O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
1-asosiy savol: Qit‘a haqida umumiy ma‘lumot. 1-asosiy savolning bayoni: Avstraliya evropaliklar tomonidan beshinchi va oxirgi qit‘a sifatida XVII asrning birinchi yarmida kashf etilgan, Avstraliya er yuzining janubiy qismida joylashgan. Gollandiyalik dengizchi Abel Tasman 1642 yilda qit‘aning shimoliy va shimoli-g‘arbiy qirg‘og‘larini tekshirdi. KeyinchalikAvstraliyadagi katta orol uning nomi bilan ya‘ni Tasmaniya deb atala boshlandi. - 55 - Geologik nuqtai nazardaa Lvstraliya qadimgi qitadir. Kaynozoy asridagi unchalik kuchli bo‘lmagan tektonik siljishlari qitada tog‘larning kam va baland bo‘lmasligiga sabab bo‘lgan, Mezozoy asridan bo‘linib ketgan qit‘adagi sut emizuvchilar arxaik tarodagi xayvonlari bilan: xaltali kengurular bilan farqlanadi. Evropaliklar kelguniga qadar dingo iti va kalamushlar qitaning kam sonli sut emizuvchilari qatorqda bo‘lgan. Tinch okeanining markaziy va janubiy g‘arbiy qismlarida joylashgan orol va arxipelaglar Okeaniya deb ataladi. Unga umumiy maydoni 1,3 mln km. kv. bo‘lgan 7 mingta orol kiradi. Okeaniya evropaliklarga XVI asrda, ya‘ni F. Magelanning dunyo aylana birinchi sayoxatlaridan ma‘lum bo‘lgan. Ko‘ilab rus sayyox va de ngizchilari xam Okeaniyani o‘rganishga ulkan xissa qo‘shganlar. V.M. Golovnin, S.O Makarov, N.N. Mikluxo-Maklaylar shular jumlasidandir. Bugungi kunda Avstraliyada 18 mln, Okeaniya orolida esa 9 mln axoli yashaydi. Etnograflarning qit‘aning tub axolisiga nisbatan qiziqishlari undagi xo‘jalikning an‘anaviy terib-termachlash va ovchilikka oidligini saqlab qolishidandir. Axoli maishiy turmush, madaniyat va diniy tasavvurlarining eng qoloq, arxaik ko‘rinishini saqlab qolgan. Qit‘aning umuminsoniyat sivilizatsiyasidan uzilib qolishi ushbu xususiyatlarni saqlab qolishiga imkoniyat yaratgan. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling