O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Kuzen(lotincha) – tog‘a, jiyan. Levirat
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lenidj
- Matrilokal
Kuzen(lotincha)
– tog‘a, jiyan. Levirat(lotincha levir – erning akasi yoki ukasi) – akasi yoki ukasining bevasiga uylanish, bevasining o‘lgan erining akasi yoki ukasiga erga tegish hodisasi. - 116 - Lenidj(ingliz) – aniq bir avloddan kelib chiqqan yaqin qarindoshlarning urug‘ ichidagi guruhi. Lokallik( lokalnost) – nikohdan o‘tgan juftlarning o‘rnashish joyi(quyidagicha variantlar bo‘lishi mumkin: matrilokallik – ona urug‘ida, patrilokallik – ota urug‘ida, bilokallik – navbat olgan ota va ona urug‘ida o‘rnashish: avankulokallik – erining onasining ukasinikida, neolokallik – er-xotin ota-onalaridan alohida yashaydilar, Dislokallik – er-xotin har biri o‘zining urug‘i o‘rnashgan joyda yashaydi). Magiya(lotincha magia – jodugarlik, afsungarlik) – insonning g‘ayri tabiiy vositalari yordamida voqealarning tabiiy jarayoniga, m oddiy predmetlarga yoki boshqa kishiga ta‘sir ko‘rsata olish qobiliyati. O‘zining funktsional vazifasiga ko‘ra magiya bir necha xil nomlarga egadir – ovchilik, ishlab chiqarish, sevgi-muhabbat, shifolovchi, zarar keltiruvchi, urug‘ga yordamlashuvchi magiya lar. Magiya o‘zining umumiy yo‘nalishi bo‘yicha adolatli ravishda ta‘sir ko‘rsatish(uning maqsadi – ta‘sirga uchragan ob‘ektni magik haakatni bajaruvchi, kutayotgan harakatni amalga oshirishga yoki shunday holatda bo‘lishga majbur qilishdir) va saqlovchi magiya( uning maqsadi – shaxsni yoki jamoani dushmanning har qanday magik ta‘sir ko‘rsatishidan yoki tashqi kuchlarning nomaqbul ta‘siridan himoya qilishdir). Ba‘zan bu ikki xil tipni qora va oq magiya deb atashadi. Magik harakatlarni amalga oshirish rasml ariga ko‘ra ular yakka tartibdagi va jamoa tarzidagi harakatlar bo‘lishi mumkin. Matrilokal(lotincha) – ona atrofida to‘planish, bu ibtidoiy nikohga ko‘ra, er xotinnikiga ko‘chib o‘tgan. Matrinomiya(yunon) – o‘zlarini umumiy bir odamlar guruhi. Metis(frantsuz) – aralash, indeyslar bilan evropaliklarning aralash nikohidan paydo bo‘lgan avlod. Migratsiya(lotincha) – ko‘chish, joyni o‘zgartirish, aholini bir joydan ikkinchi joyga yoki bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ko‘chirish. Millat – etnos turi, kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy umumiyligi asosida tarixan yuzaga keladi. Millat hudud, til, iqtisodiy aloqalar, qiyofasining tuzilishi, madaniyati va o‘zligining o‘xshashligi bilan tavsiflanadi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling