Ijtimoiy-etnik jamoa tabiiy-tarixiy shakllangan kishilarning barqaror uyushmasi, unga
kelib chiqish va rivojlanish umumiyligi belgi va xususiyatlari xosdir. Ijtimoiy-etnik jamoa
tushunchasi ―etnos‖, ―etnos tarixiy umumiylik‖, ―etnik umumiylik‖ tushunchalarining
mazmuni bilan o‘xshash, bular etnografiya va boshqa ijtimoiy fanlar doirasida tadqiq
etiladi.
Initsiatsiya -
, bag‘ishlash, ibtidoiy davrda o‘smirlarni voyaga etgan erkak va ayollar
safiga o‘tkazish marosimi. Islomda o‘g‘il bolalar sunnati initsiatsiya hisoblanadi. O‘zbekcha
―qo‘li halol bo‘ldi‖ iborasi bolani jamiyatga a‘zo bo‘lishi deb qaraladi.
Innovatsiya(lotincha)
– yangilanish, merosva an‘analarning avloddan avlodga o‘tishi
natijasida madaniyatida vujudga kelgan yangi xususiyatlar.
Integratsiya(lotincha)
– tiklanish, to‘ldirish, turli xalqlarning birlashuvi, turli etnoslarning
bir hududda etnik-
madaniy aloqalarni o‘rnatish jarayoni.
Irq(arabcha)
– ildiz, tomir; odamlarning kelib chiqishi, gavda tuzilishi va qiyofasi
o‘xshash bo‘lgan tarixan tarkib topgan hududiy birligidir. Kishilar o‘z tana tuzilishi, tashqi
qiyofasi, teri, ko‘z va suyagining rangi, soqolining siyragu yoki qalinligi, bo‘y-basti, yuz
tuzilishi, bosh suyagining shakli, qon guruhi va boshqalariga qarab guruh-guruhlarga
ajratiladi. Jahondagi barcha xalqlar to‘rtta katta irqqa bo‘linadi. Ulardan tashqari irqiy
birliklar ham mavjud. Har bir irq yana bir qa
ncha mayda guruhlarga ham bo‘linadi. Jahonda
4 ta katta: evropoid, negroid, mo‘g‘ul(mongoloid) va avstraloid irqlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |