Kamlanie -
shomonning ruhlar bilan aloqa o‘rnatish uchun amalga oshiradigan maxsus
harakati.
Kasta(lotincha, notural)
– toza, benuqson, oq suyak; boshqa toifa bilan aralashmagan
toifa, tabaqa. Qadimgi Misr, Hindiston va Sharqdagi boshqa mamlakatlarda o‘z
a‘zolarining nasabga tegishli imtiyozli huquqlari. Ajdodlari va kasb-hunarlariga qarab va
alohida tabaqaga ajralgan ijtimoiy guruh(ruhoniylar, savdogarlar, dehqonlar, braxmanlar)
kastasi mavjud.
Klan(gel)
– urug‘, qabilaning qarindoshchilik asosidagi ijtimoiy o‘zaro bir-birini qo‘llab-
quvvatlovchi uyushmasi. O‘zbek xalqida klan tushunchasiga to‘p atamasi mos keladi: xo‘ja
to‘pi, marlar to‘pi va h.k.
Koglomerat(lotincha) -
birikish, qo‘shilish, boshlanishi, to‘plangan turli toifa va
ealatlarning uyushtirilishidan tashkil topgan ijtimoiy-siyosiy tuzum(masalan, quldorlik,
feodalizm davrida tuzilgan yirik davlatlar).
Konsolidatsiya(lotincha)
– mustahkamlash, yiriklashuv, til va madaniyat jihatdan yaqin
va qon-
qarindosh xalqlarning yagona bo‘lib birlashuvi, etnoslarning bir-biriga yaqinlashib
ketishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |