O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
3-savol: Til klassifikatsiyasi. 3-savol bo`yicha dars maqsadi: Dunyo aholisini til oilasi va guruhiga ko‘ra klassifikatsiyalashni o`rganishdan iborat. 3-asosiy savolning bayoni: Til so‘zsiz eng muxim etnik alomatlaridan biridir. Uning asosida xalqlarning tarixiy aloqalari, qardoshligi, kelib chiqishi yagonaligi aniqlanadi. Tilshunoslikda 2 ta usul bilan tillar klassifikatsiyalanadi: Morfologik va gnesologik etnografiyada gnesologik klassifikatsiya keng qo‘llaniladi. Er yuzidagi aholi 2 mingdan ortiq tillarda gaplashsada olimlar ularni 10 ta til oilasiga birlashtiradilar. Hind-Evropa, semit- xamit, ural-oltoy, xitoy-tibet, malayo-polineziya, dravid, munda, bantu, kavkaz, mon- kxmer. -Hind- Evropa til oilasi o‘z nomi bilan Hindistondan Evropaga qadar xududlarda tarqalgan. Eng qadimgi yozma manbalar miloddan avvalgi II ming yillikka oid bo‘lib Kichik Osiyodagi xetglar ushbu til oilasiga oid dastlabki etnosdir. Olimlar farazicha Hind-Evropa tillari miloddan avvalgi III ming yillikda shakllanib uning tarqalishi miloddan avvalgi II- I ming yillikda ro‘y bergan. -Semjt-xamit tillari shimoliy Afrikada va Janubiy- G‘arbiy Osiyo xududlarida keng tarqalgan til oilasiga nomi «Injil»dagi Nux payg‘ambar o‘g‘illari Som va Hamlardan olingan. Ushbu tilda eng qadimgi yozuvlar Misr va Bobil ierogliflariga (miloddan avvalgi - 49 - IV ming yillikda) yaratilgan. Semit-xamit tillari: semit, barbar, kushit va chad guruxdariga bo‘linadi. Ural- oltoy til oilasi. Ba‘zi olimlar ularni aloxida til oilalari deb xisoblashadi. Ural tillari finn-utor guruxiga bo‘linib u Volga daryosining yuqori oqimidagi xududlarda shakllangan. Keyinchalik ushbu guruxdardagi etnoslar Finlyandiya va Vengriyaga qadar tarqalganlar. Oltoy tillari esa 3 ta guruxga bo‘linadi: Turkiy tillari Markaziy Osiyodan Sibirga va Bolqon yarim oroliga qadar keng xududlarda yoyilgan. Mo‘g‘ul guruxi Markaziy Osiyoda, Mo‘g‘uliston, Shimoliy-Sharqiy Xitoy, Baykal tevaraklarida tarqalgan. Tungus-manchjur til guruxi Rossiyaning shimolidagi evenk, tungus, nanay-gold va boshqa kam sonli etnoslarga oiddir. -Xitoy-tibet til oilasi. Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyodagi katga xududlarda tarqalgan. Xitoy tilidan tashqari ushbu til oilasida tay, myao-yao, tibet-birma va boshqa tillar mavjud. Unga oid dastlabki yozma manbalar miloddan avvalgi II ming yillikka oiddir. -Malayo-polineziya tillari. Geografik jixatdan keng xududlarda: Hind va Tinch okeanlarining o‘nlab orollarida tarqalgan. Uning uch chekka nuqtasi Madagaskar oroli, Pasxa, janubda Yangi Zellandiya orollaridir. Eng ko‘p sonli etnos indoneziyaliklar, Hindu-Xitoydagi ba ‘zi etnik guruxlar tillari, Madagaskar, Mikroneziya, Melaneziya, Polineziya, orollari aholisi xam ushbu til oilasiga mansub. -Dravid tillari Xindiston yarim orolining janubida mujassam (kompakt) xududni egallab qismin Seylon oroliga xam tarqalgan. Olimlarning farazicha dravid tillari qadimda butun Hindistonni Himoloy tog‘lariga qadlr egallagan. Ariy qabilalari (miloddan avvalgi II ming yillikning o‘rtalarida) ularni janubga siqib chiqa rgan. Drovid tillari: tamil, belugu, kannar, malayya guruxlariga bo‘linadi,Munda til oilasi vakillari (8,6ml) Hindistonning sharqiy viloyatlarini egallagan. Munda tili dravidlar kabi eng qadimgi tillardan xisoblanadi. -Bantu tillari. Keng va mujassam xududlarni, Afrikaning deyarlik barcha janubiy qismini egallagan. - Kavkaz tillari. (yafet til oilasi). Kavkaz xududida tarqalgan o‘nlab ko‘p sonli bo‘lmagan xalqlar tilidir. Mon-kxmer tillari. Hindixitoy yarim orolidagi axoli tillaridir. Olimlarning fikricha kxmer tillari Janubiy-Sharqiy Osiyo va Okeaniya tillari orasida vositachi rolini bajargan. - Yuqorida nomlari zikr etilgan til oilalariga kirmagan o‘nlab Amerika indeetslari, Yangi-Gvineya papuaslari, Avstraliya tub tub axolisi tillari xam mavjud. Ulardan tashqari mustaqil tillar: ayn(Yaponiya), koreets, andaman (Andaman orollari), Hindikush tog‘lardagi bushiklar, Eniseydagi ketlar, Pireneya yarim orolidagi bask tillari xam mavjud. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling