorligiga ta’siri. 82. Sanoat mahsulotlari sifati va uning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri. 83.Diversifikatsiyalash sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish asosi 84. Sanoatda mehnat resurslaridan samarali foydalanish. 85. Sabzavot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish omillari va yo‘llari. 86. Innovatsiyalardan foydalanish samaradorligi. 87. Sanoatning ishlab chiqarish infratuzilmasi, uni tashkil etish va rivojlantirish 88. Sanoatning ijtimoiy infrastrukturasini tashkil etish va rivojlantirish 89. Sanoatda innovatsiyalardan foydalanishda xorij tajribasidan foydalanish. 90. Sanoat korxonalarini texnik yangilash samaradaoriligi. 91. Sanoat korxonalari va xizmat ko‘rsatish korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy munosabatlar hamda ularni takomillashtirish 92. Sanoatda fan-texnika taraqqiyoti va uning iqtisodiy samaradorligi 93. Sanoat mahsulotlarini tayyorlash va sotish yo‘llarini takomillashtirish. 94. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda sanoatning rivojlanish xususiyatlari 95. O‘zbekiston Respublikasida agrar sanoat majmuasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari . 96. Sanoatda yangi texnika va ilg‘or texnologiyalarning iqtisodiy samaradorligi 97.Sanoat mahsulotlarining baholari va ularni shakllantirish asoslari. 98. Innovatsiyalardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari. 99. Sanoat korxonalarining marketingi samaradorligi 100. Sanoat mahsulotlari bozorida talabni o‘rganish va bashorat qilish yo‘llari 101. Sanoat korxonalarida moddiy ishlab chiqarishni shakllantirish va takomillashtirish istiqbollari 102. Sanoat korxonalarining asosiy va aylanma vositalaridan foydalanishni yaxshilash yo‘nalishlari 103. Korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini bashorat qilish 104.Investitsiya:uning turlari va ahamiyati 105. Korxonani boshqarish tizimini takomillashtirish 106. Korxona faoliyatini boshqarishning iqtisodiy mexanizmlari . 107. Ishlab chiqarish jarayonini oqilona tashkil etish shakllari. 108. Korxonada kapital quyilmalarni moliyalashtirish manbalari va iqtisodiy samaradorligi 109. Korxonalarni moliyaviy nochorlik va bankrotlik holatida boshqarish mexanizmi 110. Sanoatda kichik biznes va uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi 111. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarish asoslari 112. Korxonaning ishlab chiqarish salohiyatidan oqilona foydalanish va uni oshirish yo‘llari 113. Sanoat korxonalarining moliyaviy holatini baholash va moliyaviy rejalashtirish tizimi 114.Sanoatda ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik masalalari. 115.Kapital sarflar va ularning samaradorligi. 116.Sanoatda mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari. 117.Sanoatda xodimlar mehnatini rag‘batlantirish masalalari. 118. Innovatsion iqtisodiyotda inson omilini faollashtirish. 119. Innovatsion iqtisodiyotda xizmatlar bozorini rivojlantirish. 120.Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish. 121. O‘zbekistonning milliy innovatsion tizimi. 122. Intellektual kapital, intellektual mulkni shakllantirish va boshqarish. 123. Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi. 124. Iqtisodiyotda innovatsion klasterlarni shakllantirish. 1-ilova Talabaning kurs ishi mavzusini biriktirilishi bo‘yicha yozadigan arizasining namunasi “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri i.f.n., dots. E.A.Muminovaga “Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “___________________” ta’lim yo‘nalishi ___- kurs __________ guruhi talabasi __________________________ _______________________________ dan ARIZA
__________________________________________________________________” mavzusidagi kurs ishini biriktirishga ruhsat berishingizni so‘rayman. ________________________ /__________________/ Sana Talabaning imzosi 2-ilova Kurs ishi mavzusi rejasini tuzish bo’yicha na’muna. Mavzu:Sanoat korxonalarida mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanish yo‘llari Kirish Asosiy qism 1.Sanoatda mehnat resurslaridan samarali foydalanish ahamiyati va zaruriyati. 2.Mehnat resurlarining turkumlanishi va ulardan foydalanishni ifodalovchi ko’rsatkichlar. 3.Mehnat resurslaridan foydalanish bo’yicha xorij tajribasi va undan foydalanish 4.”IDEAL” korxonasidan mehnat resurslaridan foydalanishni baholash. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Mavzu: Iqtisodiyotda innovatsion klasterlarni shakllantirish. Kirish. Asosiy qism 1.Iqtisodiyotda innovatsion klasterlarni tashkil etishning ahamiyati. 2.Klasterlarni tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari. 3.Klasterlarni tashkil etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi. 4.Farg’ona viloyatining iqtisodiyotida klasterlarni tashkil etish holatini baholash Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 3-ilova Quyida kirish yozish bo’yicha namunalar havola etiladi. KIRISH Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi tub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va ma’rifiy islohotlarni jadal sur’atda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, iqvtisodiy islohotlar natijasida mamlakatimizda erishilayotgan ulkan taraqqiyot bunga yaqqol misol bo’la oladi. Xususan, 2019- yilda mamlakat iqtisodiyotida makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahliliga ko’ra, yalpi ichki mahsulot 5,5 foizni tashkil etdi.2019- yil yakunlari bo’yicha aholi jon boshiga YaIM o’tgan yilga nisbatan 13.6% ga oshib 1741 dollarni tashkil etdi.Bugungi kunda yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 27 foizni tashkil etib,uni oshirish eng ustuvor vazifa sifatida belgilangan.Sanoat mahsulotlari hajmini oshirish uchun iqtisodiyotda keng ko’lamli ishlarni amalga oshirilayotganligi ahamiyatlidir. Ko’pdan ko’p turli tuman mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning shakllanishi mamlakatning iqtisodiy qudratini mustahkamlash bilan birga aholining sifatli mahsulotlarga bo’lgan talabini qondirish imkoniyatlarini yaratadi. Mahsulot sifatini yaxshilash va uning raqobatbardoshliligini ta’minlash davlat siyosatining eng muxim muammolaridan biri xisoblanadi. SHu sababli Oliy Majlis qonunlarida, Prezident farmonlarida va hukumat qarorlarida mahsulot va ish sifatini oshirishga alohida e’tibor berilib, ularda barcha turdagi mahsulotlarning texnik darajasi, tejamliligi va sifati oshirilsin deyiladi, yangi o’zlashtiriladigan mahsulotlar o’zining sifat va texnik-iktisodiy tavsiflari jihatidan jahon fan-texnika va texnologiyasi erishgan ilgor yutuklarga mos boshka bir qator ko’rsatmalar berilgan. Iqtisodiy o’sishga erishayotganligi hamda belgilangan islohotlarning izchil amalga oshishi dunyo miqyosidagi mamlakat o’rnini mustahkamlashda Respublika Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “2017-2021 yilga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha xarakatlar strategiyasi” asos bo’lib xizmat qiladi. Harakatlar strategiyasining 3-ustivor yo’nalishi “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish bo’lib, bunda makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini ximoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish”1 kabi bir necha vazifalar belgilangan O’z navbatida milliy iqtisodiyotimizning jadal rivojlanishi turli sohalarni korxonalar va kompaniyalarimizda ishlab chiqarilgan mahsulot va kuzatilayotgan xizmatlarining sifatini xalqaro talablar darajasidek ta’minlashini talab etadi. Ushbu xolat shaxsiy va ishlab chiqarishni ehtiyojlarining o’sib borishi va diversifikatsiyalanishi jahon bozorida ish yurutuvchi kompaniyalarini rivojlanishi natijasida raqobatini o’sib borishi, fan- texnika taraqqiyotining jadallashuvi va boshqa omillar bilan izohlanadi. Mahsulot sifati sanoat ishlab-chiqarish xo’jalik faoliyatining asosiy, eng muhim ko’rsatkichlaridan biri xisoblanadi. Mahsulot sifati mahsulotning iste’mol xususiyatlari majmui bo’lib, uning xalq xo’jaligi va aholining muayyan ehtiyojlariga yaroqliligini ifodalaydi. Mahsulot sifati tayyorlangan mahsulotning mustaqilligi, kulayligi, ishonchliligi, chidamliligi, tejamkorligi, go’zalligi va boshqa bir qator xususiyatlari bilan belgilanadi. SHu sababli mahsulot sifatini yaxshilash jamiyatga juda katta samara keltiradi: mablag’larni tejaydi, tannarxni kamaytirish, foydani ko’paytirish va shu asosda mamlakat xazinasini to’ldirishga imkon beradi. Ko’pgina xalqaro tashkilotlar, hususan Yevropa Sifat tashkiloti, ISO standartlashtirish halqaro tashkiloti XXI asrni – sifat asri, deb e’tirof etilishi bejiz emas. Aslida sifat – jamiyatdagi mehnatni yuksak samarasi ko’rsatkichi, milliy boylik manbai va eng muhimi, ijtimoiy va iqtisodiy inqirozlardan chiqish omilidir. Oxirgi yuz yilliklar tajribasi shuni ko’rsatadiki, mahsulot raqobatbardoshligining pastligi mamlakat iqtisodiyotini talofatlarga olib keladi. Ular ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot, iste’mol doirasida talab kamligi natijasida hamda foydalanish paytida mahsulot ishonchliligi pastligi tufayli paydo bo’ladigan talofatlardan yig’iladi. Mahsulot sifati pastligi faqat sezilarli iqtisodiy talofatlargagina emas, balki salbiy ijtimoiy oqibatlarga ham olib keladi.Birinchidan, jamiyatning barcha a’zolari ham yuqori sifatli mahsulotni ololmaydi. Natijada qoniqish darajasi pasayadi. SHuning bilan birga past sifatli mahsulotdan foydalanish butun jamiyat va uning xar bir a’zosi nuqsonlarini bartaraf qilish uchun vaqtni noratsional sarflash tufyli bo’sh vaqti kamayishiga olib keladi. Ikkinchidan past sifatli mahsulot chiqirilganda sifatli chiqarilganga nisbatan iste’mol qiymatining kamroq massasi chiqariladi. Natijadi bu iste’mol qiymati xamda foydali samara birligini ishlab chiqarish uchun ijtmoiy mexnat safining oshishiga olib keladi. SHuni ham aytib o’tish kerakki, past sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi ham ichki, ham tashqi bozorda o’z obro’sini yo’qotadi. Ana shu jihatdan mahsulot sifatini yaxshilash va shu orqali raqobatbardoshlikni oshirish masalasi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bu esa tanlangan kurs ishi mavzusining dolzarbligini asoslaydi.
Kurs ishining asosiy maqsadi bo’lib sanoatda mahsulot sifatini oshirishning ahamiyatini nazariy va amaliy jihatdan yoritib berish hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish belgilandi: - mahsulot sifati va uni oshirishning iqtisodiy ahamiyatini yoritish; - mahsulot sifatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni aniqlashtirish; - aniq xo’jalik yurituvchi sub’ekt misolda mahsulot sifatiga baho berish; - mahsulot sifatini oshirish yo’nalishlarini belgilash. Kurs ishi tarkibi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. KIRISH Hozirda sanoatni, xususan, to’qimachilik sanoatini korxonalari modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish hisobiga mahsulot raqobatbardoshligini oshirish dolzarb masalalardan biri bo’lib, uni mahalliylashtirish dasturi bilan uyg’unlashgan holda olib borish O’zbekistonning ichki va tashqi bozordagi mavqeini mustahkamlaydi. Jumladan, Prezidentimiz SH.Mirziyoev tomonidan 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga ko’ra “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi” qabul qilingan bo’lib, “Harakatlar strategiyasi” da asosiy vazifa sifatida “tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish vazifasi belgilangan”.2 Bu vazifa bevosita to’qimachilik sanoati korxonalari uchun ham taaluqlidir. To’qimachilik sanoati industriyasi O’zbekistonning eng rivojlangan sohalaridan biri hisoblanadi. O’zbekistonda to’qimachilik bilan bog’liq jarayonlar izchil takomillashtirilmoqda. Ilg’or va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan to’qimachilik sanoati korxonalari soni yil sayin oshmoqda. Sohada bosqichma-bosqich tuzilmaviy o’zgarishlar amalga oshirilib, korxonalarni ilg’or texnologiyalar va zamonaviy texnika bilan jihozlash, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda, yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda. Ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga nafaqat ichki bozorda, balki xorijda ham talab katta. O’zbek milliy matolaridan tayyorlangan mahsulotlar yuqori sifati, tabiiyligi, qulayligi va zamon talablariga mosligi bilan ajralib turadi. Hozirda Respublikamizda 2271 dan ortiq to’qimachilik sanoati korxonalari faoliyat yuritmoqda. To’qimachilik sanoati iqtisodiy siyosatning ustuvor jihati sifatida tanlanishi quyidagi omillar bilan belgilanadi:
to’qimachilik sanoati kapital talab emas, mehnat talab soha hisoblanadi. Xususan, ushbu sohaga jalb etilgan 5 mln dollar sarmoya 450 dan 500 tagacha qo’shimcha ish o’rinlari yaratishga qodir. To’qimachilik sanoatining jadal rivojlanishi bandlik muammosini xal qilishga imkon bermoqda; paxta tolasi o’rniga eshilgan ip eksport qilish tushumini kamida 2 marotaba, tayyor trikotaj va tikuv maxsulotlari eksporti esa 4 va 20 marotabagacha oshirish imkonini berdi; to’qimachilik sanoatini rag’batlantirish yo’li bilan axoli bandligini oshirish nafaqat davlat buyudjetiga tushumlarni ancha ko’paytirib, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning muhim omili ham bo’lmoqda. Barcha bu o’ziga xosliklar to’qimachilik sanoatini boshqa ishlab chiqarish sohalari orasida ijobiy jihatdan ajratib turadi va uni O’zbekistonda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlashda muhim boshlang’ich sanoatga aylanishiga olib kelmoqda. To’qimachilik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi respublika bo’yicha ishlab chiqariladigan sanoati mahsuloti hajmining 12-13 foizini tashkil etadi. To’qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish hozirgi davrning eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. CHunki bu respublika byudjetiga valyuta tushumlarini ko’paytirishning muhim manbalaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12-fevraldagi “To’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ham sohaning rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. To’qimachilik sohasi korxonalarining rivojlanishi aholining turli mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojini qondirib, uning turmush darajasini yaxshilanishiga sabab bo’ladi. Korxonalarni rivojlantirish uni kengaytirish sharoitlarini yaratadi. Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlab chiqarishning doimo kengayishinini, uning texnikaviy darajasini muntazam ko’tarib turishni talab etadi. Buning uchun ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga erishilishi, va undan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish lozim. Mavzuning dolzarbligi. Foyda (daromad) iqtisodiy harakatning zaruriy sharti maqsadi sifatida qaraladi. Jahon amaliyotida foyda deyilganda ko’pincha biznes samaradorligining tadbir vositasi sifatida qaraladi. Foyda bu daromadlar va xarajatlar farqlanishidagi yuqori o’zgaruvchanlikdir. Ular orasidagi quyi o’zgaruvchanlik esa zararni ifodalaydi. Foyda miqdorini ko’paytirishda moddiy va mehnat omillardan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Moddiy va mehnat omillardan xususan, mehnat unumdorligini oshirish, zamonaviy jihozlar samaradorligini oshirish va sifatli xom ashyodan foydalanib foyda miqdorini ko’paytirishga erishish korxonani ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish rejasining asosiy yo’nalishidir. Moddiy va mehnat omillarining nafaqat miqdor jihatdan ko’paytirib, balki uning sifat jihatlariga ham e’tiborni kuchaytirish, ya’ni jihozlarning bekor turish vaqtlarini kamaytirish,ishchilar ish vaqtidan oqilona foydalanish hisobiga mehnat sig’imini kamaytirish hisobiga ular ish unumdorligini oshirish va xom ashyo va materiallar sarf me’yorini iqtisodiga erishish bir tomondan foyda hajmini qo’shimcha mablag’larsiz ko’paytirish, ikkinchi tomondan esa mahsulot tannarxini kamaytirish imkoniyatlarini yaratadi. Mahsulot tannarxini kamaytirish uning narxini ham pasaytirish imkoniyatini ham beradi. Bu kurs ishi mavzusining dolzarbligini asoslayidi. Foydaning shakllanish masalasi Sh.Sh.Shodmonov, U.V.G’ofurov, A.O’lmasov, A.Vahobov, E.Sariqov, M.Mamatov, B.A.Abdukarimovlarning ilmiy tadqiqot ishlarida o’rganilgan.
foyda tushunchasini nazariy jihatdan yoritish; foydani ko’paytirish ahamiyatini va uning turlarini aniqlashtirish; aniq xo’jalik yurituvchi subьekt misolida foyda hajmini va uning shakllanish manbalarini baholash; - foydani ko’paytirish yo’nalishlarini belgilash. Kurs ishi tarkibi. Mazkur ish “Kirish”, Asosiy qism, “Xulosa” hamda foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. 4-ilova “ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” fakulteti “IQTISODIYOT” kafedrasi « INDUSTRIAL VA INNOVATSION IQTISODIYOT » fanidan Mavzu: _____________________________________________ _____________________________________________________ Bajardi: _____________________ Rahbar: ________________ FARG`ONA – 2020_ 4-ilova O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA Politexnika instituti“Iqtisodiyot” KAFEDRASI “Tasdiqlayman” kafedra mudiri _____i.f.n.,dots, E.A.Muminova «___» ___________ 2020 yil
Fanning nomi: _________________________________________________________ Yo’nalishi____________________ guruhi____________________________________ Talabaning ismi-sharifi: ___________________________________________ Kurs ishi mavzusi: ___________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________________________________________________NAMUNAVIY REJA Kirish 1. _____________________________________________________________________ 2. _ ______________________________________________________________________ 3. ______________________________________________________________________ 4. ____________________________________________________________________
Kurs ishi rahbari:______________________________________________________ Sana________________________________________________________________ Topshirish muddati_____________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 2.Kurs ishining ijobiy tomonlari___________________________________ __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 3.Kurs ishining salbiy tomonlari___________________________________ __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 4.Kurs ishini rasmiylashtirish _____________________________________ __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 5.Xulosa______________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Taqrizchi: _____________________________________________________ (Imzo) (F.I.Sh.) «_____» _________ 2020 yil Adabiyotlar ro’yxati McConnell, Brue. Economics. Mcgraw-hill/Irwin, USA, 2013. Tirole, Jean (Tir) The Theory of Industrial Organization. MIT Press, 1992. Church J., and R.Ware. (CW) Industrial Organization. A Strategic Approach. Irwin. 2000. Symeonidis, George. Industrial Economics. University of London Study Guide (SG), 1999 and Examiners’ reports (ER), various years. Laffont J.J. and Tirole J. Theory of incentives for procurement and regulation. MIT Press, 1999. Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-304 b. Qo’shimcha adabiyotlar Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. // Xalq so’zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvarь. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent : O’zbekiston, 2016. - 56 b. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017. – 48 b Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: : “O’zbekiston”, 2017. – 488 b. Mirziyoev SH.M. 2017 yil 19 sentyabr Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi.// Xalq so’zi, 2017 yil 20 sentyabrь. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // Xalq so’zi, 2017 yil 23 dekabrь. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasini keng jamoatchilik o’rtasida targ’ib etishga bag’ishlangan ilmiy-ommabop qo’llanma./– T: “Ma’naviyat”, 2018. - 320 bet. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori.// Xalq so’zi, 2018 yil 6 iyunь. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 7 iyunьdagi “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to’g’risidagi Qarori// "Xalq so’zi", 2018 yil 8 iyunь O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” 2017 yil 7 fevralь, PF-4947-son. I.T.Abdukarimov va boshqalar. Korxona iqtisodiy salohiyati tahlili. – T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2015, – 256 b. A.Vahobov va boshq. Moliyaviy va boshqaruv tahlili: Darslik. – T.: “SHarq”, 2015. – 480 b. O’zbekiston Respublikasining 2014-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari. http://www.stat.uz. Bogatova Ye.V. «Innovatsionnaya ekonomika»: uchebniki, obuchenie. Moskva – 2014. Yakushev A.A., Dubыnina «Innovatsionnaya ekonomika»: uchebnoe posobie. Izdatelьstvo Finansы i statistika. – M:2017. Internet saytlari www.mineconomy.uz (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi) www.mehnat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi) www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi) www.stat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi) www.ima.uz (O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi) www.academy.uz (Fanlar akademiyasi) http://www.semi.rssi.ru–Rossiya Federatsiyasi Markaziy-iqtisodiy matematika instituti sayti. http://www.nber.com–AQSH iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi sayti. http://www.webofscience.com-Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi. http://www.scopus.com–Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi. 32. http://www.elibrary.ru–Rossiya ilmiy maqolalar indeksi. 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. // Xalq so’zi. 8 fevral 2017 yil. 2 Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича “Ҳаракатлар Стратегияси” тўғрисида. Download 65.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling