O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
3-asosiy savol: Sotsiologiya maktabi va funktsionalizm.
3-asosiy savol bo`yicha dars maqsadlari: Etnologiyaning rivojida sotsiologiya maktabi va funktsionalizmning ahamiyatini baholash. - 35 - 3-asosiy savolning bayoni: Evropa mamlakatlari etnologiya fanida diffuzionizm maktabi bilan bir vaqtda sotsiologiya maktabi shakllangan va bu maktab ilmiy jihatdan qaraganda diffuzionizmga nisbatan birmuncha sermahsul bo‘lgan. Agar evolyutsionizm asoschilari etnologiyaning asosini insonda, diffuzionistlar esa madaniyatda deb bilgan bo‘lsalar, sotsiologiya maktabi vakillari jamiyatda deb hisoblaganlar. Ushbu yo‘nalish vakillarining bunday xulosaga kelishlarining boisi ular orasida «jamiyatni oddiy individlarga kiritib bo‘lmaydi», - degan qarash ustivor edi. Sotsiologiya maktabi vakillarining ta‘kidlashlaricha, jamiyat odamlar orasidagi o‘zaro ongli aloqalari natijasida tashkil topgan. E. Dyurkgeym (1858-1917yy). Etnologiya fanida sotsiologiya fanining vatani Frantsiya bo‘lgan bo‘lsa, ushbu yo‘nalishning eng mashhur namoyandalaridan biri Emil Dyurkgeymdir. U XIX asrning oxirgi o‘n yilligida etnologiyada yangi yo‘nalish-sotsiologiya maktabiga asos solgan. Evolyutsionistlarga qarshi o‘laroq Dyurgeym jamiyatni insonlarni o‘rab turgan olamga moslashishi tarzida emas, balki yopiq statik tizim tarzda talqin qilgan. U jamiyatni sotsiologik faktlar orqali tadqiq qilish g‘oyasini ilk marotoba taklif etgan va fanga ijtimoiy tur terminini olib kirgan tadqiqotchidir. O‘z navbatida Dyurkgeym madaniyatni tasniflashda eng sodda jamoa- ibtidoiy jamoani asos qilib olgan. Olimning fikricha, mazkur jamoa o‘z taraqqiyoti davomida murakkab jamoaviy tizimni bosib o‘tib urug‘ga aylanadi. Keyinchalik undan qator jamoa, elat, xalq kabi yangi jamoa v a uyushmalar paydo bo‘lgan. Shunday qilib Dyurkgeymning mulohazalariga ko‘ra har qanday jamoa ibtidoiy jamoaning murakkablashgan shakli hisoblanadi. L.Levi-Bryul (1857-1939yy). Etnologiyadagi frantsuz sotsiologiya maktabi vakillari orasida Lyusen Levi-Bryu l g‘oyalari alohida diqqatga sazovor bo‘lgan g‘oyalardan biri hisoblanadi. U o‘z qarashlarini «Ibtidoiy tafakkur» (1923) nomli asarida batafsil izohlashga harakat qilgan. U Dyurkgeymdan farqli tarzda «ibtidoiy xalqlarning mantiqqacha bo‘lgan tafakkuri» nomli nazariyani yaratgan. Funktsionalizm. Etnologiyada sotsiologiya maktabi g‘oyalari taraqqiyotining mantiqiy davomi tarzida funktsionalizm shakllangan. Agar diffuzionizmning vatani Germaniya, sotsiologiya maktabining vatani- Frantsiya bo‘lsa, funktsionalizm yana bir mashhur Evropa davlatlaridan biri Angliyada paydo bo‘lgan va XX asrning 20-yillariga kelib etnologiyadagi etakchi oqimlardan biriga aylangan. Funktsionalizmning mashhur namoyandalari R. Turnvald (R. Thurnwald, 1869-1954yy) — asosiy kitobi- ―Kishilik jamoasining ijtimoiy asosi‖ (―Die menschliche Geselschaft in ihren soziologische Grunlagen‖) 1931 yilda nashr etilgan. B. Malinovskiy (B. Malinovski, 1884 — 1942yy) — asosiy tasari ―Madaniyatning ilmiy nazariyasi‖ (―A Scientific Theory of Culture‖) — 1944 yil chop etilgan. A. Radkliff-Braun (A. Radcliff-Brawn, 1881 — 1955yy) — asosiy tadqiqoti - ―Primitiv jamoaning tuzulishi va funktsiyasi‖ (―Structure and Function in Primitive Society‖) — 1952 yil nashr etilgan. Ilk marotoba funktsionalistik nazariya nemis etnologi Rixard Turnvald tomonidan yaratilgan. Biroq Germaniyada funktsionalizm keng ommalashmagan va Germaniyaga qo‘shni bo‘lgan Angliyada mashhur ilmiy maktab tarzida shakllangan hamda ijtimoiy va madaniy antropologiya taraqqiyotida o‘ziga xos o‘rniga ega bo‘lgan. Shubhasiz, mazkur yo‘nalishning yirik namoyandalaridan biri Bronislav Malinovskiy bo‘lgan. Etnik jarayonlarni tadqiq qilishda funktsionalizmni farqli xususiyati shundan iboratki, mazkur yo‘nalish tarafdorlari madaniyatni o‘zaro aloqador umumlashgan xususiyatlardan tashkil topgan deb hisoblaydilar. O‘z navbatida shuni ham alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, funktsionalizm tarafdorlari uchun madaniyatning tarixiy o‘zgarishi muammosi muhim ahamiyat kasb etmagan. Ular uchun madaniyat qanday harakatlanadi? qanday vazifalarni bajaradi? va qanday tarzda mahsulot beradi?- degan muammolarni hal etish dolzarb - 36 - hisoblangan. B.Malinovskiy (1884- 1942yy). Yuqoridagi me‘yorlar asosida Malinovskiy madaniyatga oid emprik nazariyasini yaratgan. Malinovsk iy o‘zining nazariyasini yaratish jarayonida oldingi tadqiqotchilarni dala- etnografik ekspeditsiyalar o‘tkazmaganlikda va faqatgina muzey kollektsiyalarining tadqiqi bilan chegaralanib qolganlikda tanqid qilgan. Shubhasiz u olib borgan dala-tadqiqotlari jarayonida juda ham qiziqarli ilmiy xulosalarga kelgan. Malinovskiyning kuzatishicha, etnologiya ko‘pincha qandaydir psixologik gipoteza, yoki faqatgina biror buyum-yoki predmetni tavsif qilish bilangina cheklanib qolmasligi lozim. Uning fikricha, tashqi ku zatuv ko‘pincha anglashilmovchilikga olib kelishi mumkin. Shu bois ichki xususiyatlarni chuqur anglamasdan turib madaniyatni yaxlit tarzda tushunib bo‘lmaydi. Bu o‘rinda ma‘lum bir buyumni nafaqat tavsiflash, balki u qanday yaratilgan, qay tarzda va qay holatda ishlatish mumkin, ushbu ashyo kimga tegishli va kim tomonidan ishlatilishini ham tadqiqotchi anglab bilishi lozim. Mashhur ingliz tadqiqotchisi etnologiya fanining tavsifiy, faktologik xususiyatiga qarshi bo‘lib, bu faqatgina madaniyatning ayrim xususiyatlarinigina aks ettiradi, degan xulosoga kelgan. Malinovskiy madaniyat nazariyasiga oid o‘z qarashlarini 1944 yilda ingliz tilida nashr etilgan «Madaniyatning ilmiy nazariyasi» nomli kitobida bayon qilgan. Uning fikricha, madaniyat faqatgina insonlar ga xos biologik xususiyat bo‘lsa-da, insonlar ham tirik jonzotlar hisoblanadi. Shu bois u o‘zining biologik ehtiyojini qondirish maqsadida oziq- ovqat, yonilg‘i kabi kundalik ehtiyoj buyumlarini qidirib topadi, uy-joylar quradi va kiyim- kechaklarni tikib ki yadi. Demak u mazkur amallari orqali o‘z atrofida ishlab chiqarish munosabatlarini shakllantiradi va bu fanda madaniyat deb yuritiladi. Turli madaniyatlar orasidagi o‘zaro farq insonlarning turfa xildagi oddiy ehtiyojlarini qondirish usullari bilan izohlas h mumkin. Shu bois ham madaniyat moddiy va ma‘naviy madaniyatga bo‘linadi. O‘z navbatida B.Malinovskiy antropologiya va etnologiyaning muhim vazifalarini, jumladan, dunyo madaniyatlarini tadqiq qilishni asos qilib olgan dastlabki etnologik maktab vakillari qarashlari borasida ham o‘zining munosabatini bildirib o‘tgan. Ayniqsa, u mashhur olim E.Taylorning «qoldiqlar metodi»ni jiddiy tanqid ostiga olgan. Uning fikricha, ushbu uslub asosida tadqiqotlar olib borgan ko‘pgina olimlar har bir narsa yoki ko‘rinishdan qoldiqiy xususiyatlarni izlaganlar. Aslida esa har doim ham qoldiqiy ko‘rinishlar emas, balki madaniyat ko‘rinishlari bo‘lib, undagi eski ko‘rinishlar o‘rnini yangilari egallagan. Malinovskiyning fikricha, qoldiqiy ko‘rinishlar etnologiya faniga jiddiy zarar etkazgan va u madaniyat ko‘rinishlarining o‘zaro funktsional bog‘liqligi munosabatlariga ziddir. Mashhur olimning tasdiqlashicha, madaniyatda hech qanday ortiqcha, tasodifiy yoki qoldiqiy ko‘rinish bo‘lmaydi. Madaniyatdagi barcha ko‘rinish yoki holat ma‘lum bir funktsiyani bajaradi. Agar bunday bo‘lmaganda edi bunday ko‘rinishlar allaqchonlar iste‘moldan chiqib ketgan bo‘lar edi. Jumladan, qandaydir bir urf-odat qandaydir bir jarayonda qo‘llanilar ekan, demak u nimagadir zarurdir. qolaversa B. Malinovskiy diffuzionistlarni ham tanqid ostiga oladi va uning fikricha, diffuzionistlarning katta xatolaridan biri mazkur oqim tarafdorlari madaniyatni tirik bir organizm tarzida emas, balki jonsiz buyumlar majmuidan iborat deb hisoblaganliklaridir. A.Radkliff-Braun (1881-1955yy). Etnologiyadagi funktsionalizm oqimining yana bir yirik namoyandalaridan biri Alfred Radkliff Braun bo‘lib, uning ayrim qarashlari Malinovskiy qarashlariga o‘xshash bo‘lgan. U Riversning shogirdi bo‘lib, fanda ingliz struktrializmi yoki strukturaviy funktsionalizm degan yangi yo‘nalishni olib kirgan. Bu yo‘nalishning o‘ziga xosligi shundaki, mazkur nazariyada jamiyat hayotini, odamlar ongi va munosabatlari hamda madaniyatini funktsional va strukturaviy tahliliga oid qarashlari umumlashtiradi. Radkliff- Braun o‘zining asosiy qarashlarini 1950 yilda chop etilgan «Etnologiya va sotsial antropologiya metodi» va 1952 yilda e‘lon qilingan «Madaniyatning tarixiy va funktsional talqini» hamda «Primitiv jamoaning tuzulishi va funktsiyasi» nomli kitoblarida ifoda etgan. Radkliff Braun qarashlariga ko‘ra, insonni o‘rganuvchi asosiy fan antropologiya bo‘lib, uch asosiy yo‘nalishga-odam biologiyasi, qadimiy arxeologiya va etnografiyaga bo‘linadi. - 37 - Etnografiya esa o‘z navbatida etnologiya va sotsial antropologiyaga bo‘linadi va ularning har bir o‘ziga xos maxsus uslublariga egadir. U etnologiya deb alohida xalqlarni aniq tarixiylik prntsiplari asosida o‘rganuvchi, ularning ichki taraqqiyoti, o‘zaro madaniy aloqalarini tahlil etuvchi fanga nisbatan qo‘llashni tavsiya etgan. Muallifning fikricha, etnologiyaning asosiy metodi yozma manbalar asosida insoniyat madaniyatini tarixiy rekonstruktsiya qilishdir. Ijtimoiy antropologiya uning fikricha, insoniyat madaniyati o‘rganishda umuman boshqa yo‘nalishni aks ettiradi. Uning vazifasi-aniq bir xalqlar madaniyatini rekonstruktsiya qilish emas, balki xalqlarning ijtimoiy va madaniy taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarni izlab topishdir. Ushbu fan tabiiy fanlarning induktiv va anologik metodlaridan foydalanadi. Intuk tiv metodning mohiyati materiallarni ajratib tanlab olish va umumlashtirish bo‘lib, bu madaniy ko‘rinishlarni o‘rganishga taalluqlidir. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling