O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
5-savol: Melaneziya xalqlari. 5-ASOSIY SAVOLNING BAYONI: Unda 200 dan ortiq etaoslar yashaydi. Tillari avstroneziya tillarida- 600 ming, papuas tillarida 1 70 ming kishi so‘zlashadi. Melaneziya xalqlar kam sonlidir. Eng yirigi-tolailar- 100 mingga yaqin. Bu erda bir necha yuz kishidai iborat etnoslar xam mavjud. Irqiy jihatdan Melaneziya xalqlari avtsroloid irqining melaneziya tipiga oid. Ular qoramtir rang, qalin lab, keng burun, nisbatan jingalak sochlari, o‘rtacha keng yuzlari bilan ajralib turadilar. Melaneziyaliklar xo‘jaligi qo‘l dexqonchiligiga asoslangan ziroatchilik bo‘lib; yams, taro, kokos palmasi, non daraxti, banan etishtirilgan. Shuningdek dengiz baliqchiligi bilan xam shug‘ullanishgan. Baliq ovlashda to‘r, savat, nayza, qarmoqlardan foydalaniladi. Ba‘zida o‘simlik zaxridan xam foydalanishadi. Evropaliklar kelguniga qadar cho‘chqa, it va tovuqlarni boqishgan. Hunarmandchilik. - 58 - O‘simlik tolalaridan bo‘yra, turli xaltalar to‘qishgan. Faqat Santa-Kruz orolida to‘qimachilik bilan tanish bo‘lganlar. Daraxt po‘stidan-tapa to‘qiganlar, ayollar qisman kulolchilik bilan shug‘ullanganlar. Metallni bilishmagan, mexnat va ov qurollari tosh, chig‘anoq, toshbaqa po‘sti, suyaklardan, xayvon tishlaridan, yogoch va bambukdan qilingan. Toshbolta, palitsa, nayza, kamon, xanjar asosiy qurollar xisoblangan. Axoli asosan qishloqlarda yashab, ular katta bo‘lmagan. Uylar to‘g‘ri to‘rtburchakli. Papuaslarnikiga o‘xshash uyning tomi devorlarini bosib osilib turgan. Palma, banan, pandaus yaproqlari bilan tomlari yopilgan. Devori bambuk, bo‘yra, o‘t-o‘lanlar, taxtadan qilingan. Transport vositalari. Asosan qayiqlar bo‘lib, Yangi Gebridda xozirgacha daraxtdan o‘yib yasalgan qayiqlardan foydalaniladi. Shuningdek katta taxtalardan qurilgan balansirli qayiqlar xam bor. Ba‘zida elkandan xam foydalanishgan. Kiyimlari. Juda oddiy bo‘lgan yoki umuman bo‘lmagan. Borlari xam belbog‘cha va kichik yubkalar bo‘lgan. Melaneziyada xam taqinchoqlar asosan erkaklar bezagi xisoblangan. Taomlari. Go‘sht (cho‘chqa) kam iste‘mol qilingan. Baliq ko‘p eyilgan. Ularni er o‘chog‘ida pishirgan. Ijtimoiy munosabatlari. Ibtidoiy jamoa tuzumining inqirozi davriga xosdir.Qabilachilik tashkilotlari faqat Yangi Kaledoniya, Fidji,Yangi Gebrid orollarida bo‘lgan. Ko‘pgina orollarda urut ona urug‘ darajasida bo‘lib, ekzogamiya keng tarqalgan. Almashinuv yaxshi rivojalngan. Pul o‘rniga silliqlangan chig‘anoqlar, bo‘yra va xokazolar ishlatilgan. Kula- almashinuvi xam bo‘lgan. (narsalar qo‘ldan-qo‘lga o‘tgan).Ba‘zi joylarda patriarxat davriga oid «erkaklar uylari» vujudga kelgan. An‘anaviy diniy tasavvurlari «mana»bo‘lib, ba‘zi narsalar, ajdodlar ruxlariga «Buyuk kuch»ga bag‘ishlov bo‘lgan. Falklorlari diniy bo‘lmagan, ularda madaniy «qaxramonlar» xaqida xikoya qilingan. Yog‘och o‘ymakorligi, tasviriy san‘at, qayiq, idish-tovoqlari va qurollarni o‘ymakorlik bilan bezash keng tarqalgan. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling