O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
1-asosiy savolning bayoni
XIX asr o‘rtalariga kelib etnologiyada etnomadaniy materiallar asosida o‘ziga xos talqin beruvchi yangi yo‘nalishlar, kontseptsiyalar va maktablar paydo bo‘ldi. Ularning ayrimlari qat‘iy ilmiy yo‘nalishga taalluqliligi va tizimlashgan shakli bilan ajralib turganligi bois juda qisqa muddatda ommalashib ketgan. Shubhasiz, fandagi bunday mashhur oqimlar va maktablar qatoriga evolyutsionizm, diffuzionizm, struktrualizm, etnologiyaning tarixiy amerika maktabi, funktsionalizm, madaniy revalitalizm kabilar kiradi. Dastlabki etnologik nazariya- evolyutsionizmning rasman shakllanishi XIX asr o‘rtalaridagi umummetodologik dasturlar va kashfiyotlarni amalga oshirilishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Bunday qarashlar orasida o‘sha davr fanida rivojlanish qoidalarini tasdiqlanishi muhim ahamiyat kasb etgan bo‘lib, bunga ko‘ra dunyodagi har qanday o‘zgarish ichki detirminizm (narsa va hodisalarning sababiy bog‘lanishi)ga asoslanadi. Mazkur nazariya asosida dastlab tabiiy fanla rdagi ko‘plab jarayonlarga izoh va tavsiflar berilgan. Tabiiy fanlarda bunday qarashning yakuni XIX asrda evolyutsionalizm g‘oyasini yaratilishi va oxir oqibat uning g‘alabasiga olib keldi. Evolyutsionizm tabiiy fanlarda keskin burilish yasashi bilan birga inson va madaniyatlar to‘g‘risida mashhur g‘oyani shakllanayotgan etnologiya faniga ham olib kirdi. Ko‘plab evolyutsionistlar o‘z asarlarini tabiiy fanlarda erishilgan kashfiyotlardan ilhomlanib yaratganliklarini ta‘kidlab o‘tganlar. Evolyutsionizm tarafdorlari o‘zlarining asosiy vazifalarini insoniyat madaniyati rivojlanishida umumiy qonuniyatlarni kashf etilishi va asoslanishida, turli xalqlar madaniyatlarining rivojlanishida deb bilganlar. Evolyutsionizm g‘oyasi tarafdorlari bir vaqtning o‘zida turli mamlakatlardan chiqqan. Evolyutsion yo‘nalishning paydo bo‘lishi bilan etnologiya fan tarzida shakllangan. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling