O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Evolyutsion maktabning yirik namayondalari
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
Evolyutsion maktabning yirik namayondalari
Edvard Bennet Taylor (E.B. Tayler, 1832 — 1917yy) —asosiy tadqiqoti — ―Ibtidoiy madaniyat‖ (―Primitive Culture‖) kitobi — 1871 yil chop etilgan. Lyuis Genri Morgan (L. H. Morgan, 1818 — 1881yy) — asosiy ishi -―qadimgi jamiyat‖ (―Ancient Society‖)nomli kitobi — 1877 yil nashr etilgan. Djeyms Frezer (J. Frazer, 1854 — 1941yy) — muhim ishi -―Oltin shox‖ (―The Golden Bough‖) asari — 1890 yil nashr etilgan. Djon Mak-Lennon (J.F. Maclennon, 1827 — 1881yy) — asosiy ishi- ―Patriarxat nazariyasi‖ (―The Ratriarchal Theory‖) — 1881 yil e‘lon qilingan. Adolf Bastian (A. Bastian) — asosiy ishi - ―Obhie osnovaniya etnologii‖ (―Allgemaine Grundzuge der Ethnologie‖)nomli asari 1881 yil Chop etilgan. Iogann Baxofen (J. Bachofen, 1815 — 1887) — asosiy ishi- ―Matriarxat‖ (―Das Mutterrecht‖) kitobi 1897 yilda e‘lon qilingan. Dj. Labbok (J. Lubbock)ning muhim tadqiq oti ―Tsivilizatsiyaning kelib chiqishi‖ (―The Origine of Sivilization‖) nomli mashhur kitobi 1870 yilda chop etilgan. Evolyutsion nazariya tarafdorlaridan Angliyada-Gerbert Spensor, Edvard Taylor, Dj. Frezer, Germaniyada-Adolf Bastian, Teodor Vayts, Genrix Shurts, Frantsiyada-Sharl Leturno, Amerikada- Lyuis Genri Morganlar mashhur bo‘lgan. E.Taylor (1832-1917yy). Buyuk ingliz olimi E.Taylor etnologiyadagi evolyutsionistik maktabning asoschisi hisoblanadi. U 1865 yilda nashr etilgan "Insoniyatning qadimgi tarixi - 30 - haqida tadqiqot" nomli kitobida o‘zining evolyutsionistik g‘oyalarini, jumladan, insoniyat madaniyatining ibtidoiylikdan zamonaviy svilizatsiyagacha bo‘lgan tarixiy rivojlanish bosqichlarini, xalqlar orasidagi o‘zaro farq irqiy farqqa asoslanmasdan balki xalqlar madaniyati rivojlanishining turli zinapoyalari hamda xalqlar madaniyatining o‘zaro aloqasi va vorisligi kabi g‘oyalar bilan bog‘liq deb hisoblagan. Taylor o‘zining evolyutsionistik kontseptsiyasini "Ibtidoiy madaniyat" (1871) nomli fundamental asarida bayon qiladi. Mazkur asarda olim madaniyatni olg‘a siljituvchi taraqqiyot g‘oyasini har tomonlama rivojlantirgan holda J.de Mestraning "Tubanlashish g‘oyasi"ga qarama-qarshi qo‘ygan. J.de Mestra ilgari surgan g‘oya mohiyatiga ko‘ra, madaniyatning ilk bosqichlarida erda yarim svilizatsiyalashgan odamlar yashaganlar va ularning keyingi rivojlanishi ikki yo‘ldan borgan. Bu jarayonda bir guruh kishilar yovvoyilik tomon orqaga ketgan bo‘lsa, boshqa bir jamoa svilizatsialashgan jamiyat sari taraqqiy qilgan, - deyiladi. Taylor esa tarixiy va tabiiy katalizator natijasida madaniyatdagi regressiv o‘zgarishlarni rad etmagan holda insoniyat tarixida madaniyatni evolyutsion rivojlanishi asosiy yo‘nalish deb qat‘iy ta‘kidlaydi. U o‘z mulohazalarini evolyutsionizmning "insoniyat tabiatning bir bo‘lagi bo‘lganligi uchun ham tabiiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi" - degan g‘oya asosida shakllantirgan. Shu boisdan ham barcha insonlarning psixologiyasi va inteluktual qobiliyati o‘xshash, ularda madaniyatning bir xil xususiyatlarini ko‘rish mumkin, kishilarning rivojlanishi ham o‘xshash qonuniyatlarga asoslanadi. Taylorning fikricha, madaniyatning turli shakllari "bosqichma- bosqich rivojlanishida ularning har biri shubhasiz o‘tmish bilan bog‘liq bo‘lish bilan birga kelajakni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Taraqqiyotning mazkur ketma-ketligi barcha xalqlar, shu jumladan, eng orqada qolgan xalqlardan tortib svilizatsiyalashgan xalqlargacha barchasini o‘zaro yagona uzliksiz bir tizimga birlashtiradi. Taylor uch un madaniyatning barcha ko‘rinishlaridan ko‘ra ko‘proq ibtidoiy odamlarning diniy e‘tiqodlari birmuncha ko‘proq qiziqish uyg‘otgan va u bu borada dinning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi animistik g‘oyani ishlab chiqqan. Ibtidoiy odamlarning diniy e‘tiqodlarini o‘rganish asnosida Taylor ularga insoniyat va uning madaniyati uyg‘unligi nuqtai nazardan yondashgan. Uning fikricha, "yovvoyi odamlar"ning e‘tiqodlari va marosimlari turli-tuman mazmunsiz qorishmadan emas, balki o‘zaro ketma-ketlikka va mantiqiy asosga ega bo‘lgan urf-odatlardan iborat. Eng muhimi bularning barchasi zaminida olim ta‘kidlaganidek, "Ilohiy zotga e‘tiqod" yoki boshqacha tarzda aytganda ruh va jonga ishonch g‘oyasi mujassamlashgan. Taylor o‘z qarashlari asosida "animizm" nazariyasini shakll antirgan. U animizm ildizlarini ibtidoiy odam tasavvuridagi tush, tush ko‘rishning o‘ziga xos xususiyati, kasallik, o‘lim kabilarning sabablarini izohlash bilan bog‘laydi va ularni tushuntirish asosida ibtidoiy odamlar tasavvuridagi «har bir odamda jon bo‘lib, ular inson tanasini vaqtinchalik (tush), yoki butunlay (o‘lim) tarzda tark etadi», - degan g‘oyani asos qilib olgan. O‘z navbatida jon to‘g‘risidagi bunday qarash keyinchalik dunyoviy dinlarda ham rivojlangan. Ibtidoiy odamlarning magik fikrlash qoidasi asosida har bir narsaning joni va ruhi mavjudligi to‘g‘risida tasavvurlar paydo bo‘lgan va natijada hayvonlar hamda tabiiy kuchlarning ruhi, boshqa olamdagi hayotga ishonch, tabiatdagi ilohlar va oxir oqibatda yagona tangri taaloga bo‘lgan e‘tiqod shakllangan deb ta‘kidlaydi. Taylorning evolyutsionistik qarashlari etnologiyadagi dastlabki «inqilobiy» qarashlardan biri edi. Evolyutsionistlar qarashlarining muhim jihatlaridan biri shundaki, ular ilk bora tarixiy jarayonlarning bir butunligi va madaniyat taraqqiyotining progressivligi to‘g‘risidagi izchil kontseptsiyani ilgari surishgan. O‘z navbatida evolyutsionizm kontseptsiyasi, shu jumladan, Taylor qarashlarining kamchiligi boradasida o‘z davrida mulohazalar bildirilmagan va bu borada birmuncha kechroq tanqidiy fikrlar bayon etilgan. Taylor qarashlarining izdoshlari boshqa qator mamlakatlarda ham mavjud edi va shu bois juda tez muddatda etnologiyada etakchi qarashlarga aylangan. G.Spenser (1820-1903 yy) Etnologiyada evolyutsionizm klassiklaridan biri ingliz faylasufi, biologi, psixologi va sotsiologi Gerbert Spensordir. Spensor evolyutsionizm g‘oyasini asosan bir tomonlama tahlil qilgan. Uning fikricha, ibtidoiy jamiyat vakillari jismonan, aqlan - 31 - va ruhiy jihatdan taraqqiy etmaganlar hisoblanadi. Spensorning evolyutsionistik qarashlari ma‘lum ma‘noda irqchilik xarakterida bo‘lgan. L.Morgan (1818-1881yy). Etnologiyada evolyutsionizm asoschilari orasida amerikalik olim Lyus Genri Morganning ulkan xizmatlari bor. Morgan havaskor olim va intuzist-tadqiqotch i bo‘lgan. U o‘zining qariyb 40 yillik faoliyatini dastlab AqShdagi hindu qabilasi- irokezlarni, so‘ngra boshqa Amerika hindularini va o‘zga yurtlardagi xalqlarni o‘rganishga bag‘ishlagan. Morganninng barcha qarashlarini va turfa xil g‘oyalarini to‘liq hamda atroflicha tavsiflash ancha mushkul hisoblanadi. Uning etnik muammolarga oid asosiy qarashlari «qadimgi jamiyat» (1877) nomli yirik asarida mujassamlashgan bo‘lib, mazkur asarda Morgan etnologiyaning asosiy uch muhim muammosini: insoniyat tarixida urug ‘chilik jamiyatining o‘rni va ahamiyati, oilaviy-nikoh munosabatlarini shakllanish tarixi va insoniyat tarixini davrlashtirish muammosini batafsil tahlil qilgan. U o‘zining «qadimgi jamiyat» kitobida irokezlarning o‘ziga xos jamoaviy tuzumi rekonstrukts iya qilish asosida ibtidoiy jamoa tuzumining asosida urug‘chilik bo‘lgan, degan xulosoga kelgan. Morganning fikricha, insoniyatning butun tarixini ikkita katta davrga bo‘lish mumkin. Birinchisi, bu fratriy, qabila va urug‘larga asoslangan ilk-ijtimoiy jamoalar davri; ikkinchisi, hududiy va mulkchilik asosidagi so‘nggi-siyosiy uyushmalar davri bo‘lgan. Morganning qarashlariga ko‘ra, urug‘chilik Osiyodagi, Evropadagi, Afrikadagi va Avstraliyadagi qadimgi jamiyatlar uchun deyarli bir xil bo‘lgan. Xalqlarning urug‘chilik jamoalarini tadqiq qilishda Morgan evolyutsion-tarixiylik printsipini asos qilib olgan. U urug‘chilikning qoldiqlarini Avtraliya qabilalari turmush-tarzidan izlagan. Urug‘chilikning rivojlangan shakllarini jamoa taraqqiyotining yuqori pillapoyalaridan, ya‘ni irokezlar orasidan izlagan. Urug‘chilikning yakuniy shakli (patriarxat)ni u antik davrdagi greklar va yunonlarga xos deb hisoblagan. Ushbu vaziyatda uning ona urug‘ini ota urug‘iga aylanishi mulkiy munosabatlarni o‘rnatilishi va uning meros tarzda o‘tkazilishi to‘g‘risidagi g‘oyasi etnologiya uchun muhim va qimmatli hisoblanadi. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, evolyutsionistik maktab jamiyatning progressiv rivojlanish g‘oyalari asosida insoniyatning rivojlanishi va uning madaniyati to‘g‘risidagi dastlabki tizimli kontseptsiyani ilgari surgan. Evolyutsionizmning asosiy g‘oyalari Klassik evolyutsionistik nazariyada insoniyat madaniyatining taraqqiyoti bilan bog‘liq universal manbalar va universal qonuniyatlar topishga harakat qilganlar. Zamonavi y jamiyatda yashashlariga qaramay o‘z yozuvlariga ega bo‘lmagan xalqlar qadimiyat qoldig‘i tarzida talqin kilingan. Ularning madaniyatlarini o‘rganish «ibtidoiy jamoa» madaniyatini yaxlit tarzda rekonstruktsiya qilishga imkon beradi deb hisoblaganlar. Tabiatda umumiy insonlar jamoasi mavjud. Shu bois barcha odamlar taxminan bir xil aqliy qobiliyat ega va ko‘pincha insonlar o‘xshash vaziyatlarda taxminan o‘xshash qarorlar qabul qiladilar. Bu vaziyat dunyoning barcha qismlarida insoniyat madaniyatining rivo jlanishi umumiyligi va bir xil ekanligini aniqlaydi. Bu o‘rinda turli madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalarning mavjudligi yoki mavjud emasligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi. Kishilik jamiyatida uzliksiz taraqqiyotning o‘rni bor, ya‘ni soddalikdan murakkablikka o‘tish; madaniyat ham huddi jamiyat singari asta- sekin o‘zgarishlar, miqdoriy o‘sish yoki kamayish yo‘lida pastdan yuqoriga karab doimo uzluksiz rivojlanib boradi. Madaniyatning har qanday ko‘rinishi ilk davridan ma‘lumdir: Uning keyingi shakllari qayta paydo bo‘ladi va oldingi ko‘rinishlar asosida shakllanadi. Bunda madaniyat rivojlanishi ko‘p pog‘anali va dunyodagi barcha xalqlar uchun yagona bo‘lgan bosqichlar asosida bo‘ladi. Insoniyat madaniyatining har tomonlama qonunlari bilan birga turli xalqlar va ularning madaniyatlarining bir xil rivojlanish bosqichi bir xil natijasi bo‘ladi. Xalqlarning madaniy farqi ularning turli darajadagi rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Evolyutsionizmning yuqoridagi asosiy tamoyillarini etnolog-sharhlovchilar muhim g‘oyaviy va amaliy xulosalarga aylantirganlar: agar hamma xalqlar bir xil taraqqiyot yo‘lidan borsa - 32 - va uning yuqori nuqtasida Evropa madaniyati hamda sivilizatsiyasi turgan. Shu bois er sharidagi barcha xalqlar va elatlar oxir oqibatda evropa madaniyati bilan umumlashishi lozim. qolaversa, evropaliklar kolonial imperiyalarini barpo etishlari orqali mustamlaka xalqlarni madaniy taraqqiyotga erishishlariga ko‘maklashadilar degan g‘ayriilmiy xulosani ham paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. XIX asr oxirlarid a etnologiya yo‘nalishida yig‘ilgan ilmiy materiallar evolyutsionizmning haqiqiy hayotga to‘g‘ri kelmasligini va kamchiliklarini ko‘rsata boshlagan. Jumladan, evolyutsionizm tarafdorlari madaniyatdagi miqdoriy o‘zgarishlardagina kelib chiqib madaniyat va u ning tarkibiy qismlarini qayta tug‘ilishi kelajakdagi paydo bo‘ladigan barcha madaniyatlarni insoniyat tarixining bosqichlari bilan bog‘lanishini taxmin qilgan holda tushuntirib bera olmadi. Ular hatto bunga harakat ham qilib ko‘rmaganlar. Yangi etnografik ekspeditsiyalar materiallari ko‘pincha evolyutsionistik qarashlarni rad etgan va bu borada boshqacha qarashlarga zarurat sezar edi. Shu bois yangi antievolyutsionistik nazariyalar va maktablar paydo bo‘lgan. Evolyutsionizmdan hafsalasi pir bo‘lgan ayrim etnolog va antropologlar hatto o‘zlarining nazariy xulosalaridan ham voz kechib, faqat empirik tadqiqotlargina olib borganlar. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling