O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u


Mavzuga oid tushuncha va iboralar


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/180
Sana02.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#197922
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   180
Bog'liq
etnologiya asoslari

 
Mavzuga oid tushuncha va iboralar: Markaziy Osiyo, mayda millatlar, etnogenez, etnik 
komponentlar, etnik guruhlar. 
 
1-asosiy savol: Markaziy Osiyo hududi, aholisi, tabiati. Mahalliy aholining til turkumlari. 
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston tub aholisining antropologik tasnifi. 
1-asosiy savoning bayoni: 
Osiyo qit‘asi eng yirik qit‘a bo‘libgina qolmasdan tabiat iqlimi.etnik tarkibi xilma-xilligi bilan 
xam ajralib turadi. Osiyo antropogen-
inson paydo bo‘lib, shakllangan xudud xamdir. Unda 
dunyo  dinlarining  barchasi  (xristian,  islom,buddizm)vujudg
a  kelib        boshqa        qit‘alarga    
keyinchalik    shu    joydan tarqalgan. 
Antropogen  xudud  sifatida  Osiyo  sivilizatsiya  o‘chog‘i,  ko‘plab  madaniy  o‘simlik  va 
xayvonot  olami  vatani  xamdir.Ishlab  chiqarish  xo‘jaligiga  asos  bo‘lgan  ko‘plab  daryolar: 
Frot,  Dajla,  Hind,  Ganga,  Braxmaputra,  Mekong,  Xuanxe,  Yantszi,  Zarafshon  daryolari 
xam Osiyo xududida joylashgan. 
Bugungi  kunda  qit‘ada  er  yuzidagi  axolining  yarmidan  ko‘prog‘i  yashaydi.  Axoli  eng  zich 
joylashgan  xududlar  nomlari  qayd  etilgan  daryo  voxalaridir.  Tabiiy  iqlim  sharoiti  rang-
barangligi  axoli  etnik  tarkibini  xilma-
xil  bo‘lishi  imkonini  yaratadi.  Ushbu  xususiyatlar 
antropologik va lingvistik klassifikatsiyada yaqqol kuzatiladi. 
Qitadagi eng qadimgi odamlar qoldiqlari Yava orolidan topilgan bo‘lib, ularning yoshi 1,5-2 
mln. yil bilan belgilanmoqda. 
Bundan  10-
11  ming  yil  tog‘oldi    subtropik  xududlarda  dastlabki  o‘simlik  va  xayvonlarni 
domestikatsiyalash  (xonakilashtirish)  jarayoni  bo‘lgan.  Bu  esa  o‘z  navbatida dehqonchilik 
va chorvachilikning vujudga kelis
higa asos bo‘ladi. 
Miloddan avvalgi IV va III ming yillik chegarasida jaxonda ilk davlatlardan bo‘lgan Shumer 
shaxar-davlatlari  shakllanadi.  Asta-
sekin omoch dexqonchiligi, bog‘dorchilik, to‘qimachilik, 
yozuv  va  pul  vujudga  kelgan.  Tez  orada  Osiyoda  yana  qator  davlatlar  Elam,  Hindiston, 
Xitoy va boshqalar tashkil topadi. 
Osiyodagi  murakkab  etnik  jarayonlarning  bo‘lishiga,  qabilalar  ko‘chishlari,  urushlar, 
demografik portlashlar va boshqalari ta‘sirida tillar, din, xo‘jalik va madaniy qadriyatlarning 
almashi
nuvlari deyarlik to‘xtovsiz bo‘lib turadi. 
Osiyoning asosiy axolisi irqiy jixatdan mongoloid va evropoidlardan iborat. Tillari xususida 
yuz  millionlab  aholi  so‘zlashadigan  tillar  bilan  birgalikda  kichik  bir  necha  ming  kishini 
birlashtirgan tillar xam mavjudligini qayd etish lozim. 
O‘rta Osiyo va  Qozog‘iston xududi 4 mln kv.km. Bu erda 5 ta mustaqil davlat: O‘zbekiston, 
Qozoriston,  Qirg‘iziston,  Turkmaniston  va  Tojikiston  respublikalari  1991  yida  Sobiq 
SSSRning parchalanishidan vujudga kelgan. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xududlari: quruq 
cho‘l  va  dashtlardan,  janubda  va  janubiy-sharqda  Tyan-Shan,  Pomir  va  Kopet  Dog‘  tog‘ 
tizmalari  bilan  tugaydi.  Uning  janubiy-  garbida  subtropik  zonalari  xam  mavjud.  Dunyo 


- 62 - 
 
dengizlariga chiqish yo‘q Kaspiy va Orol dengizlari aslida katta ko‘llardir. Ishlab chiqarish 
xo‘jaligi asosan daryo, soy va buloqlarga yaqin joylarda qadim zamonlarda rivojlangan.  

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling